8.2.Texnika keramikasi mahsulotlarining xossalari
Turli sinflardagi instrumental mahsulotlarning xona haroratidagi xossalari
16-jadval
Xossa
|
Tezkesar po’lat
|
Qattiq qotish
ma
|
Oksidli va qo’shma keramika
|
Nitridli keramika
|
KubliVN
|
Polikristall olmos
|
Solishtirma og’irligi, g/sm3
|
8,0-9,0
|
6,0-15,0
|
3,9-4,4
|
3,2-3,8
|
3,12
|
3,5
|
Qattiqligi Vikkers bo’yicha, NV
|
700-900
|
1200-1800
|
1450-2100
|
1350-1600
|
3500
|
5000
|
Mustahkamligi MPa: egilganda
siqilganda
|
2500-4000 2800-3800
|
1300-3200
3500-6000
|
400-800
3500-5500
|
600-900
3000-4000
|
500-800
|
600-1100
7600
|
Egiluvchanlik moduli, GPa
|
260-300
|
470-650
|
300-450
|
280-320
|
680
|
840
|
Issiqlikdan kengayish koeffitsienti, (a.106 ) K-1
|
9-12
|
4,6-7,5
|
5,5-8,0
|
3,0-3,3
|
-
|
-
|
Issiqlik o’tkazish koeffitsienti, Vt/(mK)
|
15-48
|
20-80
|
10-38
|
20-35
|
-
|
-
|
Ularning tuzilishi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1-yuqori zichlikka ega bo’lishi;
2-fazalararo va bo’lakchalararo chegaralarning mustahkam bo’lishi;
3-strukturaga kiruvchi bo’lakchalarning yuqori dispers bo’lishi va mahsulot tarkibida bir turda joylashgan bo’lishi;
4-defektlar o’lchamining kichik bo’lishi;
5-yuqori qattiqlik va boshqa spetsifik xususiyatlarni o’ziga joylashishi.
Texnika keramikasi mahsulotlarining xossa-xususiyatlari talab darajasida bo’lishi kerak. Quyida keltirilgan 17-jadvalda berilliy oksidli materiallarning na’munaviy xossalari hamda zichliklari berilgan.
Kuydirilgan VeO oksididan turli usullarda tayyorlangan buyumlarning xossalari
17-jadval
SHakllash
usuli
|
Kuydirish
|
g/sm3
|
%
|
Suvli shlikerdan kuyish
|
2,7-85
|
90
|
CHo’zish
|
2,85-2,9
|
95
|
Quruq usulda jipslash
|
2,9-2,95
|
97
|
Bosim ostida kuyish
|
2,9-2,95
|
97-98
|
Issiq usulda jipslash
|
3-3,01
|
99
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, ularning g’ovakligi kam va zichligi yuqori. Korundli materiallar uchun g’ovaklik 2-5,7 % atrofida. VeO zichligi esa shakllash usuliga ko’ra 90-99 % atrofida bo’ladi. Ulardan statik egilishga bo’lgan mustahkamlik yuqori bo’lib, u bir kvadrat sm yuzaga hisoblanganda 3600-4600 kg ni tashkil etadi.
Texnika keramikasi mahsulotlarining xossalari maksimal pishish haroratiga bog’liq. Haroratning ko’tarilishi bilan xossa ko’rsatkichlari ortadi. Massa tarkibiga qo’shimchalar kiritish va shu orqali kuydirish darajasini oshirish mumkin (18-jadval).
Sintetik mullitning pishish haroratiga ba’zi qo’shimchalarning ta’siri
18-jadval
Qo’shimcha
|
Og’irlik bo’yicha qo’shimcha miqdori, %
|
Pishish harorati,
oS
|
Pishish oralig’i,
grad.
|
Pishish haroratini pasayishi, grad.
|
Qo’shimchasiz
|
-
|
1590
|
100-150
|
-
|
MgO
|
1
2
|
1510
1450
|
110
70
|
80
140
|
CaO
|
1
2
|
1520
1470
|
110
70
|
70
120
|
MgO+CaO
|
2
|
1410
|
70
|
180
|
MnO
|
1
2
|
1520
1470
|
110
100
|
70
120
|
SHu yo’l bilan sintetik mullit olish uchun 1590 oS mavjud bo’lgan ko’rsatkichlarni 1470 oS li haroratda ham olsa bo’ladi.
8.3.Texnika keramikasi mahsulotlarining ishlatilishi
Ukraina Fanlar Akademiyasi qoshidagi “Materialshunoslik muammolari” instituti olimlari taqdim etgan xususiyatiga ko’ra texnika keramikasi buyumlarini xossalari, ishlatilishi va xom ashyosiga ko’ra 8 turga bo’lgan ma’qul:
elektr keramikasi;
magnitli keramika;
optika keramikasi;
xemokeramika;
biokeramika;
issiqlik keramikasi;
mexanokeramika;
yadro keramikasi.
Xom ashyo sifatida tarkibida organik aralashmalar (bitumli slanetslar) yoki karbonatlar (mergeli tuproq) bo’lgan maxsus loy ishlatiladi. Yonuvchi qo’shilmalar (yog’och qirindisi, ko’mir kukuni) loyga nisbatan 20 % lar atrofida qo’shiladi.
Texnika keramikasi buyumlarini xossalari va ishlatilishi
19-jadval
Keramikaning funktsional turi
|
Ishlatiladigan xossalari
|
Qo’llanilishi
|
Ishlatiladigan moddalar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Elektr keramikasi
|
Elektr o’tkazuvchanlik, elektr izolyatsiyasi, dielektrik va pьezoelektrik xossalari
|
Integral sxemalar, kondensatorlar, vibratorlar, o’t oldirgichlar, isituvchilar, termistorlar, tranzistorlar, filьtrlar, quyosh batareyalari, qattiq elektrolitlar
|
|
Magnitli keramika
|
Magnit xossalari
|
Magnit yozuvchi boshi, magnit qazuvchilar, magnitlar
|
Magnitli yumshoq va qattiq ferritlar
|
Optika keramikasi
|
SHaffoflik, polyarizatsiya flyuorestsentsiyasi
|
Yuqori bosimli lampalar, IK-shaffof oynali lazer materiallari, yorug’lik o’tkazuvchilar, optik xotira elementlari, displey ekrani, modulyatorlar
|
|
19-jadval davomi:
1
|
2
|
3
|
4
|
Xemokeramika
|
Absorbtsion va adsorbtsion xususiyatlar, katalitik aktivlik, yemirilishga bardoshlik
|
Sorbentlar, katalizatorlar va ularni tashuvchilar, elektrodlar (masalan, yoqilg’i elementlari), gazlarning namlik datchiklari, kimyoviy reaktorlarning elementlari
|
|
Biokeramika
|
Biologik moslashuvlik, bioemirilishga bardoshlik
|
Tish va bo’g’inlarning protezlari
|
Oksidlar sistemasi
|
Issiqlik keramikasi
|
Issiqlikka bo’lgan mustahkamlik, issiqlikka bardoshlik, olovbardoshlilik, issiqlik o’tkazuvchanlik, issiqlik sig’imi, issiqlikdan kengayish koeff-i.
|
O’tga chidamli issiqlik trubalari, yuqori haroratli reaktorlarning futerovkasi, metallurgiya uchun elektrodlar, issiqlik almashuvchilar, issiqlik himoyasi
|
|
Mexanokeramika
|
Qattiqlik, mustahkamlik, qayishqoqlik moduli, qovushqoqlikni buzulishi ishqalanishga bardoshlik, tribotexnik xossa, issiqlikka bardoshlik, issiqlikdan kengayish koeffitsienti
|
Issiqlik dvigatellari keramikasi, zichlashtiruvchi antifriktsion va fraktsion keramika, kesuvchi asboblar, jipslar va ishlatishga bardoshli detallar
|
|
Yadro keramikasi
|
Radiatsion bardoshlik, issiqlikka bo’lgan mustahkamlik, neytronlarni qamrab olish, olovbardoshlilik, radioaktivlik
|
Yadro yoqilg’ilar, reaktorlarning futerovkasi, ekranlash materiallari, nurlanishni yutuvchilar, neytronlarni yutuvchilar
|
|
Keyingi vaqtlarda olovbardosh materiallar olish uchun nitridlar, boridlar va karbidlardan foydalanilmoqda. Bu moddalar suyuqlanish temperaturalari yuqoriligi (4000 oS gacha) bilan ifodalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |