O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


CHiini turi va uning tarkibiy qismlari



Download 1,7 Mb.
bet28/105
Sana14.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#911292
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105
Bog'liq
muxlisaaaaas

7.2.CHiini turi va uning tarkibiy qismlari.
CHinni mahsulotlari silikatlarning keramika va o’tga chidamli materiallar texnologiyasi asosida ishlab chiqariladigan nafis keramika buyumlari turkumiga kiradi.CHinni mahsulotlar xo’jalik chinnisi, badiiy chinni va elektrotexnika chinnisiga bo’linadi. CHinnilar qattiq va yumshoq chinnilarga, shuningdek, yuqori va past temperaturada pishuvchi mahsulotlarga bo’linadi.
Qattiq chinni tarkibiga uch turli xom ashyo - 50 % kaolin va giltuproq, 25 % dala shpati va 25 % kvarts kiradi. Bunday tarkibdagi massa sopolagi 1350° da zichlashadi. SHu tufayli ularni yuqori temperaturada pishuvchi massalar turkumiga kiritish mumkin. Toshkent Kimyo-texnologiya institutining «Silikat moddalar texnologiyasi» kafedrasi olimlarining 15 yil davomida olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida qattiq chinni tarkibidagi dala shpati va kvartsni Qora-Tau va Markaziy Qizilqum konlaridan qazib olinadigan fosforit moddasi yoxud hayvonlar suyagining kuli bilan almashtirish mumkinligi aniqlandi. Eng quvonchli narsa shuki, ushbu mahalliy xom ashyolarni chinni tarkibiga kiritish natijasida qattiq chinnining fizik-mexanik xususiyatlari to’la saqlanib qolgan holda pishish temperaturasi 200° ga kamaydi. Natijada yuqori temperaturada pishuvchi massa turidan past temperaturada sopolagi yetiluvchi yangi mahsulot turiga o’tildi.
Yumshoq chinni buyumlar tarkibiga kvarts va dala shpati qattiq chinni massasiga nisbatan ko’proq kiradi. Undagi kvarts miqdori 35 %, dala shpati esa 34 % bo’lishi mumkin. Yumshoq chinnining bir turi bo’lgan ingliz chiniisi tarkibiga esa 43—49 % suyak kuli, 16—21 % kvarts, 18—19 % giltuproq va 11—43 % chinni gili kiradi. Bunday chinni sopolagi 1250—1280° da pishadi.
CHinni tarkibiga kiruvchi barcha komponentlar texnoiogik jarayon va tayyor mahsulotning fizik-texnik xossaparnga ta’sir o’tkazadi. Bu o’rinda, ayniqsa, gillarning ta’siri sezilarlidir. Gil, tuproq va loytuproq chinni tarkibiga alyuminiy (III) oksidini olib kiradi. SHu tufayli ularni kimyoviy jihatdan alyuminiyningasosiy silikati deb qarash mumkin,
Tarkibidagi alyuminiy (III) oksidining miqdoriga ko’ra, ular ikki katta gruppaga ajratiladi. Birinchi gruppaga kiruvchi gilli xom ashyo tarkibida asosiy alyuminiyli oksidning miqdori 46 % ga yetmaydi, ikkinchi gruppaga kiruvchi yuqori glinozyomli xom ashyolarda alyuminiy (III) oksidining mikdori 46 % dan ortiq bo’ladi.
Gillar kaolinlar, loytuproqlar, suxarilar va slanetsli gillarga ajraladi.Kaolin gili tarkibida 39,5 % alyuminiy (III) oksidi, 46,5 % kremniy (VI) oksidi va 14 % suv bo’ladi. Gil tarkibida kam mikdorda temir (III), magniy, kalьtsiy, natriy, kaliy, bariy va boshqa metall oksidlari aralashmalari bo’ladi. Ularning kristallari monoklin singoniyaga mansub.
Kaolinning ayrim tanga va plastinka kristallari rangsiz, ko’pincha sarg’ish va qizg’ish, ba’zan yashil va ko’kimtir tovlanib turadi. Ularning qattiqligi birga yaqin. Solishtirma og’irligi 2580—2600 kg/m
Kaolinning juda ko’p konlari ma’lum. Xitoyda birlamchi kaolin konlari Kau-Lingtog’ida, Yauchau-Fu yaqinida, Angliyaning Kornuolle bilan Devonshirda, CHexoslovakiyaning Karlova-Vari yaqinida, Germaniyadagi Bavariya bilan Saksoniyada, Frantsiyaning Limoja atrofidajoylashgan.
MDHda kaolinning yirik konlari mavjud bo’lib, ularning ko’pchiligi Ukraina hududida joylashgan. Ukrainadagi eng muhim konlar Gluxovetsk, CHasov-Yar, Drujkovka, Nikolaevsk, Prosyanovsk, Pologsk, Turbovsk, Raykovsk, Oq Balka nomi bilan ma’lum. Uralda, asosan, o’tga chidamli kaolinning birlamchi va ikkilamchi konlari ko’p bo’lib, yiriklari qatoriga Yelenovsk, Kurinsk, Troitsko-Baynovsk^Kochkarsk va Kishtimsk konlari kiradi. Irkutsk viloyatida Troshkovsk, SHarqiy Sibirda Baltiysk, Uzoq SHarqda Merkushevsk konlari ma’lum. Qozog’istonning Akmolinsk rayonida birlamchi kaolin koni joylashgan.
O’zbekiston Markaziy Osiyoda birlamchi va ikkilamchi kaolin tuprog’iga boy respublikalardan biri hisoblanadi. Angren shahri yaqinidagi ko’mir havzasida joylashgan kaolin miqdori jihatidan ulkan konlar qatoriga kiradi. Bu konlarda joylashgan birlamchi kaolin miqdori L+V+S, kategoriyalari bo’yicha 51,2 mln t, ikkilamchi turining mikdori esa V+S kategoriyalariga ko’ra 200 mln t dan ziyod. Ular jami 70 km2 maydonni egallab turadi.
CHinni xom ashyosiga qo’shilgan kaolin gili tarkibida alyuminiy (III) oksidi ko’p bo’lgani tufayli massaning yopishqoqligi ta’minlanadi. Ular yuqori temperaturada kimyoviy tarkibiga kiruvchi suvni chiqarib yuboradi va alyuminiy (III) oksidi bilan kremniy (IV) oksidining muhim biriqmasi mullit mineralining hosil bo’lishiga olib keladi. Uch molekula alyuminiy oksidi va ikki molskula kremniy oksididan tashkil topgan va tabiatda erkin holda deyarli uchramaydigan mullit kristallari ignasimon, gohida to’rt yonli prizmaga o’xshagan bo’ladi.
Kaolin gili boy magmatik va metamorfik jinslar—granit, gneyslar, kvartsli porfirlarning nurashi tufayli yuzaga keladi. Kaolinitning paydo bo’lishi jarayoni suv va karbonat angidrid ta’sirida o’tadi. Hosil bo’lgan kaolin massasi yuvilib ketadi va suvi turib qolgan havzalarda dispers gil cho’kindilaridan iborat qatlamda to’planadi. Ma’lum sharoitlarda regional metamorfizm jarayonida yuqori temperaturali muhit ta’sirida kaolin gili zich gilli slanetsga aylanadi. Temperatura 300° dan ortsa, kaolinitning parchalanishi tezlashadi. Natijada kristallangan slanetsni tashkil etuvchi andaluzit, sillimanit, disten, granit kabi minerallarga aylanadi. Kaolinning purashi paytida ishqorlar ishtirok etsa, slanets o’rniga saritsit, slyuda, dala shpati kabilar paydo bo’ladi.
CHinni olishda ishlatiladigan loytuproq kimyoviy tarkibiga ko’ra kaolin giliga yaqin, ammo mineralogik tarkibi bilan keskin farqlanadi. Agar kaolin gili tarkibiga kaolinit minerali kirsa, chinni loytuprog’i deganda mineralogik nuqtai nazardan ikki va undan ko’p gil mineralining tabiiy aralashmasi tushuniladi. Ko’pincha giltuproq tarkibi kaolinit, galluazit va pirofillit aralashmasidan iborat.
Giltuproq tarkibida boshqa minerallardan kvarts qumi, slyuda, dala shpati, kolchedan, karbonat, rutil kabilar oz miqdorda uchrashi mumkin. Giltuproklar o’tga chidamli gil (1580°da erimaydi), qiyin eruvchan gil (erish nuqtasi 1350—1580° oralig’ida) va oson eruvchan gil (erishi 1350° dan past) kabi turlarga ajratiladi. Utga chidamli giltuproq yuqori temperaturada qizdirilganida oqrangli massaga aylansa, uni chinni gili deb atash mumkin. Odatda, bunday tuproqlar qattiqinni tarkibiga 10 % atrofida qo’shiladi.
Yuqori sifatli giltuproq konlarining ko’pchiligi Ukrainada joylashgan. Bu respublikaning birgina Artemovsk shahri yaqinida beshta — Troychatka, Yangi Rayka, Yangi SHveytsariya, Abramovsk va Andreevsk konlari joylashgan. Mutaxassislar bu tuproq konlarini yagona nom — Drujkovka gruppasi gillari deb ataydilar. Yirik giltuproq konlari qatoriga Voronej oblastining Latnaya stantsiyasi tevaragida joylashgan Latnensk, Novgorod viloyatining Borovichi shahri atrofida uchraydigan Lyubitinsk konlari kiradi. Bu konlarda qazib olinadigan xom ashyo tarkibida 31—38 % alyuminiy (III) oksidi va 2— 3 % titan (IV) oksidi bor.
Respublikamizda o’tga chidamli va kuyindisi oq bo’lgan giltuproqlar oz uchraydi. Angren ko’mir havzasi va Nurota tog’ yonbag’irlarida uchraydigan konlar kichik bo’lganligi tufayli e’tiborga olinmagan. Bizning serquyosh o’lkamizda, asosan oson eruvchi va temir birikmalariga boy bo’lgan gillar koni beqiyos bo’lib, ularni hozirgi kunda chinni sanoatida ishlatib bo’lmaydi.
Xom ashyo aralashmasining plastik xususiyatlarini oshirish maqsadida chinni tarkibiga bentonit qo’shiladi. Bunday gilning mineralogik tarkibiga montmorillonit, biotit, kvarts, gips kabilar kiradi. Bentonit gili Turkmanistonning O’g’lonlik, Gruziyaning Askan, Ozarbayjonning Xilьmilin, Qrimning Kurtsevo va O’zbekistonning SHo’rSuv konlaridan qazib olinadi.
CHinni tarkibiga dala shpati va kvartsning ayrim yoki kvarts—dalashpati qumini pegmetit jinslari holida ham kiritsa bo’ladi. Ular, ya’ni temir birikmalaridan tozalab olingan xomashyo tarkibi chinni uchun zarur moddalar bilan boyitiladi. Pegmatit tarkibidagi kvarts miqdori 30 % va undan yuqori bo’lsa, qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. Uning kimyoviy tarkibiga % hisobida olinganda 71-75 kremniy (IV), 14-18 alyuminiy (III), 0,1-0,4 temir (III), 0,3-1,3 kalьtsiy, 0,07—0,14 magniy, 4,3—9,4 kalьtsiy, 1,3—5 natriy oksidlari kiradi. Pegmatit tarkibida 68,5—70 % dala shpati, 22,2—30,1 % kvarts va 1,1—2,7 % slyuda uchraydi. Kareliya AR, Ukraina va Uralda yirik pegmatit konlari joylashgan. Kareliya konlaridagi pegmatit plastlarining qalinligi 60 mga, uzunligi esa 400 m ga boradi. CHelyabinsk va Yekaterinburg viloyatlarida ham pegmatit konlari borligi anyklangan. Ammo plastlarning qalinlig’i 0,5—0,7 m atrofida bo’lganligi tufayli ular kam qiymatga ega.
O’zbekistonda ham pegmatit konlari bor. X- M. Abdullaev, I. X- Hamroboev, X. N..Boymuhamedov, K. L. Boboev kabi geolog olimlar G’arbiy O’zbekistonda 15 ta pegmatit maydonlari borligini ilmiy asoslab berishgan. Qoraqalpog’iston AR hududida joylashg’an Qizilsoy pegmatit maydoni alohida ahamiyatga ega. Pegmatit to’plamining uzun-ligi 500 m, qalinligi esa 1,2 m.Pegmatit o’rniga kvarts — dala shpati qumlaridan foydalanish mumkin. Bunday qum konlari Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida uchraydi. Qashqadaryo viloyatidagi CHiyali koni zaxirasi 38 mln tonnani, Samarqand viloyatidagi Ilonsoy koni zaxirasi esa 37,8 mln tonnani tashkil etadi.



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish