Mavzusining dolzarbligi. Hozirgi zamonda optika mamlakatning yetakchi sohasidir. U ilmiy-texnik taraqqiyotda har qanday soha ishlab-chiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Inson o‘z faoliyatining barcha sohalarida elektr energiyadan foydalanadi.
Kurs ishining maqsadi: “Harakatlanuvchi muhit otikasi” mavzusidan biz mexanikada nisbiylik prinsipi, Galileyning almashtirish formulalari, harakatlanuvchi muhit elektrodinamikasi haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lamiz
Kurs ishining vazifalari:
- mexanikada nisbiylik prinsipi haqida umumiy ma’lumotlar berish;
- Galileyning almashtirish formulalarini o’rganish;
-harakatlanuvchi muhit elektrodinamikasi haqida umumiy ma’lumot;
Kurs ishining ob’ekti:Harakatlanuvchi muhit optikasi.
Kurs ishining predmeti:Optika.
Kurs ishining tarkibi: kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. HARAKATLANUVCHI MUHIT OPTIKASI
Doppler hodisasini o’rganayotgandayoq biz optik hodisa yuz berayotgan sistema harakatlanayotgan holda bu hodisa Shunday kechadi degan masalaga duch kelgan edik. Bu muammoni tekShiriShda yorug’lik manbai va yorug’likni qayd qiluvchi asboblarning yorug’lik tarqalayotgan muhitga nisbatan harakatini aniqlab bo’ladimi yoki manba bilan qayd qiluvchi asbobning bir-biriga nisbatan haraka- - tinigina aniqlab bo’ladimi, degan savolga beriladigan javob muhim ahamiyatga ega. SHunday qilib, biz harakatlanayotgan muhitlar optikasining (va elektrodinamikasining) umumiy masalasiga yondaShayotirmiz. Bu masala katta prinsipial ahamiyatga ega, chunki ko’pchilik tajribalarimiz yer ustidagi laboratoriyalarda, ya’ni boShka samoviy jismlarga nisbatan harakatlanayotgan sistemada o’tkaziladi. Bu faktning ko’zatilayotgan hodisalar- kechishiga ta’sir qiliSh-qilmasligini va ta’sir qilsa, bu ta’sirning qanday bo’lishini biliSh muhimdir.
1.1. Mexanikada nisbiylik prinsipi
Fizika qonunlari, jumladan Nyuton mexanikasi qonunlari va xususan inersiya qonuni tekShirilayotgan hodisalarning qanday, real Sharoitda kechayotgani aniq ma’lum bo’lgandagina. binobarin, bu hodisalarning qanday sanoq sistemasiga nisbatan yuz berayotganligi Kursatilgandagina muayyan ma’noga ega bo’ladi.
Bir necha sanoq sistemasini tasavvur etaylik, ulardan biri qirg’oqqa, qolganlari esa Shu qirg’oqqa nisbatan harakatlanayotgan turli kemalarga bog’langan bo’lsin. Qirg’oqda qirg’oqqa bog’langan sanoq sistemasida hech qanday kuch ta’sirida bo’lmagan biror jism harakatlanayotgan bo’lsin, masalan, mutlaqo gorizontal stol ustida Shar iShqalaniShsiz dumalab ketayotgan bo’lsin. Qirg’oqqa bog’langan sanoq sistemasida Shar to’g’ri chiziqli tekis harakat qiladi, ya’ni Nyuton tasavvurlariga ko’ra, Sharcha inertsion harakat qiladi. Xuddi Shunday tajriba (gorizontal stol ustida iShqalaniShsiz dumalayotgan Shar) kemalarning har birida o’tkazilyapti, deb faraz qilaylik. Qirg’oqqa nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan kemalarga bog’langan barcha sanoq sistemalarida Sharlar to’g’ri chiziqli tekis harakat qiladi. Bu sistemalarning hammasida Sharlar Nyuton tasavvurlariga ko’ra inertsion harakat qiladi. Biroq qirg’oqqa nisbatan tezlanma harakat qilayotgan kemaga bog’langan sanoq sistemasida Sharlarning harakati to’g’ri chiziqli tekis harakat bo’lmasdan, balki tezlanma harakat bo’ladi. Binobarin, bu sistemada Sharlar harakati inertsion harakat emas va bunda jismlarga tezlaniSh beruvchi ba’zi kuchlar (inersiya kuchlari) ta’sir qiladi.
Shunday qilib, faqat bir-biriga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan sanoq sistemalaridagi harakat qonuni bir xil ifodalanadi; bu sistemalar inersial sistemalardir.
Demak, mexanika qonunlari barcha inertsial sistemalar uchun bir xil ifodalanadi va bu qonunlarning ifodasi inertsial sistemalarga nisbatan tezlanma harakat qilayotgan sanoq sistemalari uchun boshqacha bo’ladi.
Shunday ekanligi quyidagidan ko’rinib turadi: Nyuton mexanikasining asosiy m qonuniga jismning tezligi emas, balki tezlanishi kiradi. Shunday qilib, ixtiyoriy o’zgarmas tezlik qo’ShiSh, ya’ni istalgan boshqa inertsial sistemaga o’tiSh mexanika qonunlari ifodasini o’zgartirmaydi.Mexanika qonunlarini ta’riflaShda sanoq sistemasini ta’riflaSh zarurati Nyutonni dastlabki sistema sifatida absolyut fazo tunShunchasini kiritiShga majbur qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |