2- rasm. Fizo tajribasiying sxemasi:
S — yorug’lik manbai; I va II - interferentsiyalashuvchi dastalar,
I dasta suv siqimi bo’yicha. II dasta esa siqimga qarshi tarqaladi.
Fizo tajribasi; ergashtirish koeffitsienti. Fizo tajribasining sxemasi* 2-rasmda Kursatilgan. Bu tajriba interferentsion tajriba bo’lib, bunda interferensiyalashuvchi dastalar har birining uzunligi l bo’lgan va suv to’ldirilgan A va B tutash trubalardan o’tadi. Suv tinch turgan holda muayyan interferension manzara ko’zatiladi. Shisha plastinkadan ikki marta o’tuvchi II no’rning qo’shimcha yo’l farqi kompensatsiya qilinishi yoki hisobga olinishi mumkin. Agar suv v tezlik bilan harakat qila boshlab, A ga oqib kirib, B dan oqib chiqa boshlasa, u holda i nur suv ichida suv harakati yo’nalishida, II nur esa suv harakatiga qarshi yo’nalishda tarqaladi. Agar yorug’lik to’lqinlari tarqalayotgan efir Gers nazariyasi faraz qiladigancha harakatlanuvchi suvga ergashsa, u holda I va II nurlarning suvga nisbatan tezligi bir xil bo’lib, bu tezlik yorug’likning harakatsiz suvdagi tezligiga, ya’ni = ga teng bo’ladi, bu yerda c — yorug’likning erkin efirdagi tezligi, n-suvning sindirish Kursatkichi. Asbobning ko’zgulariga nisbatan esa yorug’likning harakatlanayotgan suvda o’tilgan yo’ldagi tezligi suv oqimi yo’nalishiga bog’lik bo’ladi, chunonchi I nur uchun bu tezlik , II nur uchun bo’ladi. Interferension manzaraning bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishi ikki no’rning tarqalish vatqtining ko’shimcha farqi bilan aniqlanadi:
(1.2.1)
bunga to’lqin o’zunliklar ortali ifodalangan .
(1.2.2)
yo’l farqi mos keladi; oxirgi nisbatda (nv/c)2 kattalik 1 ga nisbatan nazarga olinmagan.
Shunday tajribalarning birida trubalarning uzunligi l = 1,5 m va okim tezligi v = 700 sm/s bo’lgan. Haqiqatan ham, interferension manzaraning ko’zatilgan siljishi harakatlanayotgan muhitga to’la ergashuvchi efir nazariyasidan kelib chiqadigan yo’l farqidan deyarli ikki marta kichik yo’l farqiga mos bo’lgan. Shunday qilib, ko’zatilgan siljish Gers nazariyasiga muvofiq emas. Biroq bu siljish yuldo’zlardan kelayotgan yorug’likning sinishiga Yer harakatining ta’sirini aniqlashga uringan Aragoning bir tajribasi haqida 1818-yilda Frenel yaratgan nazariyaga muvofiq keladi. Arago uncha aniq bo’lmasada, bunday ta’sirning yo’q ekanligini Kursatdi. Bu natijani izohlab berish uchun Frenel yaratgan nazariyaga asosan, harakatlanayotgan jismlarga, jumladan, yerga efir ergashmaydi, balki u bu jismlardan o’tadi. Ammo Frenelning umumiy tasavvurlari bo’yicha, efirning modda ichidagi zichligi uning moddadan tashqaridagi ρ zichligidan katta (lekin efirning elastikligi hamma joyda bir xil), binobarin sindirish Kursatkichi
(1.2.3)
Shuning uchun modda harakatlanayotganda efir uning ichiga kirayotib zichlanishi kerak. 1 sm2 kesimli silindr o’z o’qi bo’ylab efirga nisbatan v tezlik bilan harakatlanyapti deb faraz qilaylik. Silindrning asosi orqali uning ichiga 1 sekundda efirning V hajmli massasi kiradi. Efirning modda ichidagi zichligi bo’lganligidan modda ichiga kirgan efir massasi v1 tezlik bilan harakatlanishi kerak; tezlik quyidagi shartdan topiladi:
ya’ni (1.2.4)
bunda n — sindirish Kursatkichi. Demak, jismlar harakatlanganida efir ularga ergashmasada, ammo efir harakatlanayotgan jismlarga nisbatan ularning v tezligidan kichik bo’lgan tezlikda kuchadi. Agar yorug’lik jism harakatlanayotgan yo’nalish bo’ylab tarqalayotgan bo’lsa, u holda yorug’likning jism ichida shu jismga nisbatan tezligi bo’lib, yorug’likning bu jismdan tashqarida joylashgan asboblarga nisbatan tezligi
(1.2.5)
bo’ladi. Agar yorug’lik jismning harakat yo’nalishiga qarshi yo’nalishda tarqalayotgan bo’lsa, u holda ko’zatiladigan tezlik
(1.2.6)
bo’ladi. Binobarin, hodisa guyo efir qisShan ergaShayotgan xrldagidek kechadi, bunda ergsitirish koeffitsienti
) (1.2.7)
Suv uchun x = 0,438; Fizo o’z tajribalarida interferentsion polosalarning siljishini va bu silljish x = 0,46 ga [mos kelishini topdi. 1886 yilda Fizo tajribasini takrorlagan Maykelson va Morleylarning yanada aniq ulchashlaridan x = 0,434 0,020 ekanligi topildi, vaholanki Gers nazariyasidan tajribaga zid bo’lgan x= 1 qiymat topiladi.
Vaznli jismlar harakatlanganida efirning ergashishi masalasiga oid turli-tuman elektrodinamik tajribalar ham o’tkazilgan edi. Ular orasida A. A. Eyxenvald (1904-y.) tajribalari katta ahamiyatga ega. Bu tajribalarning hammasi Gers nazariyasiga muvofiq kelmaydigan natijalar berdi.
Demak, efirning harakatlanayotgan jismlarga to’liq ergashishi haqidagi tasavvurga asoslangan Gers nazariyasi optik va elektrodinamik tajribalarga to’g’ri kelmaydi.
Yorug’lik aberratsiyasi, Eri tajribasi. Yorug’likni izchil ravishda to’lqiniy progress deb qarab, yorug’lik aberratsiyasi hodisasini tekshirganda ham yer harakatining optik hodisalarga Kursatadigan ta’siri masalasi paydo bo’ladi.
Agar Gers faraz qilganidek, harakatlanayotgan yer efirni to’liq ergashtirsa, aberratsiya sababini izohlab bo’lmaydi*, chunki yorug’lik to’lqinlari truba bilan bir vaqtda harakatlanayotgan efir bilan birga ko’chadi; truba tinch turganida yulduzga qaratilgan So yo’nalish truba harakat qilganidagi S yo’nalish bilan ustma-ust tushadi. Bu aytilgan gap 3-a rasmda yaqqol tasvirlangan, rasm ravshan bo’lishi uchun unda truba o’rniga vizir moslamasi chizilgan; to’lqin fronti MN orqali truba ichiga kirib, truba bilan birga harakatlana boshlaydi va trubaning tezligi shunday bo’lishidan qatiy nazar OA o’q bo’ylab tarqaladi.
Agar o’zi bilan birga trubani ergashtirib ketadigan yer harakatlanayotganida efir qo’zgalmaydi, deb faraz qilsak, u holda
Do'stlaringiz bilan baham: |