partiyalarning dasturlarida umumbashariy muammolarni hal qilish ishiga katta e’tibor bilan qarab kelinmoqda. Masalan, O’zbekistondagi barcha siyosiy partiyalar, AQSH, Angliya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya va boshqa ko’plab mamlakatlardagi o’nlab-yuzlab siyosiy partiyalar o’zlarining nazariy va amaliy faoliyatlarida umumbashariy muammolarni siyosiy yo’l bilan hal qilish maqsadlarida tuzilgan. Jumladan, Germaniyadagi «Ko’katparvarlar partiyasi» atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida, Portugaliyadagi «Demokratik yangilanish partiyasi» mamlakatdagi tinchliksevar kuchlar safini jipslashtirish maqsadida tuzilgan37. Avstraliyadagi «Yadroviy kurolsizlanish partiyasi»ning dasturida yadro qurollarining mamlakat hududiga joylashtirilishiga qarshi kurash masalalari bayon etilgan. Bunday misollarni jahondagi boshqa ko’plab siyosiy partiyalar hayotidan ham keltirish mumkin.
Umumbashariy muammolarni siyosiy jihatdan ham hal qilishda xalqaro tashkilotlar va uyushmalar muhim rol’ o’ynaydi. Ularning har biri o’zining maqsad, vazifalariga ko’ra atrof-muhitni muhofaza qilish, ocharchilikka qarshi kurash, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, yadro urushining oldini olish singari umumbashariy muammolarni hal qilishda katta ishlarni amalga oshirmoqdalar. Bu ishda, ayniqsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda uning YuNESKO, YuNISEF ixtisoslashgan tashkilotlari amalga oshirayotgan ishlar e’tiborga loyiqdir. Ular urush va tinchlik, xavfsizlik, ekologik, qashshoqlik va ocharchilik, kasalliklar bilan bog’liq muammolarni hal etishda yetakchilik rolini o’ynamoqda. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «O’zbekiston barcha manfaatdor mamlakatlar va tashkilotlar bilan umumbashariy muammolarni hal etish bazasida hamkorlik qilishga tayyor. Umumbashariy muammolarga qarshi kurashda birgalikdagi kuch-g’ayratlarni muvofiqlashtirish uchun Markaziy Osiyoda BMTning mintaqaviy komissiyasining tuzilishini biz qutlagan bo’lur edik».
O’zbekiston hukumati ana shu tamoyillarga og’ishmay amal qilgan holda jahon maydonida, xususan, Markaziy Osiyoda ro’y berayotgan keskin muammolarni hal etishda o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Bu jonkuyarlikning Prezident Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma’ruzasida quyidagicha asoslab bergan edi: «O’zbekiston barcha mintaqalarda va avvalo Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun qat’iy va izchilik bilan harakat qilib kelayapti. ...Mintaqa xavfsizligini butun jahon xavfsizligi muammolaridan ajralgan holda ko’rib bo’lmaydi. SHunga asoslanib, O’zbekiston yadro qurolining batamom tugatilishi uchun Yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi SHartnomalarning samarali harakat qilishi va uning hech bir muddatsiz uzaytirilishi uchun harakat qiladi. Bizning respublikamiz ana shu SHartnomaning harakat qilish muddatini uzaytirishga oid Konferentsiyaga tayyorgarlik muzokaralarida faol qatnashadi. O’zbekiston Markaziy Osiyo Mintaqasining yadrosiz zona deb e’lon qilishining qat’iy tarafdoridir».
Do'stlaringiz bilan baham: |