O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


Hayvonot va o’simliklar olamini asrash muammosi



Download 425,5 Kb.
bet81/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
Политология маруза

8. Hayvonot va o’simliklar olamini asrash muammosi. Atrof muhitning ifloslanishi hamda davlatlar olib borayotgan siyosatdagi ayrim xato va yanglishishlar hayvonot va o’simliklar olamini asrash ishiga kuchli salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Keyingi o’n va yuz yilliklar davomida ko’plab hayvonlar va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotganligi, buning oldini olish yo’lidagi suskashliklar tabiat va u bilan bog’liq bo’lgan jamiyatning rivojlanishiga katta xafv solmoqda. SHu sababli ham har bir davlat o’z ichki siyosatida bu masalaga jiddiy e’tibor berishi zarur. Bir davlatning bu sohadagi amaliy harakatlari ko’pchilik davlatlarning shunday harakatlari bilan qo’shilishi zarur. Aks holda umumbashariy mohiyat kasb etuvchi bu muammolarni hal etish mumkin emas.
Umuman umumbashariy muammolar qanday turda yoki ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar, tabiat, xalqlarning osoyishta hayot kechirishi, davlatlarning samarali ichki va tashqi siyosat olib borishlari uchun eng xavfli hodisadir. Ularni hal etish davlatlarning birgalikda qiladigan harakatlariga, jahon jamiyatchiligining qat’iy va izchil faoliyat ko’rsatishlariga ko’p jihatdan bog’liq.
Umumbashariy muammolar amalda jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liq bo’lgan muammolardir. Dunyoning barcha qit’alari, mamlakatlari va mintaqalarida yashayotgan kishilarga daxldor bo’lgan bunday muammolar kundan-kunga tashvishli tus olib bormoqda. Bu muammolar jamiyat hayotining xilma-xil tomonlarini jahon siyosati va iqtisodiyotini, davlatlararo va millatlararo munosabatlarni, kishilarning yashash va turmush sharoitlarini, ommaviy ongni o’z ichiga oladi. Bu muammolar qanchalik xilma-xil bo’lmasin ular bir qator umumiy xususiyatlarga ega bo’lib, bu xususiyatlar ularning yagona, bir butun va hammasi birgalikda insoniyat taqdiri uchun katta xavf tug’diradi. Ularni hal etishga befarq munosabatda bo’lish esa tsivilizatsiyaning halok bo’lishiga olib keladi.
Keyingi o’n yilliklar davomida ishlab chiqarish va texnika taraqqiyotining beqiyos darajada o’sishi, atrof-muhitning ifloslanishini shu darajaga olib keldiki, buning oqibatida mavjud tabiiy tizimlar: okeanlar, dengizlar, daryolar, o’rmonlar, atmosfera va boshqalar bunga bardosh berishga qodir bo’lmay qoldi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra 2005 yillarning boshlariga borganda atrof-muhitning ifloslanish darajasi hozirgi kunga nisbatan bir necha marta ortadi. Tabiatga qilinadigan bunday aks ta’sir tabiat muvozanatini butunlay buzib yuborishi mumkin.
Hozirgi davrda issiqlik quvvatini haddan tashqari ko’p iste’mol qiluvchi yirik korxonalar sonining kun sayin ortib borishi natijasida atmosferaning tobora isib borishi kuzatilmoqda. Buning tabiiy oqibati nihoyatda mudhish bo’lib, u yer shari atmosferasi qobig’ining qizib ketishiga olib keladi. Natijada abadiy muzliklarning erishi va yer sharining ma’lum qismini suv bosib ketish xavfi yuzaga keldi. Masalan, Amerika, Yevropa qit’alaridagi ba’zi mamlakatlarida suv toshqini 2002 yili og’ir oqibatlarga olib keldi, ko’plab insonlar qurbon bo’ldi.
Umumbashariy muammolarning barcha turlari ham aynan bir xildagi sabablara ko’ra ro’y beravermaydi. Ammo bir xildagi sabablar ularning ko’pchiligi uchun sharoit yaratib berishi mumkin. Masalan, davlatlar olib boradigan ichki va tashqi siyosatdagi milliy manfaatlar ustunligi ko’p hollarda bu muammolarning kelib chiqishi va keskinlashishiga sabab bo’ladi. CHunonchi, harbiy qurol-yarog’lar, yadroviy qurollar ishlab chiqarishini ko’paytirish, harbiy xarajatlar miqdorini oshirib borish yo’lidagi harakatlar jahonda xavfsizlik muammosini keltirib chiqaradi. Orol dengizi muammosining kelib chiqishi ham sobiq SSSR davlati olib borgan texnokratik siyosat natijasida ro’y bergan edi.
Ba’zi mamlakatlarda ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan siyosiy yo’lning boshqa mamlakatlarning manfaatlariga zid kelishi ham ayrim turdagi umumbashariy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Bunga terrorizm muammosi aniq misol bo’la oladi. Masalan, XX asr 70-yillarida AQSHning Yaqin SHarqdagi ba’zi mamlakatlarga va Kubaga qaratilgan tashqi siyosatidagi manfaatlar qarama-qarshiligi shu mamlakatlarda va AQSHning o’zida turli xildagi buzg’unchilik va qo’poruvchilik harakatlarining ro’y berishiga sabab bo’ldi. 1966 yilda Saudiya Arabistonida AQSH elchixonasining portlatilishi, Atlantika okeani va Karib havzasi rayonida AQSH yo’lovchi va harbiy samolyotlarining urib tushirilishi, 2001 yil 11 sentyabrida AQSHdagi baland binolarning portlatilishi terrorizmning bunday ko’rinishlariga aniq misoldir. Isroilning Bosh Vaziri Ishoq Rabin, Hindiston hukumati rahbarlari Indira va Radjiv Gandilarga qilingan suiqasdlar ham terrorizmning amaldagi ko’rinishlaridan bo’lgan edi.
Mamlakatlarning qoloqlik darajasi ham ba’zi turdagi umumbashariy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ocharchilik va qashshoqlik muammosi bunga aniq misoldir. Ocharchilik va qoshshoqlikning umumbashariy muammoga aylanishi bu muammoning ko’pchilik mamlakatlarda ro’y berishi bilan bog’liqdir. Keyingi o’n yilliklar davomida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ayrim mamlakatlarida ocharchilik va qashshoqlik darajasi shu qadar kuchayib ketdiki, buning natijasida shu mamlakatlarda istiqomat qiluvchi millionlab kishilar halok bo’ldi. Bu muammo ro’y bergan mazkur mamlakatlarning hech biri unga yolg’iz o’z kuchi bilan hal qilish imkoniyatiga ega emas.

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish