Umumbashariy muammolarni siyosiy jihatdan bartaraf etish yo’llari. XX asr bo’sag’asida ijtimoiy taraqqiyot, ayniqsa, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti haddan tashqari ilgarilab ketdi. Natijada undan kelib chiqadigan muammolar shu darajaga yetdiki, ularni hal etish butun dunyo xalqlari va davlatlari oldida turgan muhim vazifalardan biriga aylandi. Bu muammolar siyosiy mohiyatga ega bo’lib, ularni hal etishda davlatlar, siyosiy partiyalar va harakatlar, xalqaro tashkilotlar, hamda jamoat tashkilotlarining ma’suliyati tobora oshib bormoqda.
Hozirgi kunda jahon siyosatida, xalqaro munosabatlar jarayonida shunday ob’ektiv shart-sharoitlar vujudga kelmoqdaki, bu sharoitlar umumbashariy muammolarni siyosiy yo’l bilan hal qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Umumbashariy muammolarning hal etilishi barcha davlatlarning birgalikda kuch-g’ayrat sarflashlariga bog’liqdir. Ular birgalikda harakat qilganlaridagina ijobiy natijalarga erishish mumkin bo’ladi. Hozirgi kunda bu sohaga e’tiborsizlik qanchalik xavfli ekanligini keng jamoatchilik tobora ko’proq tushunib yetmoqda. SHuning uchun ham jahon ahli bunday muammolarning dahshatli oqibatlaridan saqlanib qolish uchun birgalikda zo’r berib harakat qilmoqdalar. Ularning bu sa’y-harakatlari davlatlar siyosatiga ta’sir etib, umumbashariy muammolarni siyosiy yo’l bilan hal qilish ishiga tobora ko’proq undamoqda.
Siyosiy nuqtai nazardan umumbashariy muammolarni hal qilish davlatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro tashkilotlar, jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazariy va amaliy harakatlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo bu tashkilotlarning hammasi ham ushbu muammolarni hal qilish ishiga birdek munosabatda bo’layotganlari yo’q. Ayrim davlatlar yoki siyosiy partiyalar va harakatlar bu muammolarning oqibatlarini to’la tushunib yetib, ularni hal etishga chuqur ma’suliyat asosida yondoshayotgan bir paytda, ba’zilari unga o’ta e’tiborsizlik bilan munosabatda bo’lmoqda. Masalan, ko’pchilik mamlakatlarda xavfsizlik masalasiga katta e’tibor bilan qaralayotganda, ba’zilarida esa, asosiy e’tibor iqtisodiy qoloqlikdan chiqish, mamlakatda ichki tartiblarni mustahkamlash singari milliy xususiyatlarga ega bo’lgan masalalarga qaratilmoqda. Jumladan, XX asr 70-80-yillarida Braziliya hukumati o’z xo’jaligini rivojlantirish maqsadida Amazonka vodiysida tropik o’rmonlarni o’zlashtirish, buning uchun daraxtlarni kesib, ularning o’rnini ekin maydonlariga aylantirishga urindilar. Bu hol mazkur mintaqada kislorod yetishmasligiga va buning oqibatida ekologik muammoning keskinlashishiga sabab bo’ldi.
Jahondagi juda ko’plab siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |