1. Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar: BMTning YuNESKO bo’limi, BMTning FAO (Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi bo’yicha) bo’limi, BMTning YuNIDO (Sanoat taraqqiyot dasturi), JSST (BMTning Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti), BMTning Kosmik komiteti, BMTning Parlamentlararo xalqaro tashkiloti, YeXHTning Parlamentlar Assambleyasi, YuNISEF - BMTning Bolalar muammosi bilan shug’ullanuvchi komiteti, MAGATE, XVF, VOIS - BMTning Butunjahon Ma’naviy Mulk Tashkiloti va hokazo.
2. Regional (mintaqaviy) xalqaro tashkilotlar: ADI, Amerika Davlatlari Tashkiloti, Afrika Birligi Tashkiloti, Osiyo va Afrika Birligi Tashkiloti, Janubiy-SHarqiy Osiyo Davlatlari Uyushmasi, Boltiq Dengizi Kengashi, Hind okeani uyushmasi va h.k.
3. Iqtisodiy xalqaro tashkilotlar: Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti, Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyo Birlashgan Iqtisodiy Taraqqiyoti yuzasidan «Polombo plani», Markaziy Amerika Umumiy bozori, Xalqaro Energetika Agentligi, Osiyo davlatlari Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Jahon Intellektual mulki tashkiloti, Osiyo Rivojlanish banki, EKOSOS, MDH va h.k.
4. Harbiy-siyosiy xalqaro tashkilotlar: NATO, ANZYuS, SEATO, SENTO, g’arbiy Yevropa Ittifoqi va hokazo.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston asrlarga tatigulik yo’lni bosib o’tdi. Ayniqsa, bu uning xalqaro aloqalarida yaqqol namoyon bo’lmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi. Turli qit’alardagi davlatlar bilan o’zaro manfaatli aloqalar yo’lga qo’yilgani, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilinayotgani, davlatimiz rahbari Islom Karimovning dolzarb xalqaro muammolarni hal etish borasidagi tashabbuslari jahondagi katta siyosatchilar tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgani bunga misol bo’la oladi.
O’zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga a’zo bo’ldi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasi 48 va 50-sessiyalarida va ming yillik sammitida so’zlagan nutqlari jahon afkor ommasining e’tiborini qozondi, mamlakatimiz obro’-e’tiborini oshirdi.
O’zbekistonning mintaqaviy mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish, Afg’onistonda birodarkushlik urushiga barham berish, Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hudud deb e’lon qilish kabi tashabbuslari xalqaro jamoatchilik tomonidan to’la qo’llab-quvvatlandi. Ayniqsa, Afg’onistondagi mojaroni tinch yo’l bilan hal etishga ko’maklashish maqsadida tuzilgan 6Q2 gurhi, bu guruhning Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvi va unda qabul qilingan Dekloratsiya katta e’tiborga molik bo’ldi. Mazkur Dekloratsiya BMT tomonidan rasmiy hujjat sifatida tarqatildi va bu nufuzli xalqaro tashkilotning bir qator rezolyutsiyalariga asos bo’ldi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlashda Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik ijobiy samara bermoqda. O’zbekiston hozirgi paytda 140 dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan savdo-sotiq qiladi. Yurtimizda 15 mingga yaqin korxona mahsulotlari eksport-importi bilan shug’ullanmoqda. Xorijiy sarmoya ishtirokida 2 mingdan ortiq korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston bir qator xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) bilan teng huquqli a’zo sifatida, Yevropa Ittifoqi, NATO bilan esa maxsus bitimlar asosida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, NATO bilan «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalarimiz mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo’shmoqda.
EXHTiga a’zo davlatlar rahbarlari va hukumat boshliqlarining Istambul shahrida bo’lib o’tgan (1999 yil 18-19 noyabrp) uchrashuvi davrimizning eng muhim anjumanlaridan biri bo’ldi. Respublikamiz Prezidentining mazkur anjumandagi nutqi aniq takliflari va mulohazalari bilan yig’ilganlar e’tiborini qozondi. Ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash bo’yicha xalqaro markaz tashkil etish borasidagi taklifi ko’plab davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi va 2001 yil 11 sentyabrdagi AQSHga qilingan terroristik xuruj bu fikrni yana bir bor isbotladi. MDH doirasidagi ana shunday terrorizmga qarshi markazning ta’sis etilishiga ham O’zbekiston rahbariyatining taklifi sabab bo’ldi.
O’zbekistonning YuNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg’armasi (YuNISEF), qochoqlar ishi bo’yicha BMTning Oliy Komissarligi, BMTning giyohvand moddalarni nazorat qilish bo’yicha dasturi (YuNDKP), Jahon pochta ittifoqi, Taraqqiyot dasturi kabi BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari ishida faol ishtirok etayotganligini albatta qayd etishimiz lozim.
1996 yil 21 iyunda O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi (EI) o’rtasida sherikchilik va hamkorlik haqida bitim imzolandi. Mazkur bitim fundamental, keng qamrovli bo’lib, juda ko’p sohalarda tomonlar orasidagi munosabatlarni yangi pog’onaga ko’tarmoqda. Ular orasida siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, investitsiya, moliya, bojxona, ilm-fan, madaniyat, sog’liqni saqlash, telekommunikatsiya, pochta, standartlashtirish, transport, statistika, turizm, qishloq xo’jaligi va boshqa ko’pgina sohalar bor.
Ayniqsa BMTning YuNESKO tashkiloti bilan O’zbekiston o’rtasidagi amaliy hamkorlik munosabatlari yaxshi samara bermoqda. Mamlakatimiz 1993 yil 26 oktyabrda unga a’zo bo’lgan edi. Prezidentimiz Islom Karimov YuNESKO Ijroiya kengashi 155-sessiyasida ta’kidlaganidek, «Biz YuNESKO timsolida eng muhim insonparvarlik masalalarining yechimiga ijodiy yondashishda harakat-lantiruvchi kuch bo’lib xizmat qiladigan o’ziga xos, betakror xalqaro tashkilotni ko’ramiz. YuNESKO ma’naviy uyg’onish yo’liga kirgan ko’plab mamlakatlarga, jumladan, O’zbekistonga ham xalqaro ma’naviy hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash uchun, butunjahon intellektual maydonida yanada kengroq faoliyat ko’rsatish uchun imkoniyat yaratib berayotgan tashkilotdir»35.
Do'stlaringiz bilan baham: |