O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


Hozirgi jahon taraqqiyotida xalqaro siyosiy munosabatlar va



Download 425,5 Kb.
bet74/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

3. Hozirgi jahon taraqqiyotida xalqaro siyosiy munosabatlar va
ularning rivojlanish xususiyatlari
Biz yashayotgan hozirgi davrning xarakterli xususiyatlaridan biri xalqaro siyosiy munosabatlarning rivojlanib borishidan iborat. Bu munosabatlar jahon taraqqiyotining mohiyatini belgilab bermoqda, xalqlar va davlatlar o’rtasidagi xususiyatlar aloqalarning mazmunini tashkil etmoqda, davlatlararo hamkor-likning rivojiga samarali ta’sir ko’rsatmoqda.
Xalqaro siyosiy munosabatlar taraqqiyoti siyosiy faoliyat natijalariga bog’liq. Davlatlarning vujudga kelishi ular o’rtasidagi munosabatlarning shakllanishiga ham sabab bo’lgan. Bu ob’ektiv xarakterga ega. Hech bir mamlakat jahon hamjamiyatidan ajralgan holda rivojlanishi mumkin emas.
Xalqaro siyosiy munosabatlar xalqaro munosabatlarning tarkibiy qismidir. Bu munosabatlar davlatlarning vujudga kelishi va ular o’rtasidagi aloqalarning shakllanishi asosida ro’y bergan. O’tmishda eng qadimgi davlatlar: Misr, Vavilon, Eron, Urartu, Yunoniston, Rim va boshqa davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi shunday kechgan.
Hamkorlikning xilma-xil shakllari xususan siyosiy hamkorlik munosabatlari siyosat va davlat arboblarining qarashlarida o’z aksini topgan.
Siyosiy munosabatlar xalqaro munosabatlarning o’ziga xos ko’rinishlaridan biridir. Bu munosabatlar to’g’risida frantsuz politologi Raymon Aron shunday yozadi. «Xalqaro siyosiy munosabatlar, bu sotsial birliklar va institutlar (davlat, millat, sinf, sotsial qatlam va guruhlar, diplomatik xizmat mahkamasi) o’zaro aloqalari va ta’sir zaminida shakllanuvchi munosabatlarning bir ko’rinishidir». Uning fikricha, iqtisodiy, madaniy va sotsial munosabatlar o’z evolyutsiyasining ma’lum bir bosqichida, ya’ni siyosiy tizim davlatchilik va boshqaruv sistemasining barqarorligi bilan bog’langan joyda o’z-o’zidan siyosiy tus oladi. Demak, xalqaro siyosiy munosabatlar davlatlar, siyosiy partiyalar, ijtimoiy hamda ommaviy jamoat tashkilotlarining mamlakatlar o’rtasida olib boradigan faoliyatidir.
Uzoq yillar davomida xalqaro siyosiy munosabatlar masalasiga sinfiylik asosida yondoshib kelindi. Bu yillarda mazkur masalaga g’oyaviy tus berilib, davlatlar va mamlakatlar o’rtasidagi ikki xil tuzum o’zaro munosabatlar sifatida ta’riflab kelindi.
Hozirgi kunda xalqaro munosabatlarda harbiy, siyosiy ixtiloflarga yo’l qo’ymaslik muhim ahamiyatga ega. CHunki, insoniyat taqdiri, jahon tsivilizatsiyasi taqdiri xavfsizlikning qay darajada ta’minlanganligi bilan bog’liqdir. SHu sababli ham jahon urushi xavfining oldini olish, qurollanish poygasining to’xtatilishiga qaratilgan chora va tadbirlarni amalga oshirish davlatlar o’rtasidagi munosabatlarda muhim o’rin egallaydi. Endilikda jahon jamoatchiligi va xalqlari harbiy ustunlikdan hech kim yutmasligini tushunib yetmoqda.
Xalqaro siyosiy munosabatlarda xalqaro terrorizmga qarshi kurash zarurligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Terrorizm XX asrning so’nggi va XXI asrning boshlaridagi eng mudhish ijtimoiy-siyosiy hodisalardan biri bo’lib, xalqaro munosabatlarning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Terrorizm davlatlarning siyosiy tuzumi, rivojlanish yo’li va taraqqiyot darajasidan qat’iy nazar jahondagi barcha davlatlarni o’zaro kelishuvga, unga qarshi murosasiz kurash olib borishga majbur qilmoqda. CHunki terrorizm alohida olingan bir mamlakatnigina emas, balki barcha davlatlar va xalqlarning umumiy muammosiga aylanib bormoqda.
Terrorizm tomonidan, ayrim yoki bir guruh kishilar tomonidan u yoki bu davlatda ijtimoiy-siyosiy tartibni buzishga, qo’poruvchilik qilishga, shu harakati bilan xalqlarni qo’rqitishga qaratilgan harakatdir.
Terrorizmning ko’rinishlari turli xil bo’lib, ular o’z ichiga siyosiy rahbarlarga suiqasd uyushtirish yoki garovga olish, davlat to’ntarishini amalga oshirish, muhim ob’ektlarni portlatish, qo’poruv ishlarini amalga oshirish kabi harakatlar bo’lib, ularning barchasi xalqaro munosabatlar sohasida turli xildagi ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, 1995 yilda Isroil davlatining Bosh vaziri Isxoq Rabining o’ldirilishi Isroil bilan ko’pchilik arab davlatlari o’rtasidagi munosabatlarga kuchli salbiy ta’sir ko’rsatdi. SHu sababli ham Misrning Ash-SHayx shahrida 1995 yilning may oyida va 1999 yil 18–19 noyabrda YeXHTning Istambul samitida terrorizmga qarshi kurash bo’yicha xalqaro kengash o’tkazildi. Bu kengashlarda ko’pchilik davlatlarning Prezident-lari qatnashib, ular terrorizmning har qanday ko’rinishiga birgalikda kurash har bir davlat siyosatining ajralmas qismiga aylanishi zarurligi, unga qarshi kurash esa barcha davlatlarning asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlashdi. Kengashda terrorizmga qarshi kurashning yo’llari ishlab chiqildi. Xuddi shunday holat 2001 yil 11 sentyabrida AQSHda terroristlar tomonidan amalga oshirilgan xurujlar munosabati bilan ham yuzaga keldi.
Xalqaro siyosiy munosabatlarning rivojlanishi bu munosabatlarda kelib chiqadigan turli xildagi ziddiyatlarga va ularni hal qilishga bog’liqdir. Bunday ziddiyatlar xalqaro siyosiy munosabatlarda turli xil sabablarga ko’ra xilma-xil sharoitlarda ro’y beradi. Ularni keltirib chiqaradigan omillar xalqaro siyosiy munosabatlarning rivojlanish jarayonida, o’ziga xos darajada namoyon bo’ladi va bu munosabatlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Ziddiyatlar jamiyat hayotining barcha sohalarida bo’lgani singari xalqaro siyosiy munosabatlarning ham harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Xalqaro siyosiy munosabatlarda kelib chiqadigan har qanday ziddiyatni hal qilishga alohida yondoshish talab etiladi. Ularning hammasini bir xildagi usullar yoki vositalar yordamida hal qilish mumkin emas. SHuningdek, bunday ziddiyatlar yechimini topish uchun xalqaro siyosiy munosabatlarda ishtirok etuvchi barcha sub’ektlarning kuch-g’ayratini birlashtirish talab qilindi. Holbuki bunday sub’ektlarning har biri o’z manfaati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishda ishtirok qiladi. Biroq shunday ziddiyatlar bo’ladiki, ularda ifodalangan muammolarning ayrimlarini hal qilishda sub’ektlarning faoliyatini, ayniqsa, davlatlar, xalqaro tashkilotlar hamkorligini tashkil etish talab qilinadi. Bunday hamkorlik, xususan xavfsizlik sohasida kelib chiqadigan muammolarni hal etishda, mintaqaviy bartaraf etish uchun kurashda nihoyatda zarurdir.
Xalqaro siyosiy munosabatlarda kelib chiqadigan ziddiyatlarni biron-bir tomonning foydasiga hal etishga urinish bu munosabatlarda ko’plab noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. SHuning uchun ham davlatlar xalqaro siyosiy munosabatlarni hal etish ishiga bir tomonlama yondashuvlardan voz kechgan holda harakat qilishi zarur. Bu zaruriyatni Islom Karimov quyidagicha ta’riflagan edi «... xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta’siri davlatlar va halqlar o’rtasida o’zaro birlashishga intilishni kuchaytirmoqda».

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish