45
5-BOB. YUK AVTOMOBILLARI
5.1. Avtomobil rivojlanish bosqichlari
Hozirgi kunda xom ashyo va
tayyor mahsulotlarni tashish, ochiq
usulda ko’mir va ruda qazib chiqarish, sanoat usulida uy-joy binolari va
sanoat korxonalari qurish, qishloq xo’jaligiga zarur yuklar, o’g’it va turli
mahsulotlarni tashish, keng iste’mol mollarini bevosita iste’molchilarga
yetkazib berish va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi.
«Avtomobil» so’zi (avto-grek tilida – o’zi, mobil-lotincha
harakatlanuvchi) o’zi harakatlanuvchi degan ma’noni bildiradi.
Avtomobil quruqlikda harakatlanuvchi transport vositasi sifatida
mustaqil energiya manbaiga ega bo’lgan dvigatel bilan jihozlangan
hamda katta komfortabel va xavfsizlikka ega bo’lgan
holda relssiz
yo’lda yuk tashish uchun mo’ljallangan mashinadir.
Hozirgi avtomobillarning asosiy baza modellari quyidagilardir:
KAMAZ, ZIL; GAZ; KraZ; MAZ; BelAZ; URAL; KAZ, MAN,
HOVA, FOTON, ISUZU va hokazo.
Keyingi yillarda dizellar ishlab chiqarish tez sur’atlar bilan
ko’paytirilib, GAZ, ZIL, URAL, KAZ avtomobillariga dizel dvigatellari
o’rnatish yo’lga qo’yilgan. 1990 yilga kelib dizel o’rnatilgan
avtomobillar 1985 yilga nisbatan 2 marta, tirkama (pritsep) va yarim
tirkamalar esa 1,4 marta ortdi. 1990 yilga kelib ko’p yuk ortadigan
avtomobillar va ularning asosida ko’p yuk tortadigan avtopoezdlar,
ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari va avtomobil tirkamalari 1985 yilga
nisbatan 48,1 foizga ko’paytirildi.
Ana shu davrda Moskvadagi
Lixachev nomli avtomobil zavodida 12 tonna yuk ko’tara oladigan dizel
dvigateli o’rnatilgan ikkita yetakchi ko’prikli, ZIL-169 markali
avtomobil va uning o’zgartirilgan nusxalari ishlab chiqarila boshlandi.
Gorkiy avtomobil zavodi 7 tonnagacha yuk ko’tara oladigan qiyin
yo’llarda yurishga moslashtirilgan ikkita yetakchi ko’prikli GAZ-33
(6x4) markali avtomobil va uning negizida xalq xo’jalik mahsulotlarini
tashishga mo’ljallangan 6 tonnagacha yuk ko’tara oladigan GAZ-33B
markali avtomobil samosvallarini, Ural avtomobil zavodi 7,5
tonnagacha yuk ko’tara oladigan URAL-377
avtomobillarining ikki xil
o’zgartirilgan nusxasini, ya’ni o’tag’on va qiyin yo’llarda yurishga
mo’ljallangan avtomobillarni ishlab chiqarishga kirishdi. Kutaisi
avtomobil
zavodi
sement
va
beton
tashishga
ixtisoslashgan
avtomobillardan tashqari, paxtani qop-qanorsiz tashishga mo’ljallangan
11,5 tonnagacha yuk ko’tara oladigan KAZ-717
markali samosval
46
avtomobillarini, Keremchuk avtomobil zavodi 11 tonnagacha yuk
ko’tara oladigan KrAZ-256 B avtomobillarini ishlab chiqara boshladi.
Bu avtomobilga Yaroslavl motor zavodida ishlab chiqarilayotgan sifati
yaxshilangan zamonaviy YaMZ-238A dizel dvigateli o’rnatildi. Minsk
avtomobil zavodi 95 tonnagacha yuk ko’tara oladigan MAZ-6422
markali avtomobillarni va shimol, janub sharoitida qiyin yo’llarda
yurishga mo’ljallangan har xil o’zgartirilgan
nusxalarini, Belarussiya
avtomobil zavodi 110 tgacha yuk ko’tara oladigan BelAZ-522
avtopoezdini ishlab chiqarmoqda.
Yuk avtomobillari yuk vazniga qarab: yengil vazn 0,3…1,0 t,
kichik vazn- 1,0…3,0 t, o’rtacha vazn 3,0…5,0 t, katta vazn 5,0…8,0 t
va juda katta vazn 8,0 t dan ortiq yuk ko’taradigan avtomobillarga
bo’linadi.
Tashlama devorlari (bortlari) ochiladigan har xil ishbop kuzovli
transport avtomobillarida xilma-xil yuklar tashiladi va bunday
avtomobillar umumiy ishlarni bajaruvchi oddiy avtomobillar deb ataladi.
Sochiluvchan yuklar, yukni o’zi ag’daradigan (samosval) transport
avtomobillarida, suyuqliklar
tsisternali avtomobilda, ko’pchilik oziq-
ovqatlar esa refrijirator-furgonlarda tashiladi, bunday avtomobillar
ixtisoslashtirilgan avtomobillar
deyiladi. Transport avtomobillarining
kuzovlarida bir vaqtning o’zida yo’lovchi va
yuk tashilsa yuk-passajir
avtomobillari deb yuritiladi. Bunday avtomobillar asosan yengil
avtomobillar turkumiga kirib, ular universal kuzovga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: