Topshiriq
Mashgʼulotning nazariy qismida berilgan detallarga ajratish va yigʼish shartlariga amal qilgan xolda mashina uzelini detallarga ajratish va yigʼish texnologik kartasini ishlab chiqish.
АMALIY MASHGʼULOT №4
(2-soat)
Mаvzu: Mashinalardagi podshipniklari oraliqlarini oʼlchash va sozlash ishga yaroqliligini aniqlash
Podshipniklar val va aylanuvchi oʼqlarning tayanchlari boʼlib xizmat
qiladi. Ular valga tushayotgan ogʼirlikni qabul qilib korpusga uzatadi. Ishqalanish turiga koʼra – dumalash va sirpanish, ogirliklarni qaboʼl qilish turiga koʼra – radial, tirgakli va radial – tirgakli podshipniklarga boʼlinadi. Sirpanish podshipniklari korpus, vkladish va moylash qismlaridan iboratdir. Bunday podshipniklar oʼz navbatida ajralmas va ajraluvchi turlarga boʼlinadi. Ishqalanish syoki n sodir boʼladigan va to’xtab-to’xtab ishlaydigan mexanizmlar ajralmas, ichki yonuv texnologik Jihozlari tirsakli vallarida, katta tezlikda aylanadigan val va oʼqlarda esa ajraluvchi podshipniklar qoʼllaniladi. Sirpanish podshipniklari babbit, bronza, chugun, metallmas materiallardan va metallokeramiklardan yasalishi mumkin.
Dumalash podshipniklari tayyor xolatdagi uzel boʼlib, dumalash qismi – zoldir va roliklardan iboratdir. Bu qismlar ustki va tashqi xalqalar ichiga joylashgan boʼladi. Zoldirlarni bir – biridan ma’lum bir masofada ushlab turish uchun ularning oraligʼiga separator oʼrnatilgan. Xalqalarning biri qoʼzgaluvchi, ikkinchisi qoʼzgʼalmas boʼladi. Dumalash detallari shakliga koʼra zoldirli va rolikli. Soniga koʼra bir va koʼp qatorli, joylashishiga koʼra esa vaziyati oʼzgarmaydigan va oʼzgaruvchan (sferik), gabarit oʼlchamlariga nisbatan seriyali turlarga boʼlinadi.
Tashqi diametri oʼlchamlariga koʼra – seriyalar ichida oʼta yengil, alohida yengil, o’rta va ogʼir, eniga koʼra – tor, me’yoriy, keng va alohida keng turlarga boʼlinadi.
Dumalash podshipniklarining detallarini yasash uchun yuqori mustahkamlikka ega boʼlgan xromli ShX9, ShX15 va boshqa poʼlatlardan foydalaniladi.
Notoʼgʼri oʼrnatilgan podshipniklar tez yeyilishi natijasida ishdan chiqadi. Podshipniklarning ishlashi davrida qizib ketishiga ularning ifloslanishi, moylash ashyolarining koʼpligi yoki yoʼqligi, boshqa detallar bilan ishqalanish mavjudligi, notoʼgʼri tanlanganligi, koʼp yeyilgani yoki biron detallardagi nuqsonlar sabab boʼlish mumkin.
Podshipniklarni tekshirish yoki almashtirish uchun maxsus ajratgichlardan foydalaniladi. Manjet yoki salniklarni yeyilganda yangisi bilan almashtiriladi.
Baʼzi bir podshipniklarning yaroqsizligini belgilovchi tirqishlar qiymatlari
1-jadval
№
|
Podshipnikning oʼrnatilgan joyi
|
Podsh. Rakami
|
Boʼylama tirqish
|
Radial tirqish
|
qoʼllanilgan.
jihoz
|
1
|
Birlamchi val uzatish qutisi
|
211
|
1,2
|
0,6
|
Tegirmon
|
2
|
Uzatish muftasi
|
216
|
1,4
|
0,7
|
Tegirmon
|
3
|
Ventilyator vali
|
306
|
0,8
|
0,3
|
Tegirmon
|
4
|
Uzatish muftasi (ketingi)
|
308
|
1,0
|
0,6
|
Tegirmon
|
5
|
Uzatish qutisi oraliq vali
|
310
|
1,4
|
0,7
|
Tegirmon
|
6
|
Yarim oʼq
|
317
|
1,6
|
0,8
|
Tegirmon
|
7
|
Uzatish kutisi ikkilamchi vali
|
408
|
1,4
|
0,7
|
Tegirmon
|
8
|
Uzatish kutisi ikkilamchi vali
|
32612
|
----
|
0,6
|
Tegirmon
|
1.Podshipniklarni tekshirish natijalarini yozib borish uchun quyida keltirilgan jurnal tuldiriladi.
№________podshipnikning holatini tekshirish
JURNАLI
1. Oʼtkazish joyi_________________________________________________
2. Xalkalarning ishchi yuzasi______________________________________
3. Zoldirlar_________________________________________________
4. Separatorlar_______________________________________________
5. Kizib ketganlikni koʼrsatuvchi rang____________________________
6. Podshipnikning____________________________tirqishini aniqlash
1-oʼlchashda_____________mm, 2-oʼlchashda______________mm,
3-oʼlchashda_____________mm, 4-oʼlchashda______________mm
urtacha qiymati____________mm.
Xulosa___________________________________________________________________________________________________________________________
2. Podshipniknioʼqiboʼylabtirqishianiqlanadi.Buning uchun:
- taʼmirlash plitasiga oʼrnatilgan tagliklarga podshipnik tashqi xalkasi bilan oʼrnatiladi;
- ichki xalqaga plastinka qoʼyiladi;
- plastinkaning urtasiga indiqatorning uchi tekkiziladi. Bunda uning strelkasi bir marotaba aylanishi kerak;
- ichki xalkani kul bilan bosib turib bir-bir yarim martaga aylantiriladi, soʼngra indikator strelkasi «0» ga oʼrnatiladi;
- bosh barmoq bilan ichki xalqa pastga, tashqi xalqani esa tepaga xarakatlantiriladi. Indikatorning strelkasi bu paytda podshipnikning boʼylama yeyilish qiymatini koʼrsatadi;
- shu usul bilan podshipnikning oʼqi boʼylab tirqishining miqdori marotaba aniqlanadi;
- boʼylama tirqishning orʻtacha qiymati hisoblab topiladi.
2. Podshipnikning radial tirqishi aniqlanadi. Buning uchun:
- tekshirilayotgan podshipnik maxsus asbobga tik qilib barmoq va gayka yordamida maxkamlanadi
- podshipnikning eng tepa qismiga indiqatorning bir marotaba aylantirilgan strelkasi tekkiziladi;
- strelkaning koʼrsatishi «0» ga qoʼyiladi;
- kul bilan tashqi xalka tepa va pastga tomon kutarib tushiriladi. Indikatorning strelkasi bu vaqtda podshipnikdagi radial tirqish miqdorini koʼrsatadi.
- radial tirqish shu usul bilan uch marotaba podshipnikni 900 ga burilgan xolati uchun aniqdanadi;
- orʻtacha radial tirqish qiymati xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |