Detallarni toraytirish.Vtulkaning ichki diametrini tashqi diametri hisobiga kuchaytirish – toraytirish deyiladi.Toraytirishda taʼsir qiluvchi kuchning yoʼnalishi kerakli deformatsiya δ ning yoʼnalishiga mos keladi (5.5-rasm).Toraytirish – kengaytirishdan detal oʼlchamlarining kichrayishi bilan farq qiladi, kengaytirishda esa detallarning oʼlchami kattalashadi. Toraytirishda kuch va deformatsiya yoʼnalishi kengaytirishdagiga nisbatan teskari yoʼnalishda boʼladi. Detal ichki oʼlchamining kichrayishi tashqi diametrning kichiklashuvi hisobiga boʼladi.Bunga bronzadan yasalgan vtulkani toraytirish misol boʼla oladi.Toraytirishdan soʼng vtulkaning tashqi diametri ishlatish uchun moslanadi yoki uni poʼlat vtulkaga presslanadi. Vtulkaning ichki diametrini talab qilingan oʼlcham boʼyicha razvyotka qilinadi.Detallarni toraytirish jarayonidan foydalanish rangli metall sarfini kamaytiradi.