R=Ki/ni Ki = Qi/ ni Qi (6.1)
Bu yerda: ni-mashinani ishlatish davridagi mos konstruktiv elementlarni almashtirishlar soni;
Qi-almashtirilgan konstruktiv elementlar tannarxi.
Har qanday texnologik mashinaning bir xil mustahkamlik koeffitsentini xisoblashda uning konstruktiv elementlarini yeyilish miqdorlari va ishlash vaqtini bilish kerak. Lekin bu ishni bajarish oson emas, chunki texnologik mashinalarning konstruktiv elementlarini hammasini yeyilish miqdorlari toʼliq oʼrganilmagan yoki yeyilish miqdorlari keng diapazonda boʼladi. Bu holda extiyot qismlarni o’rtacha sarflanish normalaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq boʼladi. Bu orqali oʼz navbatida texnologik mashinaning orʻtacha ishlatish sharoiti va uning konstruktsiyasidagi takomillashmagan qism, texnologik mashinada ishlayotgan yoki uni boshqarayotgan operator (ishchi)ning orʻtacha layoqati, kasbini qanday egallaganligi, taʼmirlashga arziydigan yoki almashtirilishi mumkin boʼlgan konstruktiv elementlarni tayyorlash, sotish, sotib olish va boshqalar aniqlanadi.
Normalar yordamida hamma oʼzgartiriladigan konstruktiv elementlarning avvalo bir xil mustahkamligini nisbiy, texnologik mashinaning bir xil mustahkamlik koeffitsenti topiladi.
Bir xil mustahkamlikni nisbiy koeffitsienti ri quyidagi formula orqali topiladi:
(6.2)
bu yerda: ai - texnologik mashinadagi bir xil konstruktiv
elementlar soni;
b - norma belgilangan texnologik mashinalar soni
(odatda 10,20,...,100);
T - texnologik mashina toʼliq ishlash vaqti;
Nioʻrt.- texnologik mashinadagi bir yil ichidaʻacha
konstruktiv elementlarni almashtirishlar normasi
(orʻtacha yillik ish davri ichida).
Texnologik mashinalarning umumiy bir xil mustahkamlik koeffitsienti, agar hamma oʼzgartiriladigan konstruktiv elementlarning belgilangan normalari buyicha nisbiy koeffitsentlari aniq boʼlsa quyidagi formula orqali topiladi:
(6.3)
bu yerda: Qi- berilgan texnologik mashinaning barcha
konstruktiv elementlarining narxi;
Qi- mos ravishda almashtiriladigan konstruktiv
elementlar narxi;
ri-mos ravishda almashtirilgan konstruktiv
elementlarning nisbiy mustaxkamlik
koeffitsenti.
Konstruktiv elementlari mustahkamlik koeffitsentlari bo’yicha eng takomillashtirilgan texnologik mashina deb shunday mashinaga aytiladiki, agar u biror maxsus shartlar bilan chegaralanilmasa va uning barcha konstruktiv elementlari belgilangan toʼliq ishlash davrida oʼz funktsiyasini bajarsa, ya’ni R=1.0
Texnologik mashinalarning konstruktiv va texnologik takomillashtirilganligini obyektiv baholash uchun asosiy elementlardan texnologik mashinani bir xilda ish joyiga oʼrnatish, sozlash, rostlash, moylash va boshqa funktsional elementlar koeffitsentlari ham muxim oʼrin egallaydi.
Bu yerda yana texnologik mashinaning konstruktiv elementlarini forma va oʼlchamlari ham eʼtiborga olinadi.
Texnologik mashinalarni bir xilda sozlash koeffitsienti mashinalarga koʼrsatilgan zarur texnik xizmatlar va taʼmirlash hamda ularni xizmat muddati ichida qaytarilishi bilan xarakterlanadi.
Sozlash koeffitsienti S funktsional elementlarni yaroqliligi Fj yoki ularning narxini funksional elementlar yaroqliliklari yigʼindisi nj Fj yoki ularning narxlari yigʼindisi nj Qj siga nisbati orqali aniqlanadi.
Funksional elementlari yaroqliliklari yoki narxlari yigʼindisi texnologik mashinaning butun ishlash davridagi bajarilgan ishlarni oʼz ichiga oladi yoki texnologik mashinaning belgilangan (belgilanmagan) ishlash davridagi ishga yaroqliligini saqlab turadi:
(6.4)
bu yerda: Fj va Qj - funktsional elementlarning mos ravishda yaroqliligi va narxi bulib, u texnik xizmat va taʼmirlash davrlaidagi miqdorlari bilan xarakterlanadi;
nj- texnologik mashinaning ishlatish davridagi texnik xizmat va taʼmirlashlar soni.
Uzoq ishlash koeffitsenti D texnologik mashinalarga umumiy baxo beradi va u mashinaning barcha elementlari xizmat muddatiga bir xilligini, konstruktiv va funktsional elementlarini qaytarilishi ifodalaydi.
Uzoq ishlash koeffitsenti quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |