/+/ - belgisi tepaga va oʼnga ogʼish.
/-/ - belgisi pastga va chapga ogʼish.
Moylash xoʼjaligini tashkil qilish jarayoniga korxonaning moylovchi materiallarga boʼlgan talabi, ruxsat etilgan sarf mehyor lariga koʼra moy turlarini ratsional tanlash, toʼgʼri qabul qilish, saqlash va taqsimlash, mashina va jihozlarni moylashni rejalashtirish va ularni moylash kartalari bilan ta’minlash ishlari kiradi. Moylovchi xoʼjalik korxonaning bosh mexanigi rahbarligida boʼlib, korxonadagi hamma mashina va jihozlarni moylash xizmatini toʼgʼri va funktsional tashkil qilishni tahminlaydi.
Moylash xizmatidagi ishchilar (mexaniklar, taʼmirlash ustalari: moylovchilar, slesarlar va x.k.) moylash xoʼjaligini doimo rivojlantirib borishlari hamda zamonaviy moylash sistemalarini mashinalarga qoʼllashni tahmin etishlari kerak.
Mashina va jihozlarni loyihalash boʼyicha boshqaruv xujjatlariga quyidagilar kiradi
- moy almashtirishning yillik grafigi;
- mashinalarni moylash kartalari;
- mashina va jihozlarni ishlatish va moylash uchun koʼrsatma va koʼrgazmali qurollar.
Moylovchi materiallarni tanlashda qaysi moydan foydalanish samarali ekanligini bilish muximdir yaʼni mineral moy yoki konsistent (qoʼyiq) moy. Mashina yoki jihoz uchun belgilangan texnik xizmat va taʼmirlash sistemasi (stoir) va mashinaning pasporti boʼyicha tavsiya etilgan moy turi tanlanadi.
Korxonaga kerakli boʼlgan moy hajmi foydalanilayotgan mashinalar soniga qarab hisoblanadi.
Har bir zavod yoki korxonada markazlashgan yonuvchi – moylovchi materiallar ombori mavjutdir.
Har bir moy turi uchun alohida idishlar ajratilgan boʼlib, moy markasi yozib qoʼyiladi.
Moylar zavod yoki korxonaga navi yoki turini bildiruvchi xujjatlar bilan birgalikda keltiriladi.
Moylovchi materiallarni asosiy xossalari va klassifikatsiyasi.
Mashina va jihozlarni ishonchli va davomli ishlashi ishqalanuvchi yuzalarini toʼgʼri moylashga bogʼliq.
Toʼgʼri moylash deganda moylovchi materiallarni toʼgʼri tanlash tushiniladi. Moylash ishqalanishni kamaytirib yemirilishni oldini oladi, elektr energiya sarfini, issiqlik ajralib chiqishini kamaytiradi.
Moylovchi materiallar mineral va konsistent (quruq) moylarga boʼlinadi. Mineral moylar qovushqoqligi, portlash va qoʼyiqlanish aroratlari va chiqindi hosil boʼlishi bilan tavsiflanadi.
Moyning qovushqoqligi suyuqlikning ichki ishqalanishini aniqlab, haroratiga bogʼliq boʼladi. Qovushqoqlikni orttirish ishqalanuvchi yuzalarda moy plyonkasini hosil boʼlishini yaxshilab, yemirilishini oldini oladi.
Qovushqoqlik quyidagilarga boʼlinadi:
- Dinamik qovushqoqlik (moyning ichki ishqalanish koeffitsienti);
- kinematik (dinamik qovushqoqlikni moy zichligiga nisbati);
Qovushqoqlik shartli (viskozimetrdan moyning oqish vaqti) graduslarda ifodalanib, koʼrinishida yoziladi. Sonlar tajriba temperaturasini qiymatini belgilaydi. Portlash xarorati (moyning bugʼlanish va yonish xarorati) ish vaqtida ochiq xavoda moylash uchun juda muxim boʼlib, moy qoʼyiqlanib qolib, moy yoʼllarida yurmay qiyinchilik tugʼdiradi.
Chiqindi hosil qilish moyning bu xossasini ishqalanayotgan yuzalarda kuyindilar xosil boʼlishini belgilaydi. Detallarni yemirilishini tezlatadi.
Ba’zi bir moylarning qisqacha tavsifi va foydalanish boʼyicha tavsiyalar 1 va 2 – jadvallarda keltirilgan.
Moylarning texnik tavsiflari
1-jadval
Moy markasi
|
Qovushqoqlik
500 C da
|
VU0
1000
|
Temperatura
|
Vazifasi
|
|
Yonish
|
Quyiq-lanish
|
Industrial
I- 30А
Mashina L
|
3, 8-4, 6
|
-
|
190
|
-15
|
Orʻta rejimda ishlovchi mashinalar uchun
|
Industrial
I- 40А
|
5, 2-7, 1
|
-
|
200
|
-15
|
Tegirmon tayanch pod-shipniklari uchun ay-lanma pech, quritish barabani va maydala-gich reduktorlari uchun
|
Industrial
I- 50А
|
5, 8-7, 9
|
-
|
200
|
-20
|
Yuqori kuchlanishda va past tezlikda ish-lovchi uzellar uchun
|
Kompressor
K-12
|
-
|
1,9-2,3
|
216
|
-25
|
Porshenli va rotatsion kompressorlar silindrlari uchun
|
Transmission avtotrak-tor moyi (nigrol)
Qishki
Yozgi
|
-
-
|
2,7-3,2
4-4,5
|
170
180
|
-20
-5
|
Аylanma pech tayanch roliklari podshipniklari, tegirmon tayanch podshipniklari, uzatish qutilari, ochiq tishli uzatmalar uchun
|
Аviatsion
MS - 20
|
-
|
2,95
|
250
|
|
Yilning xamma fasillarida reduktorlar uchun
|
Prokat stanlari uchun P- 28
|
-
|
3,7-4, 2
|
285
|
-10
|
Ogʼir yuklangan tegir-mon va aylanma pech reduktorlari uchun. Tegirmon tayanch podshipniklari uchun
|
Qoʼyiq moy (konsistent). – bu moylar kaltsiyli, natriyli sovunlardan foydalanilgan xolda tayyorlanadi. Moyni tavsiflovchi asosiy xossalaridan penetratsiya, tomchilash xarorati va suv miqdori hisoblanadi.
Penetratsiya – moyning qoʼyiqlik darajasi va zichligi:
Tomchilash xarorati – maxsus asbob yordamida qizdiriladigan birinchi tomchining tushgan paytdagi xarorati. Tomchilash xarorati qancha yuqori boʼlsa moylash qobiliyati ham yaxshi boʼladi.
Moy tarkibidagi suv miqdori 0,5 – 0,3 dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |