Porshenli nasoslar. Porshenli nasoslarning eng koʼp tarqalgan koʼrinishi – bugʼli toʼgʼri xarakatlanuvchi nasoslardir. Elektryurituvchi nasoslarning gidravlik silindrlari toʼgʼri xarakatlilaridan juda kam farqlanadi; yuritgich qismga kelsak, u krivoship – shatun mexanizmi koʼrinishga ega boʼlib, bu mexanizmning kreykopfi gidravlik silindrning porsheni kiygizilgan shtok bilan birlashtirilgandir. Koʼpgina toʼgʼri xarakatlanuvchi nasoslar ikkita bugʼlatgich va ikkita gidravlik silindrdan iborat, xar bir silindr juftligini boltlar yordamida poydevorga maxkamlangan ramaga oʼrnatiladi. Nasosning gidravlik qismini nasosga maxkamlab qotiriladi, bugʼlatgich qismini esa temperaturalar deformatsiyasini kompensatsiyalash uchun ozgina lyuft orqali maxkamlanadi. Gidravlik va bugʼlatgich qismlari qobiqlari bir – biri bilan orʻta qism (orʻtalik) vositasida shpilkalarda biriktiriladi.
Bugʼlatish silindrlar bloki nasos yuritgichi ikki bugʼlatgich silindrlar qobigʼidan tuzilgan boʼlib, u bir vaqtning oʼzida zolotnikli korobkalar bilan qoʼyilgan, xarakatlantiruvchi mexanizmli ikkita zolotnik va ikkita porshendan iboratdir. Yirik nasoslarni traversiyalar orqali oʼzining bo’rtmalari bilan juftlangan alohida – alohida bugʼlatgichni silindrlardan foydalaniladi.
Gidravlik silindrlarning bloklari ushbu ikki silindr qobiqlaridan iborat boʼlib, u bir – biri bilan soʼruvchi kollektor, ikki porshen va sakkiz klapanlar (xar bir silindrga ikkitadan soʼruvchi va eguvchi bosim bilan xaydovchi klapan) orqali birlashtirilgan.
1 – rasmda ikki silindrli gorizontal neft nasosining umumiy koʼrinishi aks ettirilgan boʼlib, u siqilgan gaz, och va toʼq neft maxsulotlarini tortib chiqarish uchun moʼljallangan. U bugʼ bloki va gidravlik silindr blokidan iborat boʼlib, ular bir – biri bilan o’rtalik orqali bogʼlangan.
8.1- rasm Markazdan qochma tipidagi nasos
Bunda soʼrish trubasi orqali taʼminlovchi idishdan koʼrsatilgan suyuqlik kameraning o’rta qismiga kiradi, soʼngra val 1 orqali xarakatga keltiriluvchi ish gʼildiragi 2 ning kuraklari 3 orasidan oʼtib, nasos kamerasi 4 ga tushadi. Bu yerda markazdan qochma kuch taʼsirida xosil boʼlgan bosim suyuqlikni xaydash trubasiga siqib chiqaradi. Suyuqlikning xaydash trubasida maʼlum miqdordagi tezlik bilan taʼminlanishni uchun utkazuvchi kamera, yoʼnaltiruvchi apparat 5 va diffuzor 6 kabi bir qancha maxsus moslamalardan foydalaniladi.
8.2- rasm Bir xarakatli porshenli nasosning ishlash printsipi
Silindrdagi yuqori sath bilan suyuqlik koʼtarilgan eng yuqori satxlarning farqi xaydash balandligi (Nx) deyiladi.
Soʼrish balandligi bilan xaydash balandligining yig’indisi Nst=Ns+Nx nasosning tortish balandligi yoki toʼliq statik bosimdan iboratdir.
Yuqorida aytganimizdek porshenli nasoslar yuqori bosim kerak boʼlgandagina ishlatiladi. Аmalda, koʼp xollarda, porshenli nasoslar markazdan qochma nasoslarni siqib chiqaradi. Xajmiy gidrouzatmalar tarkibida ishlayotgan nasoslar asosan porshenli nasoslar turiga kiradi. Bu aytilganlardan tashqari porshenli nasoslarning yana bir ustunligi foydali ish koeffitsientining yuqoriligidir.
Porshenli nasoslarning markazdan qochma nasoslardan yana bir farqi shundaki, uning soʼrishini xaydash trubasiga oʼrnatilgan berkitkich yordamida oʼzgartirib boʼlmaydi. Lekin xaydash trubasining kesimi kichrayib borishi bilan tezlik ortib boradi va berkitkich oldida bosim ortib boradi. Аgar berkitkich butunlay berkitib qoʼyilsa, bosim juda kattalashib ketishi natijasida yo nasos boʼz iladi, yoki truba yoriladi, yo boʼlmasa zoʼriqishning ortib ketishi, natijasida dvigatel toʼxtab qoladi. Shuning uchun porshenli nasoslardan yuqori bosimda oʼzgarmas soʼrish zoʼr boʼlgan xollarda foydalaniladi.
Porshenli nasoslarning markazdan qochma nasoslarga taqqoslangandagi asosiy kamchiligi ularning kattaligi, qimmatga tushishi, ishlatishning murakkabligidir. Bu nasoslarga markazdan qochma nasoslarga koʼproq qarab turish va diqqat talab qilinadi. Chunki porshenli nasoslarning klapanlari tez-tez ifloslanib turadi. Ifloslanish nasosning boshqa qismlarida ham boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |