Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrgʼonа politexnikа instituti



Download 3,35 Mb.
bet15/58
Sana11.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#343919
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
SQT. Аmaliy mashgʼulot

Detallarni choʼzish. Detal uzunligini uning koʼndalang kesimidagi maʼlum joyini toraytirish hisobiga uzaytirish choʼzish deyiladi.

5-6 rasmdan koʼrinib turibdiki, choʼzish choʼktirishning xususiy holi hisoblanadi va u kuch Rd yoʼnalishining kerak boʼlgan deformatsiya δ yoʼnalishiga mos kelmasligi bilan xarakterlanadi. Bunda detal kesimini mahalliy torayishi xisobiga uncha katta boʼlmagan uchastkada uning uzunligi ortadi. Choʼzish, odatda, har xil tyaga va detallarni uncha katta boʼlmagan uzunlikka uzaytirish uchun qoʼllaniladi.



Detallarni toʼgʼrilash.Detalning buzilgan shaklini tiklash jarayoni toʼgʼrilash deyiladi. Bunday usulda egilgan va buralgan detallar toʼgʼrilanadi Toʼgʼrilashda taʼsir etuvchi kuch Rd ning yoʼnalishi kerakli boʼlgan deformatsiya δ ning yoʼnalishiga mos keladi.

Odatda, vallar, shatunlar, oldingi balkalar va shunga oʼxshash detallar toʼgʼrilanadi. Toʼgʼrilashning ikki xili mavjud: tashqi kuchlar bilan toʼgʼrilash (sovuq holda va qizitib) hamda mahalliy naklyop bilan toʼgʼrilash .

Tashqi kuchlar yordamida qizitib toʼgʼrilash, taʼmirlash korxonalarida nisbatan kam qoʼllaniladi.Ularda, asosan, tashqi kuchlar bilan sovuq holda toʼgʼrilashdan foydalaniladi.Toʼgʼrilash natijasida turgʼun boʼlishini taʼminlash uchun toʼgʼrilashni 400-4500C temperaturaga qizitib bajarish lozim.Bunday qizitishda qoldik ichki kuchlanishlar kamayib, detalning ishlash qobiliyati 90% gacha tiklanadi.

Mahalliy naklyop bilan toʼgʼrilash tirsakli valning urishi valning butun uzunligi boʼyicha 0,03…0,5% dan ortiq boʼlmagan hollarda qoʼllaniladi. Naklyop tirsakli valning oʼzak va shatun boʼyinlarini tutashtiruvchi yuzaga zarb berish yoʼli bilan amalga oshiriladi. Tirsakli val buyinlarini jilvirlashdan oldin valni toʼgʼrilash yaxshi natijalar beradi, chunki bunda yoʼniladigan metall qatlamini kamaytirish mumkin. Valni sovuq holda toʼgʼrilagandan soʼng, uni 1000C gacha qizitib, shu temperaturada 3 soat ushlab turiladi. Soʼngra darz bor-yoʼqligini defektoskopda tekshirib koʼrish tavsiya etiladi.

Detallarni nakatkalash.Detal metalini rolikning tishlari yordamida siqib chiqarish yoʼli bilan uning tashqi diametrini kattalashtirish jarayoni nakatkalash deyiladi.Nakatkalashda taʼsir qiluvchi kuch yoʼnalishi talab qilingan deformatsiya δ ga qarama-qarshi boʼladi.Bu usulda detalning oʼlchami uning ishchi qismlaridan metallni siqib chiqarish hisobiga oʼzgaradi.Nakatkalash oʼtkir tishli, toblangan roliklar bilan bajariladi, bunda detalda gʼadur-budur yuzalar hosil boʼladi. Toʼgʼri va qiyshiq tishli roliklar bilan nakatkalanganda yaxshiroq natijalarga erishish mumkin. Nakatkalash roligi U-12 poʼlatdan yasalgan boʼlib, uning qattiqligi HRC boʼyicha 50-55 birlikni tashkil etadi.Nakatkalashda tayanch yuza 50% gacha kamayishi mumkin.Tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, nakatkalangan yuzaning yeyilishiga qarshiligi jilvirlangan tekis yuza yeyilishiga qarshiligining 87% ini tashkil qiladi.

Nakatkalashda val diametri 0,4 mm gacha oshishi mumkin. Nakatkalashni kam yeyilgan valning boʼyinlarida amalga oshiriladi. Nakatkalash usuli bilan taʼmirlanadigan detallarga quyidagi talablar qoʼyiladi:

— nakatkalashni sovuq holda ham plastiklik xususiyati yuqori boʼlgan materiallardan yasalgan detallarda qoʼllash;

— qattiqligi HRC 50-60 boʼlgan detallarni boʼshatilgandan soʼng nakatkalash mumkin, chunki bunda detalning qattiqligi pasayadi;

— nakatkalashni yeyilish natijasida koʼndalang kesimida hosil boʼlgan ellipslilik 0,05 mm dan ortiq boʼlmagan detallarda qoʼllash.

Nakatkalashda quyidagi tengsizlikka rioya qilish kerak.

(5.1)

Bunda δ1 -detalning bir tomoniga toʼgʼri kelgan yeyilish miqdori, mm;

δ2-detalning ellipsliligi, mm: δ3-detalning taʼmirlangunga qadar boʼlgan radial urishi, mm; δ4-jilvirlash uchun qoldirilgan qoʼyim, mm; β-rolik va detalning oʼzaro qamralish burchagi.

Mazkur formuladan koʼrinib turibdiki, nakatkaning qadami t va rolik tishining oʼtkirlik burchagi α qancha katta boʼlsa, tenglamaning chap tomonidagi barcha hadlar yigʼindisi yoki ularning har biri katta qiymatga ega boʼlishi mumkin.

Nakatkalashda detalda yetarli boʼlgan tayanch yuzasi (n) taʼminlanishi lozim:

(5.2)

bunda h — gʼadir-budurlik choʼqqilarining balandligi.

Nakatkalash roligi tishining eng maqbul oʼtkirlik burchagi α=60-700, tishlarning qadami esa 1,5-1,8 mm dir.




Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish