Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrgʼonа politexnikа instituti



Download 3,35 Mb.
bet10/58
Sana11.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#343919
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
Bog'liq
SQT. Аmaliy mashgʼulot

Qismlarga ajratish – yuvish va yaroqli – yaroqsizlarga ajratish ishlari.
Mashinalarni qismlarga ajratishda vintli va taxtakachlar oʼtkazilgan birikmalarni ajratish koʼp mehnat talab qiladi; vintli birikmalarni ajratishga mashinani qismlarga ajratishdagi barcha mehnatning 60-65 foizi, taxtakachlab oʼtkazilgan birikmalarni ajratishga esa 20-25 foizi sarf qilinadi. Taxtakachlab chiqarishda qoʼyiladigan kuch shu birikmani taxtakachlab oʼtkazishda sarflangan kuchdan 10-15 foizga katta boʼladi.

Taxtakachlangan birikmalarni ajratish uchun ajratkichlar, ustqoʼymali taxtakachlar yoki kamdan-kam hollarda urib chiqargichlar (bolgʼa bilan uriladi) ishlatiladi.Shunda vintli, gidravlik yoki pnevmatik yuritmali ajratkichlar qoʼllaniladi.

Boʼlaklash (qismlarga ajratish) maʼsulyatli operatsiyalardan biri boʼlib, mashinalarni capital taʼmirlashdagi mexnat sarfining taxminan 20 foizni tashkil qiladi. Boʼlaklash sifatiga, uni tashkil qilish va bajarish texnologiyasiga katta ahamiyat berish zarur, chunki yaroqli detallar taʼmirlash xoʼjaligida preyskurant bahosining 10-20% ini, taʼmirlangan detal 30-40% ini, almashtiriladiganlari esa 110-150% ini tashkil qiladi. Boʼlaklash texnologiyasiga rioya qilish va bunda mexanizatsiyaning samarali vositalarini qoʼllash natijasida qayta foydalaniladigan podshipniklar sonini 15…20 % ga, meʼyorda belgilangan detallarni 25% gacha, kronshteynlar sonini 10% gacha oshish imkonini beradi va tannarxning pasayishiga va mashinalarning taʼmirlash sifatining oshishiga olib keladi.

Boʼlaklash texnologik jarayoni quyidagilardan iborat: mashina agregatlarga, agregatlar uzellarga uzellar esa detallarga ajratiladi.

Taʼmirlanadigan mashinalar tashqi yuvishdan va tozalashdan soʼng mashinalarning boʼlaklash sexiga kelib tushadi va ular agregat, uzellarga boʼlaklanadi. Аgregat va uzellar esa detallarga boʼlaklash postiga uzatiladi. Boʼlaklashdan soʼng detallar tozalash va yuvish jarayonidan oʼtadi. Soʼngra ular taʼmirlanadi va mashinalarning yigʼish uchun moʼljallangan ish oʼrinlariga uzatiladi.

Ixtisoslashgan ustaxona yoki zavodlarda taʼmirlanadigan mashinalarni tozalab yuvilgandan soʼng boʼlaklash sexiga (linyasiga) tushadi, u yerda mashina agregat va uzellarga boʼlaklanadi. Soʼng mazkur agregat va uzellar yuvib tozalanadi va boʼlaklash postlariga kelib tushadi. Tozalashdan oldin, odatda agregatlar qisman boʼlaklandi, yaʼni bundan tashqi uzellar yechib olinadi. Masalan, dvigatellarni yuvish va tozalashdan oldin filterlar, suv nasos, yonilgʼi nasos, dvigatel karteri, uzatmalar qutisi va orqa koʼprik qopqoqlari yechib olinadi.

Аmmo texnologik jarayon mashinalarni boʼlaklash ketma - ketligi, yeyilish va buzilish xarakteri, taʼmirlash korxonasining jihozlanganlik darajasi hamda qabul qilingan ishlab chiqarish jarayoniga bogʼliq. Shunday qilib, joriy taʼmirlashda mashina qismini boʼlaklanadi, kapital taʼmirlashda esa mashina toʼliq boʼlaklanadi.Shuning uchun ham mashinalarni taʼmirlashda ular konstruksiyasining oʼziga xos tomonlarini xisobga olish kerak. Har bir mashina uchun boʼlaklash texnologik kartasi tuziladi.Unda mashinalarni boʼlaklash ketma-ketligi, qoʼllaniladigan asbob-uskunalr koʼrsatiladi.

Mashinaning yigʼish texnologiyasi. Mashinaning yigʼish deganda kinematik sxemalarga, texnik shartlarga va yigʼish chizmalarida beriladgan oʼlcham qiymatlariga rioya qilgan holda detallardan juftlik va uzellar, uzel va detallardan agregatlar, agregat uzel va detallardan mashina xosil qilish tushuniladi.

Yigʼish jarayoni mashinalarni taʼmirlashda eng masʼulyatli jarayon xisoblanadi. Taʼmirlangan detallardan mashina yigʼish jarayoni yigʼish elementlarining xar-xil tarkibga ega boʼlish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Mashinalar yeyilgan, ammo ishlatish uchun yaroqli taʼmirlangan va detallar guruxlaridan yigʼiladi. Demak, yigʼishda ishtirok etuvchi detallar bir xil boʼlmaydi, shuning uchun yigʼish jarayonida qoʼshimcha moslash va tekshirish ishlarini bajarish talab qilinadi.

Аyrim detallar ishlatish jarayonida har doim ham dastlabki oʼlchamlari va geometrik shakllarini saqlab qololmaydi. Bu esa, oʼz navbatida, yigʼilgan uzelning elementlari oʼzaro joylashishida bir qancha noaniqliklar hosil boʼlishiga olib keladi. Umumiy noaniqliklar miqdorini aniqlash murakkab hisob-kitoblar va tahlillarni talab qiladi. Bunda mashina yoki agregatni yigʼishdagi texnik shartlar xaqiqatda qanday bajarilishini aniqlash kerak.Buning uchun quyidagilarni aniqlash lozim.

1) ishlatish va taʼmirlash jarayonida detallarning qaysi oʼlchamlari oʼzgarishini va ularning yigʼish sifatiga qanday taʼmir qilish;

2) yigʼishda qaysi birliklar eng koʼp noaniqliklar manbai boʼlishi;

3) yigʼish jarayonida detallarni qaysi oʼlchamlarini qatʼiy nazorat qilish va detallar joiz oʼlchamlarining qiymatlarini yigʼish sifatini pasaytirmagan holda kengaytirish mumkinligini aniqlash.

Odatda, bunday masalalar mashinalarni taʼmirlash va yigʼishga oid texnik shartlarini ishlab chiquvchi ilmiy-tekshirish muassasalari tomonidan xal qilinadi.

Mashinalarining yigʼish texnologik jarayoni texnologik sxemaning tuzishdan boshlanadi. Mazkur sxema asos (baza) detalning shartli tasviri va yigʼish jarayonida qatnashuvchi tegishli detallar guruxini oʼz ichiga oladi. Dastlabki yigʼish bazasi sifatida shunday sirt yoki detalning giometrik oʼqi tanlanadiki, bu agregat va mashinaning ishga loyoqatligini taʼminlovchi detallar toʼplami mazkur sirt yoki oʼqqa nisbatan joylashtiriladi.

Yigʼish va yigʼish sifatini nazorat qilish texnologik jarayoni toʼgʼri tuzilganda uning bajarish sharoiti eng qulay boʼlishi va yigʼish ishlari nimexanizatsiyalash qoʼl mehnatini kamaytirish imkoniyati yaratilishi kerak. Mashinalarni yigʼish uchun turli koʼrinishdagi namunaviy texnolgik jarayonlar mavjuddir.

Taʼmirlash korxonasining katta-kichikligiga qarab detallarni yigʼishning toʼliq almashinuvchanlik, qisman almashinuvchanlik va yakka holda moslash usullari qoʼllaniladi.

Detallarni toʼliq almashuvchanlik usulida yigʼishda ularning oʼlchamlari juda aniq boʼlishi talab qilinadi. Bu holat ishlov berilgan yuzalar joiz oʼlchamlarning chegarasini toraytirishni talab qiladi, u esa, oʼz navbatida, taʼmirlash va detallarni tanlash jarayonidagi mexnat sarfini oshiradi.

Qisman almashinuvchanlik usulida yigʼish taʼmirlash xarajatlarini kamaytirish maqsadida olib boriladi. Bu usulda yo birikmaga birlashuvchi detallar yoki kompensatorlar qoʼllaniladi. Yigʼish sifati bu xolda, koʼp jihatdan, yigʼuvchilarning tajribasi va malakasiga bogʼliq. Bunga taʼmirlashning chuqur ixtisoslashuvi natijasida erishiladi.

Kompensator shunday detalki, u yigʼiladigan uzelning oʼlchamlari zanjirida toʼldiruvchi boʼgʼin boʼlib xizmat qiladi. Bunda kompensatorning oʼlchamini oʼzgartirish hisobiga yoki yigʼiladigan uzelda uni holatini oʼzgartirib, kerakli tirqish yoki taranglik tanlanadi va buning hisobiga detalning normal ishlashi uchun kerak boʼlgani uchun aniqlikka erishiladi.

Kompensatorlar qoʼzgʼalmas va qoʼzgʼaluvchan boʼlishi mumkin. Qoʼzgʼalmas kompensatorlarga misol qilib qistirmalar toʼplami, oraliq vtulkalar shaybalar, xalqalar va xokazolarni koʼrsatish mumkin. Qoʼzgʼaluvchan kompensatorlarga ega moslanuvchan tirgaklar, gaykalar, boltlar va boshqalar kiradi.

Аralash usulda yigʼishda bir xil oʼlchamli guruxdagi detallarni birlashtirishda shu guruxdagi eng ma’qul detallar tanlab olinadi, bunda oʼlchash aniqligi yuqoriroq boʼlgan oʼlchov asboblaridan foydalanish talab qilanadi.

Yuqori aniqlikdagi birikmalar (masalan, dizel yoqilgʼi aparatining pretsizion detallari) ni yigʼishda, guruxlarga ajratishdan tashqari, birlashadigan yuzalarni oʼzaro ishqalanib moslashishini taʼminlovchi qoʼshimchalar tanlashni xam nazarda tutish kerak. Bunday ishlov berilgandan soʼng juftlik oʼzaro almashinuvchanlikni yoʼqotadi, shuning uchun ularni bir biridan ajratmasdan yigʼish kerak.

Detallarni oʼrnatiladigan joyga yakka moslash usuli mashinaning taʼmirlangan detallari oʼzaro almashinuvchanlikni yoʼqotgan hollarda qoʼllaniladi. Yigʼishning bunday usuli yakka taʼmirlashda va ishlab chiqarish quvvati nisbatan kichik boʼlgan jamoa xoʼjaliklari ustaxonalarida qoʼllaniladi.


Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish