Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrgʼonа politexnikа instituti



Download 3,35 Mb.
bet8/58
Sana11.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#343919
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
Bog'liq
SQT. Аmaliy mashgʼulot

Defekt grafigi – bu har bir boʼgʼin boʼyicha almashtirish yoki tiklashga loyiq boʼlgan detallarning nuqsonlari koʼrsatilgan holda tuzilgan qaydnomadir. Detallarni ishlab chiqarish yoki tiklash chizmalar asosida amalga oshadi. Taʼmirlash joylar chizmalarda qalinlashgan yaxlit chiziq bilan koʼrsatiladi.

Tarmoq grafikini tuzish. Tarmoq grafigi va nazorat – bu xisoblash usullari, tashkiliy tadbir hamda nazorat usullardan iborat boʼlgan kompleks ishlardir.

Tarmoq grafigi – texnologik, vaqtinchalik va mantiqiy ketma –ketligini hamda oʼzaro bogʼliqligini belgilovchi kompleks ishlarning grafik koʼrinishidir. Tarmoq grafigi defekt qaydnomasi asosida tuziladi.

Tarmoq grafigini qoʼllanilishi natijasida taʼmirlashga sarflangan vaqt 20-30 % tejaladi. Tarmoq grafigi materiallar bilan taʼminlash tadbirlarni, ariza berish va buyurtmani rasmiylashtirish ishlarni oʼz ichiga oladi. Uni tuzishda bir qator shartli belgilar ishlatiladi. Grafik chiziqlar bilan bogʼlangan doira (yoki kvadrat) lardan iborat boʼladi. Doira bitta yoki bir necha ishni (voqeani) yakunini bildiradi. Strelkali chiziq vaqt va resurslarni talab etuvchi ishlab chiqarish jarayonini bildiradi. Barcha hodisalar raqamlanadi. Hodisalar shunday raqamlanadiki ikkinchi hodisa birinchi nisbatan past raqamga ega boʼlishi kerak. Bajarilgan ish 2 ta raqam – dastlab va keyingisi bilan belgilanadi.

Ish turli xarakterga ega boʼladi shuning uchun chiziqlar turlicha belgilanadi:

1. Ishlab chiqaruvchi mehnat jarayoni (yaʼni vaqt va mehnat talab qiluvchi xaqiqiy ish) strelkali yaxlit chiziq bilan belgilanadi.

2. Kutish vaqti – ish boʼlsa ham, mehnat sarfini talab etmaydi ammo vaqt sarflanadi (masalan, betonni qotishi, boʼyalgan yuzani qurishi va x.q.) va bu jarayon strelkali shtrixpunktir chizigʼi bilan belgilanadi.

3. Zarur boʼlgan yoki fiktiv ish – vaqt va resurs sarfini talab etmaydi ammo qaysidir ishning boshlanishi boshqa ishning natijalariga bogʼliqligini, ishlarning aniq ketma – ketligini koʼrsatadi va strelkali punktir chizigʼi bilan belgilanadi.

4. Qurilma yoki materiallarni yetkazib berilishi ham ish deb hisoblanadi.
Tarmoq grafigi quyidagilarga rioya qilgan holda tuziladi:

1. Odatda strelkaning yoʼnalishi chapdan oʼnga yoʼnaltirilgan boʼladi va gorizontal chiziq bilan tasvirlanadi.

2. Аgar ikkita voqea orasida bir necha parallel ish bajarilishi kerak boʼlsa, unda shu ishlar parallel chiziqlar bilan koʼrsatiladi. Bundan tashqari qoʼshimcha hodisa va bogʼliqliklar kiritiladi.

3. Аgar ishning bir qismining bajarilishi uchun bitta yoki bir necha ishni bajarilishi uchun shart deb belgilangan boʼlsa, unda bajarilgan ishning qismini mustaqil deb belgilab, barcha dastlabki ish esa ikki yoki bir necha ketma – ket bajarilgan ish deb qabul qilinadi.

4. Strelkalar tepasida taʼmirlashga sarf etilgan vaqt (kun-bay) koʼrsatiladi va ularning yigʼindisi ishning davomiyligini belgilaydi.

Tarmoq grafigidagi ishlarning uzluksiz ketma-ketligi yoʼl deyiladi. Dastlabki va oxirgi xodisalar orasidagi eng uzun yoʼl kritik yoʼl deyiladi. Yoʼlning uzunligi uni tashkil qiluvchi ishlarning yigʼindisiga teng.Kritik yoʼl qalin yoki ikkilangan chiziq bilan koʼrsatiladi.Kritik boʼlmagan yoʼllar kritik yoʼllarga nisbatan vaqt zaxirasiga ega.

Tarmoq grafikni tuzishda qurilmaning barcha apparatlari guruxlarga boʼlinadi.Bitta guruxga bitta etaj yoki maydonchalarda joylashgan apparatlar birligi kiradi.Xar bir gurux uchun tarmoq grafigi aloxida tuziladi. Tarmoq grafigiga qoʼshimcha jadval tuziladi va u yerda barcha ishlarning nomi, hajmi, ijrochilari va bajarish muddatlari koʼrsatiladi. Bundan tashqari har bir gurux grafigiga materiallarni yetkazib berish jadvali tuziladi.
Vazifa:

1. Аgar ishlar quyidagi operatsiyalardan iborat boʼlsa ularning qaysi biri asosiy va parallel ishlar ekanligini aniqlab ketma – ket joylashtiring va grafigini tuzing; zaglushkani oʼrnatish – lyukni ochish – apparatni tozalash – proparka qilish.

2. Quyigida koʼrsatilgan sxemadan asosiy va parallel ishlarni hamda kritik yoʼlni aniqlang

3. Quyida koʼrsatilgan sxemadan asosiy va parallel ishlarni hamda yo’llar bo’yicha ishning davomiyligini aniqlang


Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish