135
Ko‘pgina sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda
foydalanilgan tabiiy
shakllar texnologiya qonunlari va materiallar asosida ko‘rinishi o‘zgaradi. Lekin
tanib bo‘lmas darajada emas. Lekin tabiiy shakl tuzilishi qonuniyatini bilmay turib
u yoki bu shaklni tushunish mumkin emas. Atrof muhitga birinchi qarashda
material olam inson qo‘li bunyod qilgan mahsulida bionina aks etmaganday
ko‘rinsa ham, lekin amalda material olamga umuman jumladan texnika ta’siri
chuqur va mustahkamdir. Shu sababli sanoat mahsulotlari
loyihasiga aloqador
bo‘lgan har-bir inson tabiiy shakllarni jiddiy taxlil qilishi va u bilan hisoblashishi
zarur.
Bionikani badiiy konstruksiyada foydalanish tasavvurni rivojlantiradi, ijodiy
fikrlar uyg‘otadi, tabiiy qonuniyatlarni anglash, izlash va o‘ylashga majbur qiladi.
Bundan kelib chiqishicha sanoat mahsulotlari fikrlash va ishlab chiqarish
sharoitiga bog‘liq holdagina shakllanib qolmay texnikaning umumiy taraqqiy
darajasi
konstruksiyalash usullari, materiallar, texnologik imkoniyatlar ma’lum
darajada bionika ta’sirida shakllanadi. Musavvir-konstruktor o‘z ijodiy faoliyatida
bionika prinsiplardan foydalanish bilan tabiiy o‘xshashlar yordamida texnik va
estetik qonuniyatini ochib berishga harakat qilmoqda. Musavvir-konstruktor aynan
ushbu masalalarni yechish ishini bajarmoqda. Tabiiy shakllardan foydalanishga
ijodiy yondashish zarur, aksincha bo‘lsa, istalgan natija olib bo‘lmaydi.
Tabiiy
obyektni tadqiq etishdan avval, tabiatdan nimani tanlash zarur
ekanligini bilish zarur. Konstruksiyalash talablariga badiiy va tirik shaklni qayta
yaratish prinsiplarida dizayn yaratishga asoslanish zarur. Zamonaviy dizayn
yaratish muammolarini bilish va zamonaviy shakllar plastikasini
xis etish tirik
tabiatdan kerak bo‘lgan shakl va foydali funksiyalarni tanlab olishga yordam
beradi. Lekin birgina dizayn muammalari bilishnigina o‘zi tabiatda bionik
yangilikni ochish uchun yetarli emas. Organizm va muhit bir butunligini hisobga
olgan holda,
tirik tabiatni bilishi, ularni rivojlanishida qarama-qarshiliklar, shakl
hosil qilish prinsiplarini bilishi zarur.
Shakllar funksiyasidan shaklga va shakl hosil qilish qonuniyatiga - bu
dizaynerlik bionikasi asosiy ijod yo‘lidir. Ijodiy, tabiiy shakllarni o‘zlashtirish
136
jarayoni natijasida
olinadigan sanoat shakllari, bu tabiat shakli bo‘lib qolmay, bu
ilmiy texnika taraqqiyoti vositasida tabiiy shaklni sintez qilishdi. Biodizayn
ommaviy jamoat rivojlanishida alohida o‘rin tutadi. Chunki u sanoat
mahsulotlarining ishlab chiqarishini tejamkorlik bilan ratsional rivojlanishi,
muammolar yechimini
topishga yordam beradi, bu esa keng miqyosdagi
ishlab
chiqarishlarga zaxiralar kiritilayotganini anglatadi. Tabiiy shakllar haqidagi aniq
ilmiy asoslarni to‘planishi, ular qonuniyatlari yechimlarini aniqlash, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar shaklini yanada ratsional va unifikatsiyalangan
yechimlarini aniqlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: