115
Ba’zi modellarni kerak bo‘lgan rangga bo‘yaladi. Bo‘yashni
sifati yuzani
tayyorlashga bog‘liq bo‘lib, yuza bo‘yashdan oldin gruntlanadi.
Gruntlar. Gruntlarni uch turi mavjud: yelimli, yog‘li va nitrogrunt.
Yelimli gruntni tayyorlashda eng oddiysi bo‘lib, undan ko‘proq
foydalaniladi. Uni tayyorlash uchun 1 qism duradgorlik yelimiga 20 qism og‘irlik
hisobida iliq suv olinadi. Duradgorlik yelimi odatda plitkalar holatida sotiladi.
Plitkani mayda bo‘laklarga maydalab, iliq suv quyib, bir sutka turadi. Yelim yetarli
darajada bo‘kkandan so‘ng, uni qaynashga yetkazmay pishirish kerak. Yelimni
maxsus idishda bir-birini ichida bo‘lgan yelimlovchi, idishda pishirildi. Agar
maxsus idish bo‘lmasa turli o‘lchamdagi konserva
bonkasidan foydalanish
mumkin. Katta bankaga suv quyiladi. Katta bankadagi suv qaynasa yelim eriydi,
qurib ketmaydi. Yelimni tayoqcha bilan aralashtirib turish kerak. Yelim sovigach,
unga kukun holidagi bo‘r qo‘shiladi. Ushbu
pasta bilan model yoriqlari,
notekisliklariga surtiladi. Shundan so‘ng model xona haroratida yaxshilab
quritiladi, uning yuzasidan pemza yoki nojdachka qog‘ozi-
avval yirik donalisi,
so‘ng mayda donalisi bilan ortiqcha grunch olinib, silliqlanadi. Modelni quyoshda
yoki issiq pech yonida quritish yaramaydi, chunki bu modelni buzadi.
Shunday
ishlov berilgandan so‘ng model guash yoki tempera bilan bo‘yaladi. Gruntli asosni
yog‘li bo‘yoq bilan ham bo‘yash mumkin, avval aliflanadi. Yog‘li gruntni yelimli
gruntni tayyorlanadi, faqat gruntga alif yoki qaynatilgan o‘simlik yog‘i qo‘shiladi,
quyidagi proporsiyada 100 g yog‘ 1000 g gruntga. Gruntni tayyorlash uchun
jilatinli, denstrinli va boshqa navli yelimlardan foydalanish mumkin.
Shuni
unutmaslik kerakki o‘ta ortiqcha yelim qo‘shish yoriqlar va asosdan to‘kilib
ketishiga olib keladi. Nitrogruket o‘quv jarayonida deyarli qo‘llanilmaydi. U
suyultirilgichi atseton bo‘lgan nitrobo‘yoq bilan bo‘yash uchun tavsiya etiladi.
Nitroshpatlevka tepasidan suvli va yog‘li bo‘yoq bilan bo‘yash yaramaydi.
Yelimli, yog‘li va atsetonli grunt bilan har qanday modelni yog‘ochdan,
penoplastdan gruntlash mumkin. Agar modelga yaxshi ishlov berilgan, tozalangan
va silliqlangan bo‘lsa,
gruntlanmasdan turib, bo‘yash mumkin. yaltiroq va tekis
yuza hosil bo‘lishi uchun guash yoki temperagi PVA yelimi qo‘shish kerak.
116
Nazorat savollari:
1.
Qaysi
materialda nyuanslar, shakllarni uzatish mumkin: plastilindanmi yoki
penoplastdanmi?
2.
Plastilin, penoplast va loydan maket tayyorlash
jarayonida qanday asbob-
uskunalar kerak?
3.
Model va maketning farqi nimada?
4.
Hajmiy model bilan chizmaning farqi nimada?
5.
Modellarni gruntovkalash qanday usullarini bilasiz,
ular qaysi vaqtlarda
qo‘llaniladi?
6.
Qanday holatlarda maketlashda qog‘oz va kartondan foydalaniladi.