113
14 - Amaliy mashg‘ulot
Modelni penoplastdan tayyorlash.
Material va asboblar: penoplast, maxsus pichoqlar to‘plami, PVA-yelimi,
turli o‘lchamdagi pichoq o‘tkirlovchi qog‘oz.
Penoplast polimer materiallarga kiradi. Unga mexanik ishlov berish oson va
yaxshi yelimlanadi. Maketlashda penoplastning ikki turidan foydalaniladi, qattiq
naviga kiruvchi PVA-1 (sarg‘ichroq rangda va PS-1 oq rangda). Agar penoplast
zich bo‘lsa uni oddiy arra-nojovka bilan qirqish mumkin. Yumshoq bo‘lganda esa
yelektrosperal yordamida qirqiladi. Penoplastdan modellarni yaxlit, ichi bo‘sh
ko‘rinishda yasash kerak. U yaxshi yelimlanadi, silliqlanadigan qog‘oz yordamida
silliqlangan, shpatlovka bilan suvalgach, yaxshi bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: