5 – BOB. HAJMIY LOYIHALASH.
5.1. Hajmiy loyihalash bo‘yicha ma’lumot.
Har qanday sanoat ishlab chiqarish buyumini badiiy-konstruktorlik loyihasi
ustida ishlashda hajmiy loyihalash zarur.
Shu sababli badiiy sanoat modellashni barcha loyihaning ajralmas qismi deb
qaraladi. Badiiy konstruksiyalashda amalda buyum ishlab chiqarishning barcha
asosiy bosqichlarida model (maket) tayyorlanadi. Hajmiy-fazoviy buyum
murakkabligi funksional vazifasiga bog‘liq holda material va ishlab chiqarish
tehnologiyasi tanlanadi.
Sanoatning turli tarmoqlarida yangi mahsulotni loyihalash va uning alohida
etaplarini loyihalash alohida ahamiyatga ega. Shuningdek alohida joylar ushbu
jarayonda modellashda o‘rin ajratilgan. Ba’zi hollarda u loyihalashning tugallanish
etapi, boshqalarda oraliq etap, uchinchilarda esa ko‘p marotaba takrorlanadigan
bosqich hisoblanadi. Izlanish xarakteriga ega bo‘lgan model yangi buyumni
shaklini aniqlash variantlarida, loyihalashni boshlanishida tayyorlangan. Qaysi
etapda model tuzilishi, qancha miqdorda, qanday ko‘rinishda bo‘lishini muallif
yoki muallif jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalar asosida yechiladi.
Loyihalashning ma’lum bosqichlarida modellarni bajarilishi doim texnik va
estetik sifatini aniq namoyon etadi. Modellash avvaldan, ishga chizmalar tayyor
bo‘lmasdan, tajriba namunalari tayyor bo‘lmasdan, tajriba namunalari
tayyorlanmay turib hatoni aniqlaydi va bu hatoliklar ko‘pincha model bo‘lmasa,
juda kech aniqlanadi, ba’zida buyum ishlab chiqarish qo‘yilgandan so‘ng.
Buyum modeli qanday materialdan yasalmasin chizmaga nisbatan ham
yaxshiroq ko‘rgazmali qurol ro‘lini o‘ynaydi. Model bo‘yicha umumiy
ko‘rinishga, o‘lchamlarini mutanosibligi, alohida bo‘limlari va butun buyumning
plastikligi va boshqa sifatlarini aniqlash osonroq. Uncha katta bo‘lmagan buyum
modeli nafaqat estetik ko‘rsatkichi tashqi ko‘rinishini ko‘rsatib qolmay,
foydalanishda qulayligini ham aniqlaydi. Masalan, ushbu model inson qo‘li uchun
mo‘ljallangan predmetniki bo‘lsa, qo‘lga qanchalik mos tushushini aniqlash
mumkin (elektrobritva, eshik tutgichi, elektrofanar). O‘lchash kichkina bo‘lgan
107
bunday modellar tabiiyki natural kattalikda bajarilishi kerak. O‘lchami katta va
konstruksiyasi bo‘yicha murakkab bo‘lgan buyumlar modeli loyihalashning turli
bosqichlarida turli masshtabda bajariladi: umumkompozitsiyaning birinchi mayda
jamoasidan natural ko‘rinishdagi o‘lchamigacha. Masalan, tokor dastgohi yoki
frezerlash dastgohi 1:5 yoki 1:10 masshtabda bajarilishi kerak. Bir qator holatlarda
kichraytirilgan ko‘rinishda mahsulot barcha ahamiyatli sifatlari: texnik, estetik
sifatlari namoyon bo‘ladi, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan detallari. Masalan,
boshqaruv pulti alohida ishlov berilishini talab qiladi, ularni ajratib turadigan qilib,
alohida natural kattalikdagi fragment qilib ishlanadi. Iodellar o‘lchamlari haqida
so‘z ketayotgan ekan shuni takidlash kerakki, 1:2 masshtabga e’tibor qaratilmaslik
kerak. Bu inson ko‘zi qabul qilishi uchun eng aldaydigan masshtab bo‘lib, predmet
haqiqiy taassurot bermaydi. Modellarni turli xil materiallardan ishlash mumkin.
Eng qulaylari loy, plastilin, gips, penoplast, turli plastmassalar, yog‘och karton,
qog‘oz ya’ni plastik oson qirqiladigan, kesiladigan materiallar.
Hozirgi vaqtda ko‘pgina korxonalarda, konstruktorlik va badiiy-
konstruktorlik byurolarida, o‘quv muassasalarida modellar ishlab chiqish uchun
material sifatida qog‘ozdan keng foydalanilmoqda, ayniqsa izlanish ishlarida. Loy,
plastilin, penoplast va yog‘och kabi materiallar detallar shaklini aniqroq ishlash
uchun yaroqli. Ularga ishlov berish oson, plastik, lekin ko‘rsatilgan materiallardan
model tayyorlashga ko‘p vaqt ketadi, ulardan asosan yakuniy model tayyorlanadi.
Qog‘oz, karton, penoplast va plastilindan izlanish modelini bajarishda albatta
buyumning ichki konstruksiyasini hisobga olish lozim. Musavvir-konstruktor
izlanish modellari yordamida buyumning umumiy ko‘rinishi, proporsiyasi, hajmlar
nisbati foydalanishda qulayligi va nihoyat obrazlanadi. Ushbu barcha masalalar
yechilgach, ichki va tashqi konstruktsiya bog‘lanishga o‘tiladi. Masalan, chang
yutgich korpusi, elektrodvigatel, qanotchalar va boshqalardan tashkil topgan. Bular
shunday joylashtirilishi kerakki, asbob juda katta bo‘lmasligi, qulay harakatlanishi
kerak.
108
Do'stlaringiz bilan baham: |