6-sinf adabiyot
II chorak
1. “”Muqimiy bayozi”” deb nomlangan to’plam kim tomondan tuzilgan?
A. Muqimiy C. Furqat
B. G’.G’ulom D. Oybek
2. Muqimiyning ilk devoni qachon qanday nom bilan nashr etildi?
A. 1900-yil “Devoni Muqimiy” C. 1907-yilMuqimiy bayozi”
B. 1900-yil “Muqimiy bayozi”D. 1907-yil “Devoni Muqimiy”
3. ”O’zgalarga rohat-u, menga azob” misrasida qanday tasvir vositasi qo’llanilgan?
A. Qarshilantirish C. Mubolag’a
B. O’xshatish D. Sifatlash
4. Muqimiyning “”Tanobchilar”” she’riy hikoyasi mazmuniga kora qanday asar?
A. Yumoristik C. Satirik
B. Ishqiy D. Sarguzasht
5. Muqimiyning bizgacha yetib kelgan merosining umumiy hajmi, taxminan qancha?
A. 100 ming misra C. 50 ming misra
B. 10 ming misra D. Aniq emas
6. Muqimiyning “Tanobchilar” she’riy hikoyasida nima aks etgan?
A. Amaldorlar zulmidan ezilgan xalqning kulfat – azoblari
B. O’zining xastaligi
C. Toshkent taassurotlari
D. To’g’ri javob yoq
7.”Darsga kelmay qoldi tunov kun Tal’at,
Muallim urushsa, turaverdi jim ”- misralari qaysi asardan olingan?
A. A. Avloniy “Turkiy guliston” C. Oybek “O’zbekiston”
B. H.Olimjon “O’zbekiston” D. E.Vohidov ””Nido”” dostoni
8. A. Qahhorning tugallanmay qolgan qissasi qaysi?
A. “Zilzila” C. “O’tmishdan ertaklar”
B. “Sinchalak” D. To’g;ri javob yoq
9. “Bemor” hikoyasining epigrafi qaysi?
A. Otning o’limi – itning bayrami. C. Hamal keldi – amal keldi.
B. Osmon yiroq, yer qattiq. D. Salomatlik – tuman boylik.
10. “Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo’ladi. Bunday vaqtlarda yo’g’on cho’ziladi, ingichka uziladi”. Parcha qaysi asardan olingan?
A. “Bemor” hikoyasi C. “Nido” dostoni
B. “Tanobchilar” she’riy hikoyasi D. “Muzqaymoq” hikoyasi
11. A. Qahhorning “Bemor” hikoyasida bemor kim?
A. Sotiboldining xotini C. Sotiboldining qizi
B. Butun jamiyat D. A va B javoblar to’g’ri
12. Odil Yoqubovning “”Muzqaymoq”” hikoyasida qaysi davr voqealari aks etgan?
A. Birinchi jahon urushi davri C. Ikkinchi jahon urushi voqealari
B. Qatag’on davrinig dahshatlari D. Quldorlik davri azoblari
13. Otalar mavzusiga bag’ishlangan asarlar qaysi?
A. E. Vohidov “Nido”, O’. Hoshimov “Urushning so’nggi qurboni”
B. O. Yoqubov “Muzqaymoq”, E. Vohidov “Nido”
C. A. Qahhor “Bemor”, Muqimiy “Tanobchilar”
D. S. Ahmad “Sobiq”, O. Yoqubov “Muzqaymoq”
14. E. Vohidovning “O’zbegim” she’ri qaysi janrda va qachon yozilgan?
A. qasida, 1968-yil C. fahriya, 1968-yil
B. qasida, 1069-yil D. madhiya, 1969-yil
15. 1941-yilda Toshkentning Do’mbirobod mahallasida tug’ilgan adib kim?
A. E. Vohidov C. C. Ahmad
B. O’.Hoshimov D. A. Qahhor
Do'stlaringiz bilan baham: |