Mavzu : Aholining irqiy tarkibi
Reja:
1. Irq haqida tushuncha
2.Yevropoid irqiga tarif
3. Mongoloid irqiga tarif
4. Negroiad irqiga tarif
5. Aralash irq
Irqlarga umumiy tarif
Irqlar – Homos apiens turi ichidagi sistematik guruhlar. Har bir irq o’ziga xos irsiy belgilar ko’z,soch va teri rangi,yuz va bosh qutisi shakliga binoan boshqa irqlardan farq qiladi. Hozirgi odamlar 3 ta yirik irqga va aralash irqga bo’linishadi.Irqlar paleolitning so’ngi davrlarida bundan 40-30 ming yil avval odam yer yuzini egallashi bilan shakillana boshlagan.
O’sha davrda ko’pchilik irqiy belgilar moslanish xususiyatiga ega bo’lganligidan muayyan muhit sharoitida tabiiy tanlanish tufayli mustahkamlanib borgan.
Dunyo aholisining 40% ni o’z ichiga oladi. Bu katta irq hozirgi kunda 3-guruhga Shimoliy yevropoid, O’rta yevropoid , Janubiy yevropoid guruhlariga bo’linadi.
Birinchi guruh vakillarining bo’yi novcha,sochi(jingalak)sariq ,ko’k ko’zli bo’ladi.
Ikkinchi guruh vakillari esa shimoliy yevropoiddan farqi sochlari silliq, yuz-tuzilishi, gavda tuzilishida keyingi qaydlarda farq yuzaga kelmoqda.
Uchinchi guruh Shimoliy Afrika, Old Osiyo,Shimoliy Hindistonda yashovchi janibiy guruh vakillarining bo’yi novcha, terisi qorachadan kelgan,sochi qora,ko’zi qora bo’ladi.
Yevropoid irqiga tarif
Mana bu suratda Yevropoid irqining birinchi vakilini ko’rishimiz mumkin.
Bu suratda Yevropoid irqining ikkinchi vakili yani O’rta Yevropoid irqini ko’rishimiz mumkin. Bunda birinchi guruh vakilidan farqi sochi silliq, yuz tuzilishida gavda tuzilishida farq mavjud.
Mongoloid irqiga tarif.
Bu irq vakillari dunyo aholisining 20% ni o’z ichiga oladi. Mongoloid irqi ham ikki guruhga bolinadi: Osiyo va Amerika guruhlari. Osiyo guruh ichida bir-biridan farq qiluvchi tillar bor. Amerika guruhi esa Shimoliy va Janubiy tub aholisi “indetslar” kiradi. Mongoloid irqining asosiy belgilari tanasining rangi bug’doy rang, ko’zlari qisiq, yonoqlari bo’rtib chiqqan, sochlari to’gri bo’ladi. Mongoloid irqining Osiyo tarmog’I ham Shimoliy va Janubiy Mongoloid irqiga bo’linadi.
Mongoloid irqi vakillarining yuz tuzilishi
Mongoloid irqida ham tafovutlar mavjud:Bunga misol qilib aytadigan bo’lsak Janubiy Sharqiy Osiyodagi mongoloid irqi bilan Sharqiy Osiyodagi yashaydigan insonlarning tuzilishida ham farq bor Janubiy Sharqiy Osiyodagilarning bosh chanog’I Sharqiy Osiyodagilarga nisbatan uzunchoq shakilda bo’ladi.
Negroid irqi: Dunyo aholisining 10% ni tashkil etadi. Bu irq Katta ekvatoirial (negr-avstraloid) irqqa kiradi. Tanasining qoraligi,qoraligi,jingalak sochligi, burnining kengligi,lablarining qalinligi, pragnatizm (jag’suyaklarining oldinga turtib chiqishi) xosdir. Afrikada, Sahroi Kabirning jan.da tarqalgan. Negroid irqi termini bazan ekvatorial irqining sinonimi sifatida qo’llaniladi.
Negroid irqiga tarif
Negroid irqining tuzilishi
Aralash irqga Markaziy Osiyodagi xalqlarini misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. Mo’g’illar bosqinidan oldingi davrlarda tub joy xalqi Yevropoid irqiga o’xshash bo’lgan. Mo’g’illar bosib olgandan so’ng aralashib ketib Mongoloid irqining tasiri ko’proq bo’lgan bunga misol qilib aytadigan bo’lsak o’zbeklar Ural oraliq irq vakillariga kiradi.
Aralash irqga tarif
Aralash irq vakillari ham ikki guruhga bo’linadi bu Turon tipi yoki Janubiy Sibir tipi bu tipga asosan mongoloid irqi belgilari ko’proq bo’lgan, qozoqlar, qirg’izlar, qoraqolpoqlar kiradi
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |