O`zbek xalqiga xos Markaziy Osiyo ikki daryo oralig’i irqining shakllanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda shu kungacha yagona fikr yo`q edi. Bir guruh olimlar bu irq bundan 6-8 ming yil ilgari, ikkinchi gurux mutaxassislar 3 ming yil ilgari shakllangan desa, uchinchi guruh olimlari esa XVI asrda shakllandi deb hisoblar edilar. Antropologik izlanishlar natijasida mualliflar ikki daryo oralig`i irqining shakllanishi, juda boy antropologik ma`lumotlar asosida, bundan 2200-2300 yil ilgari boshlanganini isbotladilar.
Olib borilgan tadqiqotlar o`zbeklarga xos antropologik qiyofa, dastavval Sirdaryoning o’rta havzasi tumanlarida, ya`ni Toshkent va Janubiy Qozog`istonning Chimkent viloyatlarida, Yettisuv mintaqasida miloddan avvalgi 1 ming yillik oxirida shakllana boshlaganligi aniqlandi. Mil. avv. III-II asrlarda bu aholi bir necha yo`nalishda Markaziy Osiyoning markaziy va janubiy viloyatlarga kirib borgan.
Turon nomi bilan atalgan mamlakatimiz xududlarida o’troq va chorvador xayot kechirgan qadimiy avlodlar Sug`d, Xorazm, Baktr, Parkona va Tohariston nomlari astidagi vahalarda yashoganlar. Ular sharqiy yeroniy tillarga mansub sug`diy, xorazmiy, shak va tohar tillarida muloqatda bo’lganlar. Bu xalqlar janubda farsiyzabon Ajash xalqi, shimolda esa turkiy tilda suzgashuvchi utroq va chorvador xalqlar va etnik guruxlarining doimiy ta`sirida bo’lganlar. Mil. avv. 1 ming yillkning o’rtalarida va ayniqsa milodning V-VIII asrlarida shimoldagi turkiy qabilalarning Markaziy Osiyo xududlariga kirib kelish jarayoni kuchayadi. Ular mahaliy xalqlar bilan aralash-quralash yashash jarayonini o`z boshlaridan kechiradilar, bu xalqlarga til jixatdan ta`sir o`tkazib, ularning tillarini turkiylashtirib boradilar. VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyodagi turkiy aholining asosiy qismi Chust, Yettisuv, Shosh, Farg`ona vodiysi, Zarafshon va Qashqadaryo vaholarida yashaganlar. Yozma manbalarda bu xududlar VII asrda Turkiston deb nomlangan. O’troq turmush sharoitini kechirgan mahaliy xalqlar ham asosiy kasbi charvochilik bo’lgan turkiy xalqlarga o`z ta`sirini o’tkazganlar. Ammo til nuqtai nazaridan turkiy xalqlarning ta`siri shu qadar kuchli bo’lganki, arablar bosqini arafasida Movoraunnaxr va Xorazmning tub yyerli aholisi turkilashib bo’lgan edi.
O`zbek xalqining shakllanishidagi ikkinchi muhim davr bu IX-XII asr hisoblanadi. Bu davrda Markaziy Osiyoda, jumladan, O`zbekistonda hozirgi o`zbeklarga xos qiyofa mahaliy aholining asosiy qismini tashkil etadi.
X asrning oxiri va XI asr boshlarida Markaziy Osiyoning katta xududlarida Qoraxoniylar davlati keldi. Qoraxoniylar bilan birga o’lkada ko’chib kelgan bir talay qabilalar: turgashlar, ug`izlar, arg`inlar va boshqa turkiy zabon qabilalar o’lkaning sharqiy yeron va turk tillarida so’zlashuvchi aholisi tarkibini etnik jihatdan yanada boyitadi, turkiy etnik katloning ustunligini bir qador ta`minlaydi. Ana shu tariqa koraxoniylar xukironligi davrida turkiy o`zbek xalqi to`la shakllanadi, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi. Tarixchi olim Bo’riboy Axmedov qayd qilganidek: Eski o`zbek tiliga asos bo’lmish korliqchigil lahjasi rivoj topdi va yozma adabiyot darajasiga ko’tarildi. Korlik chigil lohjasi, aytish mumkin, shu o`zbek xalqining umumiy tili bo’lib qoldi (B.Axmedov. Tarixdan soboqlar T., O’qituvchi, 1994, 1999 bet). Bu holni Yusuf Xos Xojibning Qutadg`u bilig, Maxmud Koshg`ariyning Devonu mug`otit turi Ahmad Yugnakiyning Xibat ul-haqoyiq, Axmad Yassaviyning Xikmatnoma asarlari timsolida ochiq-oloydin ko’ramiz.
O`zbek xalqining shakllanishida uchinchi muhim davr XV asr oxiri va XVI asr Qipchok o`zbeklari kirib keladi va ular mahaliy aholiga o`z nomini byeradi. Shu b-n birga IX-X asrlarda elat, xalq qiyofasidagi mag`uliy belgilarning bir o`z faollashuviga olib keladi.
Shunday qilib o`zb xalqlarining etnik shakllanishi uzoq davom etgan murakkab jarayon ko’pligining guvohi bo’ldik. O`zb. xalqining asosini hozirgi O`zbekiston xududida bir necha ming yillar davomida Yashab kelgan mahaliy sug`diylar, baxtarlar, xorazmiylar, saklar, massagetlar, kang`lar va davonliklar tashkil etadi. Turli davrlarda kelgan qabilalar, elatlar va xalqlar davr o’tishi b-n mahalliy aholiga o`z ta`sirini qisman o’tkazgan. O`zbek xalqining shakllanishi jarayonining barcha bosqichlarida mahalliy aholi tashqaridan kelgan aholiga nisbatan ustun bo’lgan. Ammo kelgindi aholi mahalliy aholiga o`z tilini byerdi. Lekin antropologik nuqtai nazaridan mahalliy aholining etnik qiyofasini va tashki ko’rinishni tubdan o’zgartira olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |