Variant №6
Undirma sanoat va qurilish uchastkalaridan olinadigan renta.
Iqtisodiy manfaatlarning ta’minlanishi.
Raqobatlashish usullari: narx vositasida va narxsiz raqobat.
1.Undirma sanoat va qurilish uchastkalaridan olinadigan renta.
Undiruvchi sanoat, undirma sanoat — yer ostidan, suvdan va oʻrmonlardan har xil xom ashyolar va yoqilgʻilar olish bilan shugʻullanuvchi sanoat tarmoklari majmui. Undiruvchi sanoatning asosiy tarmoklari foydali qazilmalar (kumir, neft, gaz, slanets, torf, temir rudasi, rangli, nodir va asil metallar hamda noruda xom ashyolar) qazib olish, ovchilik, baliqchilik, dengiz hayvonlarini ovlash, dengiz mahsulotlarini yigʻish, yogʻoch tayyorlash va boshqa Undiruvchi sanoat mahsulotlari, asosan, ishlov beruvchi sanoatda qoʻllaniladi.Undiruvchi sanoat oziq-ovqat va sanoat xom ashyosi olishning muhim bazasi hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti tufayli xalq xoʻjaligida turli xil xom ashyoga boʻlgan talab muntazam oshib boradi, natijada Undiruvchi sanoatning yangi tarmoklari vujudga keladi. Undiruvchi sanoatning taraqqiyot darajasi har bir mamlakatning tabiiy, ijtimoiyiqtisodiy sharoiti bilan belgilanadi.Oʻzbekistonda Undiruvchi sanoatning barcha tarmoqlarida yirik texnika bazasi vujudga keltirilgan. Ayniqsa, mustaqillik yillarida kumir, gaz, neft qazib olish rivojlandi. Koʻpdankoʻp yangiyangi xom ashyo konlari topildi. Undiruvchi sanoat xom ashyosi bazasida yirik sanoat majmualari (mas, Olmaliq, Navoiy konmetallurgiya kombinatlari) faoliyat koʻrsatadi.
2.Iqtisodiy manfaatlarning ta’minlanishi.
Iqtisodiy manfaatlar - iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari (iqtisodiy subʼyektlar)ning uzlari tomonidan anglangan va ularni faoliyatga undovchi hayotiy ehtiyojlari, iqtisodiy faoliyatni harakatlanti-ruvchi kuch.I.m. amal qilishi doirasiga qarab individual yoki yakka; guruh.iy yoki korporativ; milliy yoki umummamlakat miqyosidagi I.m.ga boʻlinadi. I.m. tizimining asosiy boʻgʻini insonning shaxs sifatida ehtiyojlarini ifoda etadigan individual manfaatdir, xususiy manfaatdorlik birlamchi boʻlgani sababli uni amalga oshirish iqtisodiy rivojlanishga ragʻbat beradi. Guruhiy manfaat muayyan jamoaga birlashgan kishilarning umumiy manfaati boʻlib, firma doirasida bu manfaat asosida korxonani yuk-saltirish va daromadni, foydani koʻpaytirish yotadi. Foyda tadbirkorlarga tegsada, unda ishchi va xizmatchilar ham ishtirok etadi, yaʼni undan ish haqiga qoʻshimcha ravishda mukofotlar toʻlanadi. Natijada foyda guruhiy manfaat omiliga aylanadi. Milliy (davlat) I. m. muayyan mamlakatda yashovchi barcha millat va elat vakillarining umumiy iqtisodiy manfaati boʻlib, yalpi ichki mahsulot miqdori va tarkibida ifoda etiladi. Iqtisodiy barqaror oʻsish uchun jamiyatda I.m. uygʻunligi, ularning oʻzaro muvofiqligi zarurdir.
3.Raqobatlashish usullari: narx vositasida va narxsiz raqobat
.Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan pastbo‘lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini beradi.Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping narxlarni qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning nafliligi, sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |