@oqituv_chi
9-sinf biologiya .test savollari.II chorak.
1.Biologiya fani nimalarni o`rganadi?
A)jonli va jonsiz tabiatni B)tabiatdagi o`zgarishlarni D)tirik organizmlarni C)bakteriya va molekulalarni.
2.Hujayrani o`rganuvchi biologiyaning bo limi.A)mikrobiologiya B)virusologiya C)anatomiya D)sitologiya
3.Katakcha, uyacha , hujra ma’nolarini bildiruvchi biologic atama .A)Hujayra B)organ C)to`qima D)atom
4.Qaysi olim 1665 yilda daraxt po`stlog`idagi po`kak to`qimani mikroskop yordamida ko`rib hujayrani kashf etdi?A)A.Levenguk B)R.Guk C)R.Braun D)M.SHleyden
5.Hujayra yadrosini qaysi olim kashf etgan ? A)A.Levenguk B)R.Guk C)R.Braun D)M.SHleyden
6.Quyidagi organizmlardan prokariotlarni ajrating.1.zamburug` 2.g`o`za gommozi 3.lola 4.yomg`ir chuvalchangi 5.xlorokokk 6.qo`ziqorin 7.nostok 8.chinor.
A)2, 5,7 B)1,5,8 C)3,4, 6 D)1, 6,8
7. Quyidagi organizmlardan eukariotlarni ajrating.1.zamburug` 2.g`o`za gommozi 3.lola 4.yomg`ir chuvalchangi 5.xlorokokk 6.qo`ziqorin 7.nostok 8.chinor.
A)2, 5,7,8 B)1,3,5,6,8 C)3,4,5, 6,7 D)1,3, 4,6,8
8.Sitoplazmada qattiq holda uchrovchi kiritmalarnima deb ataladi?
A)orgonoidlar B)organellalar C)granulalar D)vakuolalar
9.Hujayraning qaysi qismi ozgina shikastlansa ham o`zining bir butunligini oson,va tez qayta tiklay oladi?
A)Lizosoma B) Yadro qobig`I C)Sitoplazmatik membrana D) Endoplazmatik to`r
10.Hujayra membranasining tanlab o`tkazish xossasi nima deb ataladi?
A)turgorlik B)yarim o`tkazuvchanlik C)diffuziya D)A va B javoblar
11.Qaysi organizmlar hujayralari hujayra qobig`I bilan o`raglan bo`lib bu qobiq xitinsimon moddadan iborat?
A)bakteriya B)zamburug` C)o`simlik D) hayvon
12.Hujayraning qaysi qismi “QUvvat Manbai” deb ataladi?
A)mitoxondriya B) yadro C)golji majmui D)lizosoma
13.Oqsillar tarkibida necha xil aminokislotalar uchraydi?
A)10 B)15 C)20 D)25
14.Hujayrada katalizatorlik vazifasini qanday moddalar amalga oshiradi?
A)fermentlar B)tuzlar C)gormonlar D)yog`lar
15.Uglevodlar qanday organizmlarda ko`p bo`ladi?
A) o`simlik B) hayvon D) bakteriya D)zamburug`
16.Shimpanze, Suvarak, suvqalampir .Ular uchun umumiy bo`lgan belgini belgilang.A)Hujayra qobig`I yupqa B)hujayrasida oqsil to`planadi C)xromasomalar soni bir xil D)kelib chiqish joyi bir
17.Qaysi o`simliklar urug`ida moy ko`p bo`ladi? A)kartoshka , bug`doy, suli B)zig`ir, g`o`za , soya
C)masxad, loviy, bodom D)shaftoli, qovun, handalak
18.Biopolimerlarni belgilang. 1.oqsil 2.yog` 3.uglevod 4.nuklein kislota
A)1,2,3 B)2,3,4 D)1,3,4 C)2,3,4
19.DNK molekulasida nima joylashadi? A) oqsil sintezi to`g`risidagi axborot B)monosaxaridlar C)yadro va yadrocha D)kimyoviy fermentlar.
20.Moddalarni parchalanish jarayoni qanday ataladi? A) achish B) bijg`ish C)anabalizm B)katabolizm
Do'stlaringiz bilan baham: |