2.2. Turkistonda dastlabki muzeylarning vujudga kelishi.
Turkistonda
birinchi muzey 1876-yilda ochilgan boʻlsa-da, lekin davlat tomonidan muzey
uchun bino ajratilmagan. Shunda N.A.Mayev oʻzining ipakchilik maktabidan
muzey uchun ikki xona ajratdi. Koʻp oʻtmay, muzey Statistika boʻlimi ixtiyoriga
oʻtkaziladi. Muzey ta’minoti uchun yiliga 300 soʻm ajratilganidan tashqari, ba’zi
shaxslarning moddiy yordamlari ham kelib tushgan. N.A.Mayevning yozishicha,
muzey faoliyati uchun yiliga 1600 soʻmlik mablagʻ talab etilgan
11
.
1877-yilning yanvariga kelib, muzey etnografiya, ishlab chiqarish
texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi, tabiat tarixi va arxeologiya boʻyicha 1500 dan
ortiq ashyolarga, 800 ga yaqin qadimiy tangalarga ega boʻldi
3
. Muzey tez rivojlana
boshladi. Mazkur eksponatlar asosida etnografiya-texnika, tabiat, tarixiy-
arxeologiya, numizmatika, qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tashkil topdi.
Ekspozitsiyalarning mazmuniga kelsak, uning asosiy vazifalaridan biri
Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyodagi gʻalabalarini sharaflashdan iborat boʻlib,
Turkistonni bosib olishdagi rus generallari va ofitserlarining koʻrsatgan
“jangovarligi” madh etilib, ularning sanoqsiz portretlari koʻrsatilgan edi.
ekspozitsiyalarda mahalliy tillarda izoh matnlari berilmagan, mahalliy aholi
muzeyni koʻrish va tushunish uchun qisqacha izohlarga muhtoj edi. Umuman,
mustamlaka ma’muriyati muzey ekspozitsiyalardan, hukmron metropoliya
10
Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. –Тошкент. Фан, 1981 –Б.43-48.
11
Shu kitob. –B.39.
26
gʻoyalarini targʻib qilish uchun foydalanar edi. Bu ishda rus burjuaziyasi,
savdogarlar hamda korchalonlar, mustamlaka tabiiy boyliklarini suiste’mol
qilishdagi oʻz yutuqlarini namoyish etish va shu bilan oʻz mahsulotlarini pullash
uchun reklama yaratishga harakat qilar edilar. Shunday boʻlsa-da, XIX asrda
Turkiston oʻlkasida dastlabki muzeylarning yuzaga kelishi oʻlkada madaniyatning
rivojiga qoʻshilgan hissa, deb bilsak boʻladi. Mahalliy aholining oz qismi ya’ni,
ziyolilar muzey ekspozitsiyalari bilan tanishib, oʻlkalarining oʻz tabiati, yer osti va
usti boyliklaridan namunalar koʻrib, oʻzligini anglashda biroz turtki olgan boʻlsalar
ajab emas.
Muzey predmetlari maxsus toʻplanmagan boʻlsa-da, unda qimmatbaho,
nodir va noyob buyumlarning asl nusxalari mavjud edi. Mazkur muassasaning
tashkil etilishi fanning turli tarmoqlarida foydalanish mumkin boʻlgan xilma-xil
kolleksiyalarni toʻplashni davom ettirishga turtki berdi. Natijada ekspozitsiyalarni
kengaytirish va boʻlimlarni ma’lum darajada tartibga solish uchun dastur ishlab
chiqilib, geografiya, antropologiya boʻlimlari ajratildi, texnika, sanoat va
etnografiya boʻlimlariga boʻlindi.
Muzey Nizomi tasdiqlandi va unda muzey ixtisosligi vazifasi, ish koʻlami
belgilab berildi. Dastlab muzeyni besh kishidan iborat nazorat komiteti boshqardi.
Nizomga muvofiq muzeyga geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya,
arxeologiya, numizmatika, sanoat va qishloq xoʻjaligi boʻyicha eksponatlar
toʻplash va saqlash huquqi berildi. Mazkur Nizomda: “Muzey ommaning Oʻrta
Osiyo oʻlkasi bilan tanishuvi va toʻplangan materiallarni olimlar oʻz sohalari
boʻyicha oʻrganishlari uchun ochildi”, – deyilgan edi
12
. Lekin muzey bu talabga
toʻliq javob bera olmas edi, chunki eksponatlarning bir-biriga aloqasi yoʻq alohida
kolleksiyalardan iborat edi. Nizomning bu bandidan muzey tashkilotchilari, uning
vazifasini ilmiy-ma’naviy muassasa sifatida belgilaganlarini bilib olish mumkin.
Albatta, oʻz davri uchun Turkistonda tashkil etilgan birinchi muzeyning ahamiyati
katta edi. Undagi kolleksiya toʻplamlari va ekspozitsiyaning sifati hamda koʻlami
yillar oʻtib oʻsib bordi.
12
Курязова Д.Т. Ўзбекистонда музей иши тарихи. –Тошкент:Санъат, 2010. –Б.8.
27
Olimlarning fikricha, 1876-1880 - yillar Toshkent muzeyi faoliyatining
muhim bosqichi boʻldi. Shu yillarda numizmatika, etnografiya boʻlimlari boy
kolleksiyalar bilan toʻldirildi.
Rossiya imperiyasining davlat siyosatidagi ayrim islohotlari natijasida
1883-yili muzey xalq kutubxonasiga qoʻshib yuborildi. Asosiy mablagʻ
kutubxonaga ajratiladi. General-gubernatorlik mahkamasi ixtiyoriga oʻtgan
muzeyga yangi tayinlangan rahbarlarning aksariyati yetarli malakaga ega
boʻlmaganligi, muzey ishining nozik jihatlarini tushunmasligi unga in`om etilgan
osori-atiqalarning yoʻqolib ketishiga olib keldi. Muzey binosining eksponatlarni
saqlash va ta’mirlash uchun moʻljallanmaganligi, maydonining torligi buyumlarni
turkumlash, ularni tartibli joylashtirish imkonini bermay qoʻydi. Yaroqsiz holga
kelib qolgan muzeyning binosi doimiy ta’mirlashni talab etar, buning uchun esa
mablagʻ yetishmas edi. Natijada muzey koʻpincha yopiq boʻlar va qiziquvchilarni
doim qabul qila olmasdi.
Zarur mablagʻ va sharoitning yetishmasligi muzey fondi materiallarini
ta’mirlash, pasportlashtirish imkonini bermadi. Zoologiya boʻlimidagi qimmatbaho
kolleksiyalar nobud boʻlishiga sabab boʻldi. Turli hayvonlarning hoʻl preparatlarini
saqlab qolish uchun zarur boʻlgan spirtning yoʻqligi tufayli bu kolleksiyadan 1883-
yili voz kechishga toʻgʻri keldi.
Muzey kolleksiyalarining tez-tez koʻchirilishi hamda oʻgʻirlanishi
natijasida u jiddiy zarar koʻrsa ham fidoyilar sa’y-harakatlari tufayli fondlar
doimiy ravishda boyitib borildi. Toshkent muzeyi 1884-yilga kelib gerbariy,
numizmatika toʻplami Samarqand kolleksiyalaridan tashqari 3000 ta turli buyum-
ashyolarga ega edi. Oradan yana ikki yil oʻtib, eksponatlar soni 4000 dan oshib
ketdi.
Samarqandda birinchi muzey oʻz faoliyatini 1896-yil iyul oyida boshladi.
Muzey Georgiyev cherkov uyi xonalaridan birida joylashdi. Koʻrgazmada dastlab
qishloq xoʻjaligi qurollari asosiy oʻrinni egallaydi. Shuningdek, keng koʻlamda
boʻlmasa-da, muzeyda arxeologiya, etnografiya va numizmatika kolleksiyalari ham
28
namoyish etiladi. Devorlarda mahalliy aholi maishiy turmushi, urf-odatlarini
ifodalovchi yuzdan ortiq fotosurat osib qoʻyiladi.
Keyinchalik muzeyning arxeologiya boʻlimi qazilma ishlari paytida
arxeolog V.L.Vyatkin, V.V.Bartold tomonidan topilgan buyumlar bilan tezda
boyib ketdi. Topilmalar orasida Somoniylar saroyining devorlariga mansub
qoplama boʻlaklari oʻz mohiyati bilan alohida ahamiyat kasb etgan. Viloyat
ma’muriyati muzey uchun har yili 300-400 soʻm ajratar edi. Ammo muzeyning
torligi ish va namoyish koʻlamlarini kengaytirish imkoniyatini bermasdi. Shu
munosabat bilan Samarqand muzeyi uchun bino qurish masalasi 1901- yili
koʻtarilsa-da, masala hal etilmay qogʻozda qolib ketdi
13
.
Fargʻona muzeyining ochilishiga sabab, 1894-yili Yangi Margʻilon
shahriga qishloq xoʻjaligi va davlat mulki ministri keladigan boʻlib qoladi. Ana shu
tashrif munosabati bilan Fargʻonada birinchi marta sanoat va qishloq xoʻjaligi
koʻrgazmasi tashkil etiladi. Xuddi oʻsha paytda mazkur koʻrgazma eksponatlari
asosida muzey barpo etish fikri tugʻilib qolib, keyinchalik bu gʻoya amalga
oshiriladi. Muzey eksponatlari koʻrgazmaning qishloq xoʻjaligi va oʻrmonchilik
boʻlimlaridagi uskunalardan, qurol-yarogʻlardan, shuningdek, xususiy majmualar:
vrach L.I.Smirnovning etnografiyaga, kapitan N.P.Danilovning mineralogiyaga,
turli shaxslarning numizmatikaga, K.F.Mauyerning zoologiyaga, injener
A.G.Serebrennikovning mahalliy qurilish materiallariga oid va boshqa
kolleksiyalaridan tashkil topdi. Muzey 1899-yili rasmiy ravishda Fargʻona xalq
muzeyi nomini oldi
14
.
Asta-sekin muzeylar boshqa shaharlarda ham ochila boshlaydi. Nijniy
Novgorodda 1896-yildagi koʻrgazmaga yuborilgan kolleksiyalar qaytarilgandan
soʻng 1899-yili uning asosida Ashxobod muzeyi tashkil etiladi. 1902–1904-yillari
uning uchun yangi bino ham quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |