Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi oybek klichev



Download 6,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/86
Sana28.06.2022
Hajmi6,16 Mb.
#714910
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86
Bog'liq
fayl 1867 20210920 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


22 
2- mavzu: Oʻzbekistonda muzey ishi tarixi 
Reja: 
2.1.
Chor Rossiyasi bosqini davrida madaniy boyliklarning tashib ketilishi 
va muzey ishi.
2.2.
Turkistonda dastlabki muzeylarning vujudga kelishi.
2.3.
Muzeylarni tashkil etilishida ilmiy jamiyatlar va kolleksionerlarning 
roli. 
Tayanch soʻz va iboralar:
ilmiy jamiyat, muzey, kutubxona, general 
gubernator, Turkiston, Peterburg, Nizom, numizmatika, etnografiya, geografiya, 
antropologiya, arxeologiya, boʻlim, kolleksiya, kolleksioner, oʻlkashunos. 
2.1. Chor Rossiyasi bosqini davrida madaniy boyliklarning tashib 
ketilishi va muzey ishi.
Rossiya imperiyasining mahalliy aholini oʻrganish 
jarayoni ayniqsa, XIX asrga kelib juda avj oldi. Peterburgdagi Osiyo muzeyining 
direktori, sharqshunos olim X.D.Fren 1834-yil Oʻrta Osiyodan izlab topilishi 
mumkin boʻlgan sharq mualliflariga mansub “Yuz asarning xronologik roʻyxati”ni 
tuzib chiqdi
9
. Orenburg bojxonasiga savdogarlarni joʻnatish va koʻrsatilgan 
qoʻlyozmalarni Peterburgga yuborish haqida farmoyish berildi. Bu vazifa 
buyurganidan ham a’lo darajada bajarilib, Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari tarixi, 
geografiyasiga doir qimmatli qoʻlyozmalar Peterburgga oqib kela boshladi. Bu 
Oʻrta Osiyodan moddiy va ma’naviy yodgorliklar olib kelinishining birinchi 
bosqichi edi. Shu davrdayoq Yevropa davlatlari va Rossiyaning podsho saroylari 
kutubxonalarida Turkiston yodgorliklari paydo boʻla boshladi. 1853-yili rus 
qoʻshinlari tomonidan Oq masjid qal`asining qoʻlga kiritilishi paytida moddiy va 
ma’naviy xazinalarimiz rus qoʻshini tomonidan talandi. 1869-yildan rejali oʻlja 
yigʻish choralari ishlab chiqildi. Soldat – ofitserlar qoʻllariga Peterburgda yozilgan 
tavsiyanoma berilib qanday narsalarga ahamiyat berishlari koʻrsatilgan edi. Asosiy 
maqsad: Turkiston shaharlari va xonliklardan qoʻlyozmalar, hujjatlar, tanga, muhr, 
9
Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. –Б.33.


23 
amaliy san’atnamunalari, osori-atiqalar, mahalliy hunarmandlarning ijod 
mahsullari, gilamlar, mis oʻymakorligi buyumlari, nodir egar-jabduqlar, zargarlik 
buyumlari, ayniqsa, soplari dur va gavhar toshlari bilan bezatilgan qimmatbaho 
metallardan yasalgan qilich, xanjar, pichoqlar va boshqa buyumlar Peterburgdagi 
muzey hamda kutubxonalarga joʻnatilishi kerak edi. 
Madaniy va ma’naviy yodgorliklarni ilmiy asosda yigʻish 1873-yili Xiva 
xonligiga yurish oldidan juda mukammal tashkil qilindi. Bu ishga Peterburgdagi 
rus geografiya jamiyati bosh-qosh boʻldi. Yirik sharqshunos olim P.I.Lerx 
xonlikda nimalarga e’tibor berish va yigʻish haqida mukammal dastur ishlab chiqib 
Turkistonga yubordi. Dastur, ya’ni “Koʻrsatma” tipografiya yoʻli bilan nashr 
qilinib soldat va ofitserlarga tarqatildi. “Koʻrsatma”ning maxsus boʻlimida arxiv 
hujjatlari, tilla, kumush tangalar va qoʻlyozma kitoblarni yigʻish alohida qayd 
etildi. Yana koʻrsatiladiki, yuqoridagi yodgorliklar, qozixonalar, masjid-madrasa 
va xonadonlardan olinsin. Bu yerlarda Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy va 
boshqa mutaffakkirlarning qoʻlyozmalari boʻlishi shartligi koʻrsatiladi. Yozilgan 
qoʻlyozma va osori-atiqa buyumlarini Peterburgga joʻnatish Turkiston general-
gubernatorining faxriy maslahatchisi sharqshunos olim A.L.Kun zimmasiga 
ma’muriy yoʻl bilan yuklatiladi. Koʻrsatmada soldat va ofitserlarni ragʻbatlantirish 
yoʻllari ham koʻrsatiladi.
Buxoro bilan Xiva – Rossiya imperiyasining tobe xonliklari boʻlib 
qolgandan keyin oʻlkada yarim podsho Turkiston general-gubernator boʻlib, u 
cheklanmagan vakolatga ega edi. Endi yangi vazifa Oʻrta Osiyoning ulkan 
hududini oʻzlashtirish, uni Rossiya imperiyasining Sharqdagi istehkomiga, boyish 
manbaiga aylantirish, oʻlkani mukammal oʻrganish, ya’ni uning yer osti va yer usti 
boyliklarini, oʻsimlik va hayvonot olamini, tarixini, etnografiyasini oʻrganish zarur 
edi. Bu borada katta dastur ishlab chiqildi: unda Turkistonning qadimgi tarixi, 
moddiy va ma’naviy yodgorliklari, geografiyasi, yer osti va yer usti boyliklari, 
tabiati, hayvonot dunyosi, urf-odatlari, hayot tarzini keng koʻlamda oʻrganish
hamda oʻzlashtirish moʻljallangan edi. Shu maqsadda general-gubernator huzurida 
faxriy maslahatchilar shtati tashkil etildi va bu lavozimlarga sharq tarixi 


24 
bilimdonlari jalb etildi. Peterburgdan sharqshunos olimlar Oʻrta Osiyoga doimiy va 
uzoq muddatli ekspeditsiyalarga kelib mahalliy kolleksionerlar va sharqshunoslar 
yordamida har taraflama tekshirish oʻtkazar edilar. Ular ishni arxeologik 
qazilmalar hamda betakror maqbara va madrasalardan boshlar edilar. Bu ishlarning 
natijasi oʻlaroq, ular ixtiyorida qadimiy nodir yodgorliklar, qimmatli manbalar 
toʻplanardi. 
Bu noyob manbalar Peterburg muzey va kutubxonalariga joʻnatiladi. Ular 
Peterburgning hamma shaharlariga general-gubernator vakolati bilan borib xon 
saroylari, 
madrasalar, 
masjidlar, 
qozixona 
va 
savdogarlarning 
shaxsiy 
kolleksiyalarini, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni, qadimiy nodir 
qoʻlyozmalarni izchil ravishda qoʻlga kiritib, saralab Peterburgdagi arxeologiya 
komissiyasiga, Osiyo muzeyiga va Imperator kutubxonasiga uzluksiz joʻnatib 
turdilar. Bulardan tashqari shu maqsad yoʻlida 1867-yildan to 1917-yilgacha 
Turkistonda 15 dan ortiq ilmiy jamiyat va toʻgaraklar ishlab turgan. 1895-yilda 
Toshkentda arxeolog, etnograf va antropologlar toʻgaragi tashkil etilib, unga 
Nikolay Petrovich Ostroumov boshchilik qildi. Toʻgarakning asosiy vazifasi - 
oʻlkaning boy madaniyati va tarixini oʻzida mujassamlashtirgan yodgorliklarni 
toʻplash hamda oʻrganish boʻldi. Bu ish Peterburgdagi imperator arxeologlar 
jamiyati bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan edi. Toʻgarak toʻplagan ashyolar 
haqida markazga axborot berib turar va markazdagilarning tavsiyasi bilan qoʻlga 
kiritilgan ashyolarni Peterburgga joʻnatar edi.
Oʻrta Osiyoni oʻz mustamlaka mulki deb bilgan chorizm beqiyos 
boyliklarni oʻzlashtirish uchun Turkistonni ilmiy asosda oʻrganish zarurligini 
yaxshi tushunardi. Ilmiy jamiyatlar, Turkiston oʻlkasining tadqiqotchi olimlari, 
ayrim shaxslar, ayrim muassasalar oʻz fondlarini Turkiston oʻlkasi mineralogiyasi, 
zoologiyasi, numizmatikasi, etnografiyasi, flora va fauna dunyosiga oid ajoyib 
kolleksiyalar bilan toʻldirib oldilar. Shu munosabat bilan tarqoq kolleksiyalarni 
birlashtirish va ularni Peterburgga joʻnatish uchun saralash markazi lozim boʻlib 
qoldi. Buning uchun eng qulay Markaz muzey hisoblanib, oʻlkada muzey tashkil 
etish masalasi koʻtarildi. Jumladan, A.P.Fedchenko Turkiston general-


25 
gubernatoriga tayyorlagan axborotida “Turkistonni muvaffaqiyatli rivojlantirish 
uchun u bilan asosli ravishda tanishib chiqish kerak, muzey esa buning eng yaxshi 
vositasidir” – deb yozgan edi. 
Shunday qilib, A.P.Fedchenko, I.V.Mushketov, V.F.Oshanin, V.V.Bartold 
va boshqalar Turkistonda muzeylar qurilishining tashabbuskorlari boʻldilar. 1876- 
yil birinchi boʻlib Toshkent muzeyi (hozirgi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi) 
ochildi. Shu paytdan e’tiboran, Oʻrta Osiyoda bosh muzeyning mavjudligi rasman 
tan olindi. 1896- yili Samarqand, 1898-yili Yettisuv, 1899-yili Fargʻona va 
Kaspiyorti (Ashxobod) oʻlka muzeylari barpo etildi
10
.

Download 6,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish