O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi


KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi



Download 246,73 Kb.
bet2/18
Sana21.05.2022
Hajmi246,73 Kb.
#606553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
dilnora

KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol qo‘llanilmoqda. iqtisodiyot, bank, xizmat sektori, shuningdek ta’lim jarayonini ham tez sur’atlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatda yashayotgan barcha fuqarolar, jumladan yosh bolalardan tortib nafaqaxo‘rlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha muammolarni hal qilish mumkin degan fikr shakllanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida quyidagilarni ta’kidladi: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi”. [1]
“Raqamli” atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma’lumotlar bo‘ladi. Ularning tahlilidan so‘ng esa to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha yechim ishlab chiqiladi.
Raqamli ta'lim – modaning o‘zigina emas. Ilovalar bolaga tezroq va osonroq o‘qish va vazifalarni yechish imkonini beradi. Amerikalik tadqiqotchilar uch yil davomida onlayn tarzda o‘qigan 2300 nafar o‘quvchini tadqiq qilishdi. Ular odatiy darslarda bolalar ma'lumotning bor-yo‘g‘i 5 foizini, ta'lim beruvchi saytlar orqali esa - uch marta ko‘prog‘ini eslab qolishlarini aniqlashdi.
Koronavirus pandemiyasi ko‘p sohalarda insonlar hayot tarzini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Hatto konservativ soha hisoblanadigan ta’lim tizimini ham yangi sharoitlarga tezkor moslashishga va o‘zgacha tartib-qoidalar bo‘yicha ish olib borishga majbur qildi.
Uning ta’siri, ayniqsa, ta’limda yaqqol ko‘rinmoqda. Barcha, xususan, ta’lim oluvchi ham ta’lim beruvchi ham karantin holatida. Jonli, yuzma-yuz dars berish ko‘nikmalariga o‘rgangan o‘qituvchilarimiz bu vaziyatda bir oz sarosimaga ham tushgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak?
Birinchi galda, hozirgi holatni ijobiy yo‘nalishga solish va ushbu vaziyatni bir imkoniyat sifatida qabul qilishi kerak. Boisi, ta’lim ekspertlarining xulosalariga qaraganda koronavirus pandemiyasidan so‘ng ta’limning rivojlanish yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqiladi; ta’limning yangi davri – raqamli ta’lim davri boshlanadi. Raqamli ta’lim masofa va makon to‘siqlarini olib tashladi.
Barcha ta’lim turlari orqali boshlang‘ich ta’limda ham raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va bu orqali o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishning yangi yo‘llarini izlab topish har bir o‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qoldi. Ushbu fikrlardan kelib chiqib bitiruv malakaviy ish mavzusini “Raqamli ta’lim – boshlang‘ich ta’lim-tarbiya jarayonida samaradorlik omili” deb tanlab olindi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi. Mavzuga oid ilmiy pedagogik ishlarning tahlili natijasida Mamlakatimizda raqamli ta’lim, masofafiy ta’limni tashkil etish va uning amaliyotga tatbiqi muammosi alohida tadqiqot ob’ekti sifatida qator olimlar tomomnidan o‘rganilmoqda. Xususan, Abduqodirov A.A.masofali o‘qitish kurslarining model va shakllari, respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida masofadan o‘qitishni joriy qilishning istiqbollarini tadqiq etganlar.Lutfullayev M.X. Multimediali multimediali darsliklar asosida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish muammolari bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, Olimov Q.T. maxsus fanlardan o‘quv adabiyotlari yangi avlodini yaratishning nazariy-metodik asoslarini ochib bergan.
Tadqiqot maqsadi. Raqamli ta’lim – boshlang‘ich ta’lim-tarbiya jarayonida samaradorlik omili ekanligini asoslash.
Tadqiqot obekti.boshlang‘ich o‘quv-tarbiya jarayonida raqamli ta’limni tadbiq etish jarayoni.
Tadqiqod predmeti. Boshlang'ich sinf darslarida raqamli ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning samaradorligini isbotlashdan iborat.
Tadqiqod vazifalari.
- raqamli ta’lim tushunchasining mazmun-mohiyati ochib berish;
- boshlang‘ich ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llashdagi muhim tendensiyalar va muammolarni aniqlash;
- boshlang‘ich sinf darslarida raqamli ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning shakl va metodlarini bayon etish;
- boshlang‘ich sinf darslarini raqamli ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etishda samaradorlikka erishish imkoniyatlarini izlab topish.
Tadqiqod metodlari: Mavzuga oid pedagogik, psixologik, metodik adabiyotlarni o‘rganib tahlil qilish, suhbat, kuzatish, anketa- so‘rovnomalar, ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, pedagogik tajriba, taqqoslash.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Talim tog‘risida” gi Qonun, Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi, metodist psixolog, didakt olimlarning muammo yuzasidan qayd etgan qarashlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. Boshlang‘ich o‘quv-tarbiya jarayonida raqamli ta’lim texnologiyalardan foydalanish yo‘llari va uni samaradorlik omili aniqlandi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-amaliy ahamiyati. Boshlang‘ich o‘quv-tarbiya jarayonida raqamli ta’lim texnologiyalarini amaliyotga tadbiq etishning pedagogik-psixologik sabablari aniqlandi va nazariy jihatdan asoslandi.
Boshlang‘ich o‘quv-tarbiya jarayonida raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish borasida dars loyihalari ishlab chiqildi.

Download 246,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish