Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: Bitiruv malakaviy ishi: kirish, 2 bob, 5 band, xulosa qismlardan iborat bo‘lib, unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muloqotchanlik ko‘nikmasini shakllantirish masalasi yoritiladi.
I BOB
ZAMONAVIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
Raqamli ta’lim tushunchasining mazmun-mohiyati
Hozirgi sharoitda O’zbekistonning barcha uzluksiz ta’lim tizimi qaysi yo‘ldan ketishi to‘g‘risida bir qator savollar turibdi. Xususan, u hozirgi an’anaviy tizimni rivojlantirilgan bosqichiga o‘tadimi yoki raqamli ta’lim tizimiga o‘tadimi? Savollar ko‘p. Ushbu savollarga qaramasdan ta’lim tizimida hech qachon o‘zgarmaydigan asos ustunlar mavjud. Bu “ta’lim oluvchi” va “ta’lim beruvchi” ya’ni “talaba” va “o‘qituvchi”dir. Agar ta’limda ana shu ikki tomonning dunyo qarashini o‘zgartira olsak, ya’ni talabani mustaqil ta’lim olishga, bilim olish yo‘llarni mustaqil izlashga, o‘qituvchini esa yangi bilimlar bilan raqamli texnologiyalar asosida qurollantirib talabaga bilim olish yo‘llarini o‘rgatishini yo‘lga qo‘ya olsak, ta’lim tizimi qaysi shaklga o‘tishidan qat’iy nazar ta’limda sifat paydo bo‘ladi. Ana shu masala mamlakatimiz ta’lim tizimining eng og‘riqli va zaif nuqtasi hisoblanadi.
Bu masalalar bo‘yicha oliy ta’lim tizimi dunyoning yetakchi universitetlaridan o‘rganadigan, o‘zlashtiradigan jihatlar nihoyatda ko‘p. Ta’lim tizimi rivojlangan dunyoning qator davlatlarida muayyan kurs bo‘yicha darslar Google Classroom platformasidan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.
Odatda, keng omma “Google” tizimini asosan qidiruv va elektron tarjimon sifatida taniydi. Biroq ushbu tizimning ilm-fan, ta’lim uchun foydali imkoniyatlari nihoyatda keng.
“Google” tizimi ta’limdagi masofa va makon tushunchasini yo‘qqa chiqaradi. Sababi uning dasturlari dunyoning qay chekkasida bo‘lmasin talaba va pedagogni bir vaqtda ishlash imkoniyatini yaratadi. Bu uchun “gmail”dan elektron pochta ochishning o‘zi kifoya qiladi. “Google classroom”, “Google doc”, “Google disk” dasturlari bunda yordamga keladi.
“Google classroom”- dasturi sinfxona vazifasini bajaradi. Bunda pedagog talabalarni ro‘yxatini tayyorlash, vazifa berish, topshiriq bajarilishi muddatini belgilash, baholash, fanga oid qo‘shimcha ma’lumot berish, turli xil mavzuga doir bahslar uyushtirish va talabalar fikrini bilishga erishishi mumkin.
“Google doc” dasturi talabalarni maqola, kurs ishi, bitiruv-malakaviy ishi, tadqiqot ishi, ilmiy loyiha tayyorlashda ko‘mak beradi. Bunda talaba “Google doc” dasturida elektron hujjat yaratadi va ilmiy rahbari bilan “gmail” orqali aloqaga chiqadi. Ushbu dasturning imkoniyati shundaki, bir paytning o‘zida ham talaba, ham pedagog tahrir qilish, qo‘shimchalar kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hammualliflikda ilmiy maqolalar yozishda ham juda qo‘l keladi. Ayniqsa, hozirgi kezda chet ellik hamkorlar bilan yoxud ilmiy rahbar bilan bevosita ko‘rishish imkoniyati cheklangan sharoitda bu dastur katta qulaylik yaratadi.
“Google disk” dasturi ma’lumot saqlash uchun xizmat qiladi. Dastur katta hajmdagi ma’lumotni saqlash imkoniyatiga ega. Bu dastur barchaga birdek qulay. Foydalanuvchilar yozilgan matnlarni yo‘qotish va og‘ir kitoblarni ko‘tarib yurishdan ozod qiladi. Kutubxonada ishlab turib kerakli ma’lumotlar “Google disk”da saqlanadi va zarurat tug‘ilganda istalgan yerdan internet vositasida yuklab olish mumkin buladi.
Yuqorida keltirilgan barcha dasturlardan foydalanilgandan so‘ng, talabalarni amalga oshirgan vazifalarining natijasini “E-Portfolio” sahifasida ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
“E-Portfolio” ham “Google” imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yaratiladi. “Google”da veb-sayt yaratish dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, u juda qulay. Hozirgi informatsion texnologiyalar rivojlanib, jadallashib borayotgan bir paytda, har bir shaxs o‘zining har sohadagi fikrlari, qarashlari va yutuqlarini o‘rtoqlashish maqsadida shu turdagi “E-Portfolio” yaratsa, uning ilmiy, ijtimoiy, falsafiy faoliyatidan barcha birdek bahramand bo‘lishi mumkin.
Shu o‘rinda yozuvchi, qator ta’limiy saytlar muallifi Mark Prenskining “Digital Natives, Digital Immigrants” (“Raqamli dunyo sohiblari, raqamli dunyo muhojirlari”) nomli maqolasida bugungi kun talabalariga quyidagi ta’rifni beradi: “Hozirda talabalarimiz batamom o‘zgargan. Zamonaviy talabalar endilikda biz ishlab chiqqan ta’lim tizimimizga ko‘ra o‘qitiladigan kishilar emas”. Maqolada bugunning talabalari “Digital Natives” – “Raqamli dunyo sohiblari”– bugungi kunda kompyuter, video o‘yinlari va internetning raqamli tilida o‘z ona tiliday so‘zlashuvchi yoshlar sifatida ta’rif beriladi. Ta’lim sohasi vakillari o‘qituvchilarga esa “Digital Immigrants” – “raqamli dunyo muhojirlari” – raqamli, elektron dunyoga moslashayotgan, yangi texnologiyalarning ko‘pgina qirralarini endi qabul qilayotgan kishilar sifatida baho beriladi.
Shu jihatdan, o‘qituvchilar talabalardan bu yo‘nalishda bir oz ortdamiz. Yuqorida yolg‘iz Google Classroom ta’lim platformasining imkoniyatlari haqida to‘xtaldik. Bu singari katta imkoniyatlarga ega raqamli ta’lim platformalari o‘nlab topiladi. Siz ulardan istaganingiz orqali o‘qitishni yo‘lga qo‘yishingiz mumkin.
Umuman, hozirgi kezlarda ta’lim tizimi vakillari o‘zlari bilmagan holda katta tarixiy missiyani bajarishmoqda. Shu kunga qadar ko‘p gapirganimiz masofaviy, raqamli ta’limning O’zbekiston oliy ta’limi tizimidagi haqiqiy poydevori ana endi qo‘yilmoqda. Qaysidir o‘qituvchi telegramm messenjeri orqali guruh ochib, yana biri internetda Zoom dasturi orqali, boshqasi esa raqamli ta’limiy dasturlar orqali dars o‘tishni boshlab yuborishgan. Kelajakda bu kunlar mamlakatimiz ta’limi tarixida raqamli ta’limning tug‘ilgan kuni sifatida o‘rin olishiga ishonamiz.
Agar ta‟lim sifatini ko‟tarsak, yaqin kelajakda bu o‟z mevasini bermasdan qolmaydi. Buning turli-tuman yo‟llari mavjud. Rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalanib, milliyligimizdan cheklashmagan holatda o‟zimizning ta‟lim berish jarayonimizni takomillashtirishimiz zarur. Buning zaruriy shartlaridan biri - ta‟lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish.
2017-yilda axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan mamlakatimiz hududlarida 2300 km optik tolali a‟loqa tarmoqlari qurilib, 5,7 mln dollar mablag jalb etildi. Bu o‟z navbatida oliy ta‟lim muassasalari moddiy texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga hizmat qiladi. Raqamli texnologiyalar asl mazmuni o‟zi nima?
“Texnologiya” so‟zi yunoncha “techne”-san‟at, mahorat va “logos”- ta‟limot so‟zlaridan olingan bo‟lib, san‟at haqidagi fan, ta‟limot degan ma‟noni bildiradi. Kompyuter xotirasi - bu, maxsus elektron yacheykalar to‟plami bo‟lib, ularning har biri nol va birlar kombinatsiyasidan iborat bir axborot saqlab qoladi.[2] Aynan shu sababli ham bu turdagi texnologiyalar raqamli texnologiyalar deb ataladi. Kompyuterning asosini tashkil etishi bilan bir qatorda raqamli texnologiyalar zamonaviy hayot asosi bo‟lgan Internetning o‟zagi hisoblanadi.
Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko‟rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‟idir. Uning nomi “tarmoqlararo” degan ma‟noni bildiradi.[3] Dars jarayonida aynan intenetni kiritsak qanday bo‟ladi? WiFi orqali har qanday kerakli ma‟lumotni tezda qidirib topish bilan birga, guruhda turli munozaralar olib borish imkoni bor. Bundan tashqari Internetdagi “Imo” programmasi orqali dunyoning istalgan yerida turgan xorij professori, talabasi qo‟yingki istalgan insoni bilan fikr almashiladi. Masofali o‟qitishda foydalaniladigan axborot texnologiyalari quyidagi uchta guruhga bo‟lish mumkin.
*Ta’lim axborotlarini taqdim etish
*Ta’lim axborotlarini uzatish
*Ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash
Ular birgalikda masofali o‘qitish texnologiyalarini tashkil etadi.Vaqt o‘tib raqamli texnologiyalar rivojlanib borib to hozirgi holatga yetib keldi. Bunday bir vaziyatda raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas bir bo‟lagi bo‟lib qoldi.
Ta‟limda kompyuter texnologiyasini qo‘llash quyidagilar am alga oshirishga imkon
beradi: talaba-yoshlarni bilim olishini faollashtiradi;
*o‘qitishning mazmunini boyitadi, bilim olishni shaxsiylashtiradi;
*talabalarning bilimlarini modellashtirishga va mustaqillikka o‘rgatadi;
*har qanday o‘quv vositalaridan kompleks foydalanishga ko‘niktiradi;
* kompyuter yordami bilan o‘z bilimlarini tekshirishga, yo‘l qo‘ygan xatolarni aniqlashga va ularni yo‘qotish yo‘llarini qidirishga o‘rgatadi va boshqalar.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki qaysi mamlakat ta’limga katta e’tibor bersa, unda albatta iqtisodiy yuksalish shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Ma'lumki, har jabxada rivojlanib kelayotgan go'zal va betakror O'zbekistonimizda ham aniq va tabiiy fanlarning o'qitilishida oliy va umumiy o'rta ta'lim muassasalarini moddiy texnika bazasini yangilash, shuningdek, oliy ta'lim muassasalari o'quv jarayoniga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va “Elektron ta'lim” tadbiqi 2020-2025 yillarda innovatsion rivojlanishning kelajak traektoriyasi va texnologik yo'l xaritasini ishlabchiqish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa xalqimizning xususan ilmga chanqoq bo'lgan talaba yoshlaring turmush darajasini yahshilash va yetuk mutaxasis bolib yetishishi uchun ustuvor yo'nalish bo'lib xizmat qiladi.
Boshlang‘ich ta'limda masofaviy ta'limni yo'lga qo'yish va raqamli darsliklarni ishlab chiqish ularni amalda qo'llash samarasi ta'limda o'qitishning innovotsion usuli bo'lib, ta'lim sifatini oshirish, korruptsiyani yo'q qilishga va uni oldini olishga qaratilgan. Raqamli darsliklarni qay ko’rinishda bo’lishini loyihalashdan avval ko’p jihatlarini o’rganiladi, ya’ni uni o'qitish bo’yicha tadqiqotlar olib boriladi. Natijada yaratilayotgan o’quv darsliklar bilim olish jarayonida qiziqarli, yengil, esdaqolarli va zararsiz bo'lishiga yo’naltiriladi. Birgina sahifada birvaqtning o’zida ham matnli, ham audiotovushli tushuntirish, ham videorolik, ham 3D-animatsiya bo’lishi mumkin. Bunday darsliklar asosan fizika va anatomiya darsliklari ustida olibborilgan tadqiqotlarga ko’ra, darsliklar virtual, multiformatli va interaktiv bo’lganligi sababli ishtirokchilarning 80 foizi axborotni eslab qolaoladi. Ta'lim oluvchining o'quvjarayoniga qamrab olishuni rejadagi darslarga bilim va ko'nikmalarini hosil qilishda 3D animatsiyadan foydalanish ham maqsadga muofiqdir. Xususan oliy ta'limda fizika yo'nalishidagi fanlar: molekulyar fizika, atom fizikasi, yadro fizikasi va kvant mexanikasidan ayrim laboratoriyalarni o'tkazish bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bunga sabab maxsus tajriba uchun maxsus sharoitlarni talab qilinishi yoki tajriba jihozlarining yetarli emasligidir. 3D gologramma orqali ushbu laboratoriyalarni virtual amalga oshirish mumkin. 3D gologrammali virtual laboratoriyaning afzalligi shundaki buni ixtiyoriy fizika, kimyo, biologiya, geografiya fani o'qituvchisi va o'quvchisi tayyorlashi va amalda qo'llashi mumkin. Buning uchun avvalo bizga 3D gologramma hosil qiluvchi qurilma, video tasvir hosil qiluvchi ekran (telvizor, planshet, noutbukdan xam foydalanish mumkin) o'lchamiga qarab esa qurilma o'lchamlari olinadi.
Ta'lim bo‘yicha nazariyashunos va amaliyotchilar o‘qitishning raqamli texnologiyalari deganda nimani nazarda tutishlari borasida bir fikrga tez orada kela olishmaydi. Dijital tirik o‘qituvchini to‘liq siqib chiqarmaydi. Odamlar orasidagina haqiqiy insonga aylanish mumkin, ta'limning asosiy vazifasi ana shundan iborat. Shuning uchun gadjyet, dastur va internet haqida gapirganda ta'limning raqamli vositalarini
«Foksford» onlayn-maktabi direktori Aleksey Polovinkin hozirda maktab o‘qituvchilari o‘qitishning qanday raqamli uslublaridan foydalanayotgani, «bo‘lajak maktablar»da qaysilarini qo‘llashlari haqida gapirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |