2.2. Boshlang‘ich sinf darslarida raqamli ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning shakl va metodlari
Raqamli ta’lim axborot–kommunikatsiya texnologiya (kompyuterlar, telekommunikatsiya, multimedia) vositalari va ilmiy asoslangan o‘qitish usullarini qo‘llab, ta’lim (kunduzgi, sirtqi) olish shaklidir. O’qitishning bu shakli o‘quvchilarga mos ta’lim predmetini erkin tanlash, o‘qituvchi bilan muloqot qilish sharoitlarini ta’minlaydigan an’anaviy, yangi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslanib, o‘qitish jarayoni o‘quvchining kayerdaligi va vaqtga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi. O’quvchi o‘quv muassasasiga qatnamay, o‘qituvchi yoki o‘quv muassasasidan doimiy maslahat olib o‘qish imkoniyatiga ega .
Masofali ta’lim mazmuni, uning afzallik tomonlari tizimini quyida afzalliklarini ko‘rsatish mumkin:
- ana’naviy ta’lim usulida o‘quvchi faqat berilgan materialni o‘qiydi. Masofali ta’limda esa, o‘quvchining o‘zi axborotlar omboridan kerak bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topish hamda qayta ishlab tajriba ortirish va o‘z tajribalarini boshqa o‘quvchilar bilan elektron tarmoqlari orqali ma’lumot almashish imkoniyatlariga ega bo‘ladi;
- raqamli ta’lim usuli millionlab o‘quvchilarga, ayniqsa, ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta’lim olayotgan o‘quvchilarga juda keng sharoit yaratib beradi;
- statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, raqamli ta’lim usuli ham ananaviy ta’lim kabi unumlidir.
Raqamli usulda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning ustunlik tomoni shundaki, ular eng yaxshi va sifatli didaktik materiallar hamda salohiyatli ma’ruzachilar bilan ta’minlanadilar. Ushbu usulyordamida o‘quvchilar internet tarmog‘i orqali "jahon bo‘ylab sayohat" qilishlari mumkin.
Pedagog va ilmiy xodimlarni raqamli ta’lim tizimi orqali malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun: o‘quv-usuliy adabiyot, egallagan bilimlarini nazorat qilish tizimi va tashkiliy ish shakllari kabi elementlar orasida qat’iy bog‘lanish bo‘lishi zarur.
Natijada bugungi kunda tahsil olayotgan bilimga chanqoq, zukko o‘quvchini bundan 10-15 yil ilgarigi o‘quvchilarga tenglashtirish mumkin emas. Gap shundaki, yaqin 10 yil ilgari o‘quvchi zarur ma’lumotlarni asosan o‘qituvchi va mavjud adabiyotlardan olgan bo‘lsa, bugun esa vaziyat keskin o‘zgardi.
Zamonaviy va samarador texnologiyalarning hayotga keng joriy etilayotganligi, ayniqsa bu jarayonlarning axborot almashinuv tizimiga ham keng qamrovda kirib kelayotganligi vaziyatni tubdan yangilamokda. Oqibatda hozirgi avlodning ma’naviy ehtiyojlari ham tez o‘sib borayapti. Ularni aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish va o‘qish motivlarini shakllantirishda o‘qituvchidan pedagogik bilimdonlik, pedagogik tajriba, ijodiy izlanuvchanlik hamda o‘z ustida tinimsiz ishlashi bilan birga zarur axborot vositasi va ta’lim usullaridan oqilona va o‘rinli foydalanish darsning samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. Shundagina o‘quv jarayonining sifat va samaradorligi oshadi.
Ta’lim hamda o‘qitishning uslub va usullari sifatini oshirishga yo‘naltirilgan yangi, eng samarali omillar orasida raqamli ta’lim kabi muhim bo‘g‘inni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ta’limning bunday ko‘rinishi nafaqat axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlarni, balki zamonaviy pedagogika sohasidagi yutuqlarni ham o‘zida aks ettiradi.
Bugungi kunda raqamli ta’limda quyidagi zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnologiyalar qo‘llanilmoqda: elektron pochta, telekonferensiyalar tizimi, We-serverlar, mediaserverlar, kompyuterli videokonverensaloqa tizimlari va boshqalar. Yetakchi universitetlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarnnng natijasiga asosan, tinglovchiga o‘quv ma’lumotlarini yetkazishning zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnologiyalaridan samarali foydalanish uchun quyidagi nisbiy bo‘linish tavsiya qilinadi: chop etilgan o‘kuv materiallari 40-50%; We-serverlarida joylashgan o‘quv materiallari30-35%; kompyuterli videokonferensaloqa10-15%; o‘kuv materiallarini jo‘natishning boshqa shakllari 5-20% ni tashkil etadi.
Masofaviy ta’lim mamlakatimiz aholisining keng qatlamlariga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlarining majmuasi sifatida aniqlanib, u o‘quv axborotlarini masofada almashinuvini ta’minlaydigan eng maqbul zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan. O’qitishning an’anaviy sirtqi shaklidan farq qilgan holda masofadan turib ta’lim berish axborot bazasini anchagina boyitish, tinglovchi bilan o‘quv yurti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni jadallashtirish, ta’limning uslubiy ta’minlanishini boyitish imkoniyatini beradi.
Raqamli ta’limni tashkil etish bo‘yicha ishlarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borish maqsadga muvofikdir:
- raqamli ta’limda ishtirok etuvchilar bilan olib boriladigan tashkiliy va o‘quv uslubiy ishlar;
- raqamli ta’limda qo‘llaniladigan axborot va telekommunikatsion texnologiyalar bilan tanishish, o‘rganish va kerakli texnikaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan kompyuter va dasturiy majmuani yaratish bo‘yicha ishlar;
- raqamlita’lim uchun o‘quv uslubiy materiallarni yaratish bo‘yicha ishlar;
- raqamli ta’limda qo‘llaniladigan o‘quv materiallarini yaratish texnologiyasini o‘rganish va uni joriy qilish bo‘yicha ishlar.
Raqamli ta’limning eng asosiy elementlaridan biri elektron darsliklar yaratilishi hisoblanib, ular darslarning noan’anaviy tashkil etilishini ta’minlaydi.
Raqamli ta’limda yuqori faollikni elektron darslik va qo‘llanmalar ta’minlashi kerak. Ular tinglovchilar uchun ta’lim berish tizimi vazifasini bajarishi kerak. Ta’lim tizimini tubdan islohqilishdata’lim tizimi oldiga zamon talablariga javob bera oladigan o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish zaruriyatini ko‘ndalang qilib ko‘ymoqda. Ana shunday vazifalar qatorida o‘quv adabiyotlarining zamonaviy avlodini yaratish alohida ahamiyatga molikdir. Chunki taraqqiyotning hozirgi bosqichi bir qator xususiyatlari bilan farq qilibgina qolmasdan, unga mos bo‘lgan talablarni ro‘yobga chiqarishni ham taqozo qilmokda.
Shu sababli yaratiladigan zamonaviy darslik quyidagi talablarga javob beradigan darajada bo‘lishi lozim:
- ta’lim maqsadlariga, Davlat ta’lim standartlariga moskelishi;
- o‘quvchilarni boshlang‘ich fanlardan bilim olishiga ko‘mak berishi;
- o‘quvchilarda mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishi;
- o‘zlashtiriladigan bilimlarni kundalik turmush amaliyoti bilan bog‘lanishi;
- ta’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi inobatgaolinganligi;
- fanning boshqa fanlar bilan uyg‘unlashtirilishi;
- o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlanishi;
- fanga oid yetarli ma’lumotlarning mujassamlashganligi;
- ta’lim olishni turli usullarining qo‘llanilishi;
- o‘quvchiga o‘z-o‘zini, o‘qituvchiga o‘quvchilar bilimini baholash va nazorat qilish imkoniyatlarining mavjudligi va hokazo.
Sifatli o‘quv adabiyotlar yaratish nihoyatda mahsuliyatli va sharafli vazifa hisoblanadi. Yaratiladigan yangi darslik qo‘lyozmasini tajribali professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda muhokama qilish va bu boradagi jahon amaliyoti tajribasidan foydalanish lozim.
Darslikni yaratish jarayonida, u qaysi yoshdagi o‘quvchi uchun yozilayotganligi, uning dunyoqarashi, fiziologik xususiyatlari, idrok qilish qobiliyati, shuningdek mavzularga ajratilgan vaqt me’yorining muqobilligiga etibor qaratish zarur. Darslikda keltiriladigan misol yoki namunalar hayotiy bo‘lishi, o‘quvchi haqiqatdan ham real hayotda bunday hodisa, voqea yoki jarayonlar haqida tasavvurga ega ekanligini inobatga olish maqsadga muvoffiqdir.
Masofali ta’lim orqali oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb-hunar muassasalari kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi joriy etish, kam xarajatli ana’naviy ta’lim tizimiga qaraganda samaraliroq hamda kelajagi porloq usullaridan biridir.
Masofali ta’limda ishtirok etayotgan o‘qituvchidan ma’lum bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashlari talab etiladi. O’qituvchi bilimi, malakasiva ko‘nikmalarga qo‘yiladigan talablarni to‘rt qismga bo‘lish mumkin:
1.O’qituvchining ta’limda yangi axborot texnologiyalari sohasidagi umumiy bilim va ko‘nikmalari:
- shaxsiy kompyuter va ularning tashqi qurilmalarining ishlash tamoyillarini bilish;
- zamonaviy dasturiy ta’minotni egallash;
- internet tarmog‘ida ishlashning asosiy tamoyillari va dasturiy ta’minotini egallash;
- ta’limda yangi axborot texnologiyalarining vositalarini foydalanish muammosi bo‘yicha usuliy materiallar va ilmiy adabiyotlarni bilish;
- olingan ma’lumotlarni hal qilinayotgan masalalarga qo‘llay olish.
2.O’qituvchilarning internet texnologiyalari sohasidagi maxsus bilim va ko‘nikmalari:
- telekommunikatsiya tizimlari asosiy shakllari va umumiy ishlash tamoyillarini bilish;
- foydalanuvchilarni internetga turli darajada kiritish xususiyatlarini tushunish;
- teleanjumanlar tashkil etish va o‘tkazish xususiyatlarini bilish;
- telemmunikatsiya muomulasi (etiketi)ni bilish;
- boshqa foydalanuvchilar bilan axborot almashish uchun telekommunikatsiyaning turli vositalaridan foydalana olish;
- tarmoqda axborot "navigatsiya" malakalariga ega bo‘lish;
- tarmoqning axborot ashyolari bilan ishlay olish;
- raqamli o‘qitish kurslarini yaratish uchun dasturiy vositalarni foydalanish xususiyatlarini tushuna olish;
- elektron pochta bilan ishlay olish;
- tarmoq orqali foydalanuvchilar bilan muloqat qila olish;
- zamonaviy gipermatnli va gipermedia tizimlari bilan ishlay olish;
-internet axborot ashyolari ichidan ta’lim maqsadiga moslarini ajrataolish;
-turli amaliy dasturlari va zaruriy utilitlardan foydalangan holda axborotlarni tarmoqdan uzatish uchun tayyorlay olish.
3.O’qituvchining pedagogika va psixologiya sohasidagi umumiy bilim va ko‘nikmalari:
- raqamli o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv - bilish faoliyatida shaxsiy usullarini bilish;
- raqamli o‘qitishda o‘quvchilarni faoligini aniqlovchi omillarni bilish;
- raqamli o‘qitishda bilimlarni egallash jarayonining xususiyatlarini bilish;
- internetning axborot bilish muhitida o‘quvchilarni mustaqil ishlashini tashkil etish xususiyatlarini bilish;
- raqamli ta’lim ishtirokchilari bilan muloqot tashkil etish usullariga ega bo‘lish;
- o‘quvchilarni psxologo-pedagogik testlardan o‘tkazishni tashkil etish va o‘tkaza olish;
- o‘quvchining shaxsiy psixologo-pedagogik portretini tuza olish;
- o‘quv faoliyatning dastlabki bosqichida o‘quvchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlay olish;
- o‘quvchilar psixologik mosliklari prinsipiga ko‘ra kichik o‘quv guruhlar shakllantira olish;
- vertual o‘quv guruhini psixologo-pedagogik tashxisini o‘tkaza olish;
- vertual o‘quv guruhi ichidayaxshi psixologik muhit yarata olish;
- nizolik vaziyatlarni oldini olish va undan kecha bilish.
4.O’qituvchining yangi axborot texnologiyalari sohasidagi umumiy bilim va ko‘nikmalari:
- shaxsga yo‘naltirilgan zamonaviy usullar-hamkorlikda ta’lim olish usuli, loyihalar usulii, tadqiqot usullari va boshqa usullarni bilish;
- ta’limning yakama-yakka, guruhiy va frontal usullariga ega bo‘lish;
- qo‘llanilayotgan ta’limning kunduzgi shaklini internet sharoyitiga moslashtira olish;
- ta’limning kunduzgi va sirtqi shakllarini birlashtira olish;
- masofadagi o‘quvchilar bilan ishlayotganda ta’limning yakkama-yakka, guruhiy va frontal shakllarini birlashtira olish;
- telekommunikatsiya loyiha tashkil etish va o‘tkaza olish;
- moderator sifatida o‘quv mavzulik telekonferensiya tashkil etish va o‘tkaza olish;
- o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini monitoringini tashkil etish va o‘tkaza, olish;
- o‘quvchilarni bilimini samarali nazorat qilish va testlash tizimini tashkil eta olish.
Xulosa qilib aytganda raqamli ta’lim deganda turli shakldagi axborot manbalar, jumladan virtual kutubxona, ma’lumotlar bazasi, maslahat xizmati, elektron ta’ltim resurslari, kiberklass va hokazolardan iborat bo‘lgan ta’limiy-axborot muhitni tushunish lozim [3]. Mazkur tizimda ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi va elektron ta’lim resurslarining serobligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘z navbatida elektron ta’lim resurslarini yaratish, raqamli ta’lmnining didaktik asoslarini ishlab chiqish va pedagog-koordinatorlar tayyorlashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |