O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

qiyosiy-tarixiy 
fonetika 
deb ataladi.
Tillardagi, ko‘pincha qarindosh tillardagi (slavyan, german, roman, turkiy 
tillari kabi) tarixiy-fonetik o‘zgarishlar natijasida so‘zlardagi etimologik va 
geneologik, ya’ni kelib chiqishi jihatdan o‘xshashlik va farqlarni qiyosiy-tarixiy 


72 
fonetika aniqlab beradi. Keyinchalik qardosh va qardosh bo‘lmagan tillardagi 
tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni va hozirgi fonetik-fonologik o‘xshashlik va farqli 
alomatlarni o‘rganish natijasida tipologik va qiyosiy-tipologik fonetika hamda 
fonologiya sohalari vujudga keldi. Umuman tildagi rivojlanish qonuniyatlari singari, 
tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlarni o‘rganishdagi fonetik va fonologik 
qonuniyatlar ham quyidagicha turlarga bo‘linishi mumkin:
Fonetik va fonologik qonuniyatlar tildagi 
ichki 
va boshqa tillar bilan aloqa 
natijasida bo‘luvchi – 
tashqi faktorlar 
ta’sirida bo‘lishi mumkin. Ba’zan esa har 
ikki faktor ham bir yo‘la ta’sir qilishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilida /o/ 
fonemasining hosil bo‘lishida ikki fikr mavjud. O‘zbek tilidagi ichki fonetik 
faktorga asoslangan qarash /o/ fonemasi /a/ fonemasining lab va chuqur til orqa 
undoshlaridan keyin kelib, /o/ -lashganini ko‘rsatadi. Boshqa tashqi faktorga 
asoslangan qarash o‘zbek tilidagi /o/ fonemasi fors-tojik tilining ta’siri ostida hosil 
bo‘lgan deb hisoblaydi. Shevalar orfoepik, grammatik va leksik normalardan 
tashqarida bo‘lgani tufayli ularda turli o‘zgarishlar saqlanib qoladi va asta-sekin 
adabiy tilga ham ko‘chadi.


73 
Fonetik qonuniyatlar xronologik (davr) jihatdan ikki turli bo

ladi: 
Tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlar turli hodisa va jarayonlarni o‘z 
ichiga oladi. Masalan, turkiy tillar va shevalariga xos bo‘lgan o-lashish, y-lashish, 
j-lashish, yo-lashish kabi hodisalar, german tillari tarixidagi 
umlaut
, ya’ni til orqa 
lablangan unlilarning va keyingi bo‘g‘indagi /j/ tovushi ta’sirida til oldi holatiga 
o‘tishi, 
ablaut
, ya’ni ichki fleksiyadagi tovush almashinuvi kabilar ana shunday 
hodisalarga kiradi.
Fonetik va fonologik o‘zgarishlar natijasida tildagi fonemalar soni 
kamayishi yoki ko‘payishi mumkin. Bunda ikki hodisa ro‘y beradi 


74 
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlari 
ham kiradi. Chunki tovushlar turli holatlarda har xil o‘zgarishlarga uchraydi. 
Chunonchi, ochiq urg‘uli bo‘g‘inda cho‘ziq va yopiq urg‘usiz bo‘g‘inda esa qisqa 
talaffuz etilishi mumkin. Bunday holat ham ko‘pgina tarixiy va hozirgi tovush 
o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Fonetik va fonologik qonuniyatlarni tilning boshqa 
bosqichidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda o‘rganish chuqur ilmiy natijalarni 
keltirib chiqarishi mumkin.
Keyingi vaqtlarda fan va texnikaning rivojlanishi, savodxonlik va madaniy 
saviyaning oshuvi natijasida kishilarda adabiy tildan to‘g‘ri foydalanishga va nutq 
madaniyatini oshirishga qiziqish kuchaymoqda. Kishilar chiroyli gapirishga va 
ifodali o‘qishga harakat qilmoqdalar. She’rxonlik va kitobxonlik uchrashuvlarida
konferensiyalarda va turli yig‘inlarda adabiy tilning normalaridan to‘g‘ri 
foydalanib, o‘z nutqlarining ta’sirchanligini oshirishga urinmoqdalar. Bularning 
hammasini orfoepiyani to‘liq egallamasdan, adabiy til va uning talaffuz 
normalarini to‘liq o‘zlashtirmasdan amalga oshirish qiyin. Demak, orfoepiya
haqiqatan ham nutq madaniyatining muhim qismini tashkil etadi. 
Orfoepiyaning yuzaga kelishida ikkita faktor muhim rol o‘ynaydi. Bulardan 
biri orfografiya, ikkinchisi xalq og‘zaki nutqining turli ko‘rinishlari va turli xil xalq 


75 
talaffuzlaridir. Lekin orfoepiyaning shakllanishida odatda birinchi faktor 
muhimroqdir. Yangi o‘zbek orfoepiyasining shakllana borishida rus tili va u orqali 
kirgan so‘zlar talaffuzining ham o‘ziga xos o‘rni va roli bor. Biroq o‘zbek 
orfoepiyasini ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqish va uning qoidalarini yaratish 
hanuzgacha til hayotida va orfoepiyada amalda yuz bergan o‘zgarishlardan orqada 
qolib kelmoqda. O‘zbek tilshunosligi keyingi davrda, xususan, so‘nggi yigirma 
yildan ortiqroq vaqt ichida juda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. 
Tilshunoslikdagi bunday rivojlanish orfoepiyaning ayrim sohasida ham yuz berdi. 
Natijada orfoepiyaga oid ko‘pgina masalalar ham yoritilib, uning ayrim sohalariga 
aniqlik kiritildi. Biroq bu sohada qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar hali ilmiy 
jihatdan yetarli darajada umumlashtirib berilmagan.
O‘zbek xalq shevalarining ko‘pchiligi adabiy tilimiz normalaridan keskin farq 
qiladi.Ularning talaffuzlari ham adabiy talaffuz normalariga ko‘pincha mos 
kelmaydi. Lekin bu shevalar yagona bir umumxalq tilining quyi formalari sifatida 
juda ko‘p umumiyliklarga ega bo‘lganidek, o‘zbek tilining og‘zaki talaffuzida ham 
ko‘pgina umumiyliklar bor. Ular jamlab tartibga solinsa, o‘zbek adabiy tilining 
orfoepiya normalarini belgilovchi qoidalarning to‘liq to‘plamini yaratish mumkin. 
Orfoepiya notiqlik san’ati, nutq madaniyatidagi barcha talaffuz xususiyatlarining 
yig‘indisini, radio, televideniyeni adabiy normaga solib turuvchi mezon 
hisoblanadi. Angliya, Buyuk Britaniya, Amerika kabi o‘nlab rivojlangan 
mamlakatlarda matbuot sohasida, ayniqsa, televideniyeda orfoepik me’yorlarga 
qat’iy amal qilish talab etiladi. Talaffuz normalaridan chetga chiqish hollari ro‘y 
bergan ko‘rsatuvlar (u har qanday dolzarb masalalar bilan bog‘liq bo‘lishidan qat’i 
nazar) efirga berilmaydi, mabodo bunday ko‘rsatuvlar tasodifan efirga uzatilsa, 
ko‘rsatuvni tayyorlagan jurnalistga, televideniye muharririga katta miqdorda 
jarima solinadi, ba’zi holatlarda ular ishdan chetlatilishi ham mumkin. 
O‘zbekiston televideniyesi, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari 
haqida 
hamma 
vaqt 
ham 
bunday 
gapni 
aytib 
bo‘lmaydi. 
Ba’zi 
radioeshittirishlarida, televideniye ko‘rsatuvlarida shevaga berilib, bu holatni 


76 
“xalqona soddalik”, “dehqontabiatlilik” sifatida izohlab, adabiy talaffuz 
me’yorlarini qo‘pol ravishda buzish madaniyatsizlikning bir ko‘rinishi ekanligini 
unutmasligimiz lozim
.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish