Davlatobod tumani 82-sonli maktab
“Kitobxonlik festivali” doirasida o’tkazilgan
“Kitobxonlik haftaligi”da tashkil etilgan
Tadbirlar rejasini bajarilishi bo’yicha
H I S O B O T “Kitobxonlik festivali” doirasida maktabimizda “Kitobxonlik haftaligi”da tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. 5-may, payshanba kunidan boshlab maktab kutubxonasida ochiq eshiklar kuni tashkil qilindi.;
Boshlang’ich sinf o’quvchilari kutubxonaga sayoxat uyushtirishdi. 10-may, seshanba kuni boshlang’ich sinf o’qituvchisi Umidaxon Qodirova raxbarligida 3-“A” sinf o’quvchilari ishtirokida “Ertaklar - yaxshilikka yetaklar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi;
11-may, chorshanba kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Gulnozaxon Saidqulova “Yosh kitobsevarlar” to’garagi a’zolari bilan “Kitob - eng yaxshi do’st”mavzusida kitob targ’ibotini o’tkazdi;
13-may, juma kuni 4-“A” sinf o’quvchilari Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanidagi Axsikent ochiq osmon ostidagi tarixiy muzeyga va Is’hoqxon To’ra Ibrat muzeyiga sayohatga bordilar. Sayohat o’quvchilarda juda katta taassurot qoldirdi va o’quvchilarning tarixga bo’gan qiziqishi yanada ortdi;
15-may, yakshanba kuni “Kitobxonlik haftaligi” bo’yicha videorolik tayyorlanib facebook ijtimoiy tarmog’iga joylashtirildi;
17-may, seshanba kuni 4-“J” sinf o’quvchilari Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanidagi Axsikent ochiq osmon ostidagi tarixiy muzeyga va Is’hoqxon To’ra Ibrat muzeyiga sayohatga bordilar. Sayohat davomida ular tarixiy yodgorliklar va saqlanib kelinayotgan qo’lyozmalar haqida ma’lumotlar bilan tanishdilar;
18-may, chorshanba kuni “Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo’lmaylik” shiori ostida kitob savdo yarmarkasi tashkil etildi;
19-may, payshanba kuni boshlang’ich sinf o’qituvchisi Umidaxon Mallabayeva raxbarligidagi 4-“B” sinfda Xudoyberdi To’xtaboyevning “Nihollarning nolasi” hikoyasi asosida ochiq dars o’tkazildi va o’quvchilar dars davomida Xudoyberdi To’xtaboyevning hayoti va ijodi, muhtaram prezidentimizning “Yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish bo’yicha 5 muhim tashabbus”lari, “Bolaga kitob bering” she’ri, “Kitob mening do’stimsan” qo’shig’I, “Nihollarning nolasi” kichik sahna ko’rinishlarini zo’r mahorat bilan ijro etishdi.
20-may, juma kuni “Yosh kitobsevarlar” to’garagi a’zolari “Nodira” nomli viloyat kutubxonasiga sayohat qilishdi;
Barcha o’tkazilgan tadbirlar uchun kitob ko’rgazmalari tashkil etildi.
Sana: Imzo: