72
fonetika aniqlab beradi. Keyinchalik qardosh va qardosh bo‘lmagan tillardagi
tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni va hozirgi fonetik-fonologik o‘xshashlik va farqli
alomatlarni o‘rganish natijasida tipologik va qiyosiy-tipologik fonetika hamda
fonologiya sohalari vujudga keldi. Umuman tildagi rivojlanish qonuniyatlari singari,
tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlarni o‘rganishdagi
fonetik va fonologik
qonuniyatlar ham quyidagicha turlarga bo‘linishi mumkin:
Fonetik va fonologik qonuniyatlar tildagi
ichki
va boshqa tillar bilan aloqa
natijasida bo‘luvchi –
tashqi faktorlar
ta’sirida bo‘lishi mumkin. Ba’zan esa har
ikki faktor ham bir yo‘la ta’sir qilishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilida /o/
fonemasining hosil bo‘lishida ikki fikr mavjud. O‘zbek tilidagi ichki fonetik
faktorga asoslangan qarash /o/ fonemasi /a/ fonemasining lab va chuqur til orqa
undoshlaridan
keyin kelib, /o/ -lashganini ko‘rsatadi. Boshqa tashqi faktorga
asoslangan qarash o‘zbek tilidagi /o/ fonemasi fors-tojik tilining ta’siri ostida hosil
bo‘lgan deb hisoblaydi. Shevalar orfoepik, grammatik va leksik normalardan
tashqarida bo‘lgani tufayli ularda turli o‘zgarishlar saqlanib qoladi va asta-sekin
adabiy tilga ham ko‘chadi.
73
Fonetik qonuniyatlar xronologik (davr) jihatdan ikki turli bo
‘
ladi:
Tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlar turli hodisa va jarayonlarni o‘z
ichiga oladi. Masalan, turkiy tillar va shevalariga xos bo‘lgan
o-lashish, y-lashish,
j-lashish, yo-lashish kabi hodisalar, german tillari tarixidagi
umlaut
, ya’ni til orqa
lablangan unlilarning va keyingi bo‘g‘indagi /j/ tovushi ta’sirida til oldi holatiga
o‘tishi,
ablaut
, ya’ni ichki fleksiyadagi tovush almashinuvi kabilar ana shunday
hodisalarga kiradi.
Fonetik va fonologik o‘zgarishlar natijasida tildagi fonemalar soni
kamayishi yoki ko‘payishi mumkin. Bunda ikki hodisa ro‘y beradi
74
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlari
ham kiradi. Chunki tovushlar turli holatlarda har xil o‘zgarishlarga uchraydi.
Chunonchi, ochiq urg‘uli bo‘g‘inda cho‘ziq va yopiq urg‘usiz bo‘g‘inda
esa qisqa
talaffuz etilishi mumkin. Bunday holat ham ko‘pgina tarixiy va hozirgi tovush
o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Fonetik va fonologik qonuniyatlarni tilning boshqa
bosqichidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda o‘rganish chuqur ilmiy natijalarni
keltirib chiqarishi mumkin.
Keyingi vaqtlarda fan va texnikaning rivojlanishi, savodxonlik va madaniy
saviyaning oshuvi natijasida kishilarda adabiy tildan to‘g‘ri foydalanishga va nutq
madaniyatini oshirishga qiziqish kuchaymoqda. Kishilar chiroyli gapirishga va
ifodali o‘qishga harakat qilmoqdalar. She’rxonlik
va kitobxonlik uchrashuvlarida,
konferensiyalarda va turli yig‘inlarda adabiy tilning normalaridan to‘g‘ri
foydalanib, o‘z nutqlarining ta’sirchanligini oshirishga urinmoqdalar. Bularning
hammasini orfoepiyani to‘liq egallamasdan, adabiy til va uning talaffuz
normalarini to‘liq o‘zlashtirmasdan amalga oshirish qiyin. Demak, orfoepiya
haqiqatan ham nutq madaniyatining muhim qismini tashkil etadi.
Orfoepiyaning yuzaga kelishida ikkita faktor muhim rol o‘ynaydi. Bulardan
biri orfografiya, ikkinchisi xalq og‘zaki nutqining turli ko‘rinishlari va turli xil xalq
75
talaffuzlaridir. Lekin orfoepiyaning shakllanishida odatda birinchi faktor
muhimroqdir. Yangi o‘zbek orfoepiyasining shakllana borishida rus tili va u orqali
kirgan so‘zlar talaffuzining ham o‘ziga xos o‘rni va roli bor. Biroq o‘zbek
orfoepiyasini ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqish va
uning qoidalarini yaratish
hanuzgacha til hayotida va orfoepiyada amalda yuz bergan o‘zgarishlardan orqada
qolib kelmoqda. O‘zbek tilshunosligi keyingi davrda, xususan, so‘nggi yigirma
yildan ortiqroq vaqt ichida juda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Tilshunoslikdagi bunday rivojlanish orfoepiyaning ayrim sohasida ham yuz berdi.
Natijada orfoepiyaga oid ko‘pgina masalalar ham yoritilib, uning ayrim sohalariga
aniqlik kiritildi. Biroq bu sohada qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar hali ilmiy
jihatdan yetarli darajada umumlashtirib berilmagan.
O‘zbek xalq shevalarining ko‘pchiligi adabiy tilimiz
normalaridan keskin farq
qiladi.Ularning talaffuzlari ham adabiy talaffuz normalariga ko‘pincha mos
kelmaydi. Lekin bu shevalar yagona bir umumxalq tilining quyi formalari sifatida
juda ko‘p umumiyliklarga ega bo‘lganidek, o‘zbek tilining og‘zaki talaffuzida ham
ko‘pgina umumiyliklar bor. Ular jamlab tartibga solinsa, o‘zbek adabiy tilining
orfoepiya normalarini belgilovchi qoidalarning to‘liq to‘plamini yaratish mumkin.
Orfoepiya notiqlik san’ati, nutq madaniyatidagi barcha talaffuz xususiyatlarining
yig‘indisini, radio, televideniyeni adabiy normaga solib turuvchi mezon
hisoblanadi. Angliya,
Buyuk Britaniya, Amerika kabi o‘nlab rivojlangan
mamlakatlarda matbuot sohasida, ayniqsa, televideniyeda orfoepik me’yorlarga
qat’iy amal qilish talab etiladi. Talaffuz normalaridan chetga chiqish hollari ro‘y
bergan ko‘rsatuvlar (u har qanday dolzarb masalalar bilan bog‘liq bo‘lishidan qat’i
nazar) efirga berilmaydi, mabodo bunday ko‘rsatuvlar tasodifan efirga uzatilsa,
ko‘rsatuvni tayyorlagan jurnalistga, televideniye muharririga katta miqdorda
jarima solinadi, ba’zi holatlarda ular ishdan chetlatilishi ham mumkin.
O‘zbekiston
televideniyesi, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari
haqida
hamma
vaqt
ham
bunday
gapni
aytib
bo‘lmaydi.
Ba’zi
radioeshittirishlarida, televideniye ko‘rsatuvlarida shevaga berilib, bu holatni
76
“xalqona soddalik”, “dehqontabiatlilik” sifatida izohlab, adabiy talaffuz
me’yorlarini qo‘pol ravishda buzish madaniyatsizlikning bir ko‘rinishi ekanligini
unutmasligimiz lozim
.
Do'stlaringiz bilan baham: