O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

 
 
 
 
 
 
 
 


69 
7-MAVZU.ORFOEPIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT 
Reja: 
1.
Hozirgi ona tilining orfoepik me’yorlari.
 
2.
Unlilar orfoepiyasi.
 
3.
Ayrim undoshlar orfoepiyasi.
 
4.
Ayrim grammatik shakllar orfoepiyasi.
 
5.
Ayrim orfoepik me’yorlarning imlo qoidalari (orfografik me’yorlar)ga mos 
kelmaslik hollari.
 
Tayanch so‘z va iboralar:
orfoepiya, talaffuz me’yorlari, qisqa talaffuz
urg‘usiz bo‘g‘in, qisqa va kuchsiz (bilinar- bilinmas) talaffuz, cho‘ziq talaffuz, 
ingichka talaffuz, fonema, yo‘g‘on talaffuz, jarangsizlanish, assimilyativ, 
intervokal holat.
Mashg‘ulotning maqsad va vazifalari: 
1.
Talabalarga o‘zbek adabiy tilining orfoepiya bo‘limi haqida nazariy 
tushunchalar berish, orfoepiyaning qoida hamda me’yorlarini yoritish; 
2.
Orfoepiyaning yuzaga kelish faktorlari hamda orfoepik me’yorlarning 
adabiy tilga xos og‘zaki nutqni hosil qilishdagi ahamiyati haqida malaka 
hosil
qilish, mavzuga doir test topshiriqlarini bajarishga o‘rgatish.
Adabiy tilga xos bo‘lgan muhim xususiyatlarning eng birinchisi uning 
muayyan me’yorlarga bo‘ysunishidir. Fonetika, leksikologiya, morfologiya yoki 
sintaksis sohalarida bo‘lgani kabi nutqning ikki ko‘rinishi: og‘zaki va yozma 
shakllarda ham barcha uchun umumiy bo‘lgan o‘ziga xos me’yorlar mavjud. 
Muayyan me’yorlardan chetga chiqish yoki chekinish kishilarning o‘zaro fikr 
almashish jarayoni (og‘zaki va yozma) da turli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 
Og‘zaki nutqning qonun-qoidalarini orfoepiya sathi, yozma nutqqa xos 
normalarni orfografiya bo‘limi o‘rganadi. Nutq tovushlari vositasida ifodalangan 
og‘zaki nutqimiz eshitish orqali o‘zlashtirilsa, harflar vositasi bilan ifodalangan 
yozma nutq esa ko‘rish, o‘qish, uqish orqali o‘zlashtiriladi. 
Har bir adabiy til unda gapiruvchi barcha kishilar tomonidan ongli ravishda 
qabul qilingan talaffuz normasiga egadir. Tilning talaffuzi og‘zaki nutq shakliga


70 
yozuv esa, yozma nutq shakliga xos bo‘lib, ular bir-biriga doim to‘g‘ri 
kelavermaydi.
Orfoepiya 
(grekcha 
orthos
–“to‘g‘ri” va 
epos
– “nutq”) ma’lum tilning to‘g‘ri 
talaffuz norma va qoidalari hisoblanib, unda so‘zlovchilarning barchasi uchun 
tushunarli norma qabul qilingan bo‘ladi. Axborot uzatish va axborot qabul qilish 
jarayonida to‘g‘ri talaffuz muhim ahamiyatga ega. Orfoepiya normalari tilning 
fonemalar sistemasi bilan, fonemalarning ma’lum pozitsiyalardagi o‘zgarishlari 
bilan va, asosan, nutq madaniyati bilan chambarchas bog‘liq. Nutq madaniyatining 
ajralmas bo‘lagi bo‘lgan orfoepiya adabiy talaffuz madaniyatini oshirishga, uni bir 
tizimga solishga yordam beradi. 
Orfoepiyaning asosini tilning fonetik sistemasi, ya’ni undagi tovushlar, bo‘g‘in, 
urg‘u va intonatsiya tashkil etadi. To‘g‘ri talaffuz etish odatda 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish