O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna


O ‘ zbek adabiy tilining ayrim orfoepik me’yorlari



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

O

zbek adabiy tilining ayrim orfoepik me’yorlari
Orfoepik me’yorlar makon va zamonda farqlanadi, o‘zgaradi. Ya’ni har bir 
til o‘zining ma’lum davrdagi adabiy talaffuz normalariga ega bo‘lib, ular vaqt 
o‘tishi bilan tildagi fonetik, leksik va boshqa yangilanishlar natijasida o‘zgarishi 
mumkin. Orfoepiya nutqning talaffuz me’yorlari amaliy jihatdan qanday bo‘lishini
fonetika va fonologiyadagi nazariy tamoyillarga asoslangan holda belgilab beradi. 
O‘zbek tilida avvalgi adabiy talaffuz me’yorlari eski o‘zbek adabiy tili negizida 
yuzaga kelgan bo‘lsa, hozirda foydalanilayotgan adabiy talaffuz normalari fan-
texnikaning yuksalishi, xalq madaniy saviyasining tobora o‘sib borishi, umumiy 
savodxonlik, o‘rta va oliy maktablarning rivojlanishi kabi qator omillarni hisobga 
olgan holda belgilangan.
Orfoepik normalarni talab qiluvchi nutqiy hodisalarning eng asosiylaridan 
biri assimilyatsiya (tovush qo‘shni tovushni o‘ziga moslashtirib-o‘xshatib olishi: 
ketdi || ketti) hodisasidir. Til qancha qadimiy bo‘lsa, unda assimilyatsiya hodisasi 
shuncha ko‘p uchraydi, til qanchalik adabiy bo‘lsa, unda assimilyatsiya shuncha 
kam uchraydi. Orfoepiyaning vazifalaridan biri ham assimilyatsiyani me’yorda 
tutib turishdir. Til taraqqiyotining qonuniy natijasi bo‘lgan assimilyatsiya 
orfografiyada “muhr”lanmagan bo‘lsa ham orfoepiya qonuniga aylangandir. 
Masalan: o‘t + di = o‘tti, boribdi > boripti. Bunga o‘xshash orfoepik normalarga 
rioya qilmaslik aksent (g‘alizlik) hosil qiladi. Til taraqqiyotidagi ayrim fonetik 
o‘zgarishlar ham orfoepik, ham orfografik normaga aylangan. Masalan, birinchi 
bo‘g‘ini ochiq bo‘lib, ikkinchi bo‘g‘ini sonorlashgan undosh bilan boshlanib, sonor 
bilan tugagan o‘zakka asosan tor unli bilan boshlangan affiks qo‘shilganda bo‘g‘in 
strukturasida o‘zgarish yuz beradi. Misollar: o‘g‘il+im< o‘g‘-lim, ko‘ngil+im < 
ko‘nglim, burun+im < bur-nim, qorin+im < qor-nim, shahar+im < shah-rim. Bu 


77 
o‘zgarishni ham imlo, ham talaffuz taqozo etadi. Orfografiya va orfoepiyaning 
qarama-qarshi o‘rinlaridan biri arab tilidan qabul qilingan ikki undosh bilan 
tugagan, aslida bir bo‘g‘inli so‘zning nutqda ikki bo‘g‘in tarzida (unli qo‘shib) 
o‘zlashganidir. Misollar: mehr, qadr, aql, qism, hukm, qasr, asr kabi. Yangidan 
hosil bo‘lgan bo‘g‘in nutqda hatto so‘z urg‘usini ham oladi: hukum, rasim. 
Yozuvda esa aks etmaydi. Bu o‘rinda nozik bir qonuniyat mavjud: so‘z oxirida 
ketma-ket kelgan undoshning birinchisi sonor bo‘lsa, so‘z bir bo‘g‘inligicha qoladi 
- unli ortmaydi. Masalan: qand, pand. Bu tipdagi so‘zlar turkiy tilda qadimdan 
mavjud: yurt, yalt-yult, tark etmoq, tort, qurt. Ba’zan sonordan keyin unli 
qo‘shilishi holati uchrab qoladi: ramz - ramiz, xayr - xayir (Toshkent shevasi). 
So‘z oxirida kelgan ikki jarangsiz til oldi undoshlarining oxirgisi og‘zaki nutqda 
tushib qoladi: go‘sh < go‘sht. Agar o‘sha so‘zdan so‘ng unli bilan boshlanadigan 
affiks yoki so‘z kelsa, undosh tushmasligi mumkin: balan > balandi, xursan > 
xursandi, Samarqan > Samarqandim kabi. Undosh bilan boshlanuvchi affiksdan 
oldin undoshning bittasi tushadi: xursan(^chilik, pas(^qamlik, pas(^tekislik, 
Pas(t)darg‘om. To‘g‘ri talaffuz nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri 
sanaladi. Adabiy tilda to‘g‘ri yozish qanchalik muhim bo‘lsa, to‘g‘ri talaffuz ham 
shunchalik ahamiyatlidir.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish