195
Kakografiya
– (grek. kakos – yomon+grapho – yozaman) ongli ravishda xatolar
qoʻyilgan tekstni oʻquvchilarga tuzatishga berish bilan orfografiyani oʻrgatish
usuli.
Kalambur –
(fran. calembour – soʻz oʻyini) soʻzlarning koʻp ma’noliligiga,
fonetik strukturasi bir xilligiga asoslanadigan soʻz oʻyini, soʻzlarni shunday
qoʻllashdan iborat nutq figurasi.
Lahja –
mahalliy dialektning bir necha shevadan iborat guruhi.
Leksema –
ma’lum bir til jamiyati a’zolari ongida tayyor, umumiy va majburiy,
shakl va ma’no birligidan iborat, borliqdagi harakat, narsa-predmet, belgi, miqdor
kabilarni bildiruvchi tushunchalar va munosabatlarni ifodalaydigan, nutqda
so‘zlarni va grammatik morfemalarni biriktiradigan lisoniy birlik. Masalan,
qalam,
chiz, yashil.
Do'stlaringiz bilan baham: