Antiteza –
(grek. qarama-qarshi qoʻyish). Qiyoslanuvchi fikr, tushuncha,
obrazlarni qarama-qarshi qoʻyishdan iborat stilistik figura:
Yaxshi topib gapirar,
yomon qopib. Doʻst boʻlish oson, uni saqlash qiyin.
Antonimiya –
til birliklarining oʻzaro semantik jihatdan zid, qarama-qarshi boʻlish
hodisasi. Leksik antonimiya.
Affiksial antonimiya. Sintaktik antonimiya.
Bajaruvchi shaxs
– harakatni bajaruvchi shaxs, subyekt, agent.
Belgilash olmoshlari –
shaxs-predmet, uning belgisi, soni kabi xususiyatlarini
jamlab yoki ajratib ko‘rsatuvchi (shu tarzda belgilovchi) olmoshlar:
hamma,
barcha, har, har narsa, har qaysi, har qancha
kabilar.
Belgili
–
affiks qatnashgan:
Belgili qaratqich kelishigi. Belgili tushum kelishigi.
qiyos.
belgisiz
Do'stlaringiz bilan baham: |