Denotativ ma’no –
denotat bilan bevosita bog‘liq, uni bevosita bidiruvchi ma’no.
Soddaroq aytganda, soʻzninig bosh ma’nosi.
Derivatsion ma’no –
yasama soʻzda soʻz yasovchi affiks ifodalaydigan, soʻz
yasash asosining moddiy ma’nosini konkretlashtiradigan, chegaralaydigan ma’no.
Dialekt –
(grek. dialektos – sheva, lahja) umumxalq tilining son jihatdan nisbatan
kam boʻlgan territorial, sotsial va professional jihatdan umumiylikka ega boʻlgan
kishilar foydalanadigan koʻrinishi.
Diereza –
(grek. diaresis – boʻlinish) qator undoshlardan birining assimilyatsiya
yoki dissimiliyatsiya natijasida tushib qolishi. Mas.:
arslon – aslon
kabi.
Dominanta –
(lot. dominans, dominantis – hokim) sinonimik qatordagi bosh soʻz:
bu soʻz sinonimik qatordagi umumiy boʻlgan denotativ ma’noni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |