Jaranglilik –
un paychalarining tebranishidan yuzaga keluvchi ton.
Jarangli undoshlar –
tarkibida ovozga nisbatan shovqin ustun boʻlgan undoshlar.
Mas.,
b, v, g, z
.
Jarangsiz undoshlar –
tarkibi shovqinning oʻzidan iborat boʻlgan undoshlar:
p, f,
k, sh, s, t
Jargon –
(fran. jargon) biror guruh vakillarining oʻz nutqi bilan koʻpchilikdan
ajralib turish maqsadida oʻzicha mazmun berib ishlatadigan soʻz va iboralari:
novcha (aroq), qizil (vino)
– ichuvchilar nutqiga xos;
tog‘amning oʻg‘li
(militsioner)
– shofyorlar nutqida.
Ibora –
frazeologik birlik.
Ideografik sinonimlar –
denotativ ma’no ottenkasiga koʻra oʻzaro farqlanadigan
sinonimlar:
yordamlashmoq – koʻmaklashmoq – qarashmoq
kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |