Leksika –
tilning lug‘at tarkibi, tildagi so‘zlarning jami: o‘zbek tili leksikasi.
Rasmiy ish uslubi –
funksional uslubning bir turi bo‘lib, u rasmiy (ish -
idoraga xos) leksika va frazeologiyaga egaligi, so ‘zlarning to‘g‘ri,
nomlovchi ma’nosida qo‘llanishi, bir qolipdagi iboralarning, amal-mansab
atamalarining keng ishlatilishi, ekspressiv nutq vositalarining deyarli
yo‘qligi bilan ajralib turadi.
Regressiv assimilyatsiya –
(lot.
orqaga qarab harakatlanish) keyingi tovush
ta’siri bilan oldingi tovush o‘zgarib, u bilan o‘xshashlik kasb etishi:
tussiz
(tuzsiz), yigichcha(yigitcha)
kabi.
Semema –
ayn.
leksik ma`no.
Singarmonizm –
(ohangdoshlik) so‘zning asosi va affiks tarkibidagi
unlilarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, garmoniyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |