O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ma’xsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


§ Davlat xizmatining oldiga quyilgan maqsad va vazifalari



Download 78,67 Kb.
bet7/11
Sana18.02.2022
Hajmi78,67 Kb.
#452646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shohruh Davlat xizmatlari kurs ishi

1.2 § Davlat xizmatining oldiga quyilgan maqsad va vazifalari.
Xizmat munosabatlari davlat-xizmat munosabatlariga yoki jamoat
birlashmalarida va boshqa nodavlat, xususiy, tijorat tashkilotlarida amalga
oshiriladigan xizmat munosabatlariga bo‘linishi mumkin.
Xizmatchilarning qanday lavozim egallashi va qaysi tashkilotda o‘z
majburiyat va vazifalarini bajarishiga qarab, ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin:
davlat organlarining xizmatchilari; mahalliy organlarining xizmatchilari; davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining xizmatchilari; nodavlat tashkilotlarning xizmatchilari; jamoat birlashmalarining xizmatchilari va h.k.lar. Huquqshunos olim .M.Kozlov, barcha xizmatlar ichida davlat xizmatining tutgan o‘rniga to‘xtalib, uni davlat organlarida amalga oshiriladigan
hamda ishchilarining mehnatidan mazmuni va shakli jihatidan farq qiladigan har
qanday faoliyat sifatida ta’riflaydi. Davlat xizmatiga bunday yondashish mehnat
faoliyatining ikki shakliga asoslanadi: birinchidan, bevosita moddiy boyliklarni,
tovarlarni yaratish (ishlarni bajarish); ikkinchidan, boshqaruvni, rahbarlikni,
kontrol va nazoratni amalga oshirish.. Davlat xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladigan boshqa mehnat faoliyatining cheklanishi davlat xizmat majburiyatlarini yuqori darajada amalga oshirilishini ta’minlaydi; Davlat xizmatchilari egallab turgan lavozimi (mansabiga), davlat xizmat majburiyatlarini amalga oshirishda bilimi, ish tajribasi va saviyasi nuqtai nazaridan mos bo‘lishi kyerak; davlat xizmatining oldindan aniq belgilangan davlat xizmati lavozim (mansab)lari doirasida amalga oshirilishi. Davlat xizmatchisi degan maqom aynan shaxsning davlat xizmatidagi aniq bir lavozim (mansab)ni egallaganidan so‘ng yuzaga keladi. Davlat xizmati lavozim davlat tomonidan normativ hujjatlarda (davlat xizmati lavozimlari reestrida) aniq ko‘rsatib qo‘yiladi. Aynan man shu lavozim egallash natijasida davlat-xizmat munosabatlari yuzaga keladi. Ayrim hollarda, davlat, avval davlat xizmatchisi maqomiga ega bo‘lgan va hozirgi kunda davlat xizmati lavozimi egallamagan shaxslarga davlat xizmatchisi maqomini saqlab qolishga imkoniyat byerishi mumkin Lekin davlat xizmatiga kirishda, davlat xizmati lavozimi tayinlangan bo‘lishi kerak; Umumiy qoidaga ko‘ra, davlat xizmati – bu davlat lavozimi egallab turgan holda davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. Davlat lavozimi davlat organlarida joriy etiladi. Ayrim hollarda davlat xizmati munosabatlari davlat organlaridan tashqari bo‘lgan davlat tashkilotlarida ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, davlat organlarida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha fuqarolar ham davlat xizmatchisi hisoblanmaydi. Xodimlarning ayrimlari bilan mehnat shartnomasi tuziladi va ularga nisbatan davlat xizmatchisi maqomi tatbiq etilmaydi; davlat xizmatiga haq to‘lash davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilishi. Davlat apparati xarajatlarini qoplash, davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunlarda nazarda tutiladi. Yuridik adabiyotlarda davlat xizmatining ijtimoiy foydali mehnat faoliyati sifatidagi tushunchasidan tashqari, huquqiy institut sifatidagi tushunchalari ham yoritib berilgan. Huquqiy institut – bu ma’lum bir doiradagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, huquq sohasining takibiy elementi hisoblanadi. Davlat xizmati jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar birlashib, davlat xizmati huquqiy institutini tashkil etadi. Davlat xizmati huquqiy instituti qaysi huquq sohasiga tegishliligi masalasi hozirgi kunga qadar munozarali bo‘lib kelmoqda. Aksariyat huquqshunos olimlari davlat xizmatini ma’muriy huquqning ajralmas qismi sifatida ta’riflab, davlat xizmati jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar ma’muriy-huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinganligi sababli ma’muriy-huquqiy institutlar tarkibiga kiritadi.1 Ikkinchi guruh huquqshunos olimlar esa, davlat xizmati huquqiy instituti kompleks institut bo‘lib, davlat xizmati jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar – davlat xizmatlari, ma’muriy, mehnat, moliya va boshqa huquq sohalarining normalari bilan tartibga solinganligini ko‘rsatib o‘tadi. Ba’zi adabiyotlarda davlat xizmatining mustaqil huquq sohasi3 sifatidagi tushunchasini ham uchratish mumkin. Masalan, Yu.N.Starilov, davlat xizmati sohasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar “Xizmat huquqi” doirasida birlashganligini ko‘rsatadi.

Download 78,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish