O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ma’xsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


I BOB Davlat xizmatining umumiy tasnifi



Download 78,67 Kb.
bet6/11
Sana18.02.2022
Hajmi78,67 Kb.
#452646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shohruh Davlat xizmatlari kurs ishi

I BOB Davlat xizmatining umumiy tasnifi.
1.1§ Davlat xizmati tushunchasi.
Huquqshunos olim D.N.Baxraxning fikricha: «Insonlarning, shuningdek,
davlat va jamiyatning maqsadga muvofiq faoliyat yo‘nalishlaridan biri – bu
xizmatdir. Bu tushuncha turli ma’nolarda: insonning faoliyat turi, ijtimoiy-huquqiy
institut, davlat organlarining maxsus tizimi ma’nosida ishlatilishi mumkin. Xizmat
boshqaruvdan, davlat faoliyatini amalga oshirishdan, boshqaruvni ta’minlashdan,
aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatishdan iborat.»
Davlat xizmati ijtimoiy kategoriya bo‘lib, davlat tashkilotida ma’lum bir lavozimni egallab turgan shaxs tomonidan davlatning ko‘rsatmasiga ko‘ra ijtimoiy
foydali faoliyatni amalga oshirish; ikkinchidan, siyosiy ma’noda. Davlat xizmati davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, davlatning maqsad va vazifalariga barcha mavjud siyosiy kuch orqali erishadi, jamiyatdagi muvozanatni ta’minlaydi; uchinchidan, huquqiy ma’noda – davlat-xizmat munosabatlarini huquqiy o‘rnatish bo‘lib, bu orali mansab majburiyatlari, xizmatchilarning vakolatlari, davlat organlarining kompetensiyasi bajarilishi ta’minlanadi. Davlat xizmati murakkab ijtimoiy-huquqiy institutlardan biri bo‘lib, uni o‘rganish davlat xizmatining ijtimoiy va huquqiy asoslarini tahlil qilishni talab qiladi. Bu institut davlat-xizmat munosabatlarini tartibga soluvchi normalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, u orqali xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari, ularga belgilanadigan cheklovlar, javobgarlik hamda davlat xizmatini o‘tash, xizmat munosabatlarining yuzaga kelishi va bekor bo‘lishi tartibga solinadi; to‘rtinchidan, tashkiliy ma’noda. Davlat xizmati davlat apparatining tashkiliy-funksional elementlari bilan aloqada baladi. U quyidagi elementlardan tashkil topgan tizim sifatida namoyon bo‘ladi: davlat apparati faoliyatining tashkiliy va prosessual asoslarini tashkil etish; lavozimlarning tuzilishi va huquqiy ko‘rinishi; xodimlarni aniqlash, baholash. Davlat xizmati davlatni, davlat hokimiyatini mustahkamlaydi va fuqarolik jamiyatining bir me’yorda faoliyat yuritishini ta’minlaydi. «Davlat va mahalliy organlarida amalga oshiriladigan xizmat, – N.Starilovning fikricha, – bu ommaviy xizmat bo‘lib, ommaviy hokimiyat organlarida amalga oshiriladi. Davlat xizmati – davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarida amalga oshiriladigan xizmatdir. munosabatlari tizimiga kiritish mumkin. Oxirgi vaqtlarda ko‘pgina rivojlangan davlatlarda xalq deputatlari tomonidan olib borilayotgan xizmat professional ish sifatida namoyon bo‘lmoqda. Lekin deputatlar davlat xizmatchilari hisoblanmaydilar. Davlatda oliy mansablarni egallab turgan shaxslar ham (Prezident, vakillik va ijro hokimiyati organlarining rahbarlari, vazirlar va h.k.lar) davlat xizmatida emas. Ular ommaviy-huquqiy xizmat maqomiga ega hamda o‘z vazifalarini ma’lum bir davrda amalga oshirishlari mumkin.» V.M.Manoxin tomonidan davlat xizmatiga berilgan tushunchani ko‘pgina yuridik adabiyotlarda uchratish mumkin. Jumladan, uning fikricha, davlat xizmati – bu davlat organlarini va boshqa tashkilotlarini tashkil etish va huquqiy tartibga solish bo‘yicha davlat faoliyatining bir bo‘lagi hisoblanadi, dalat organlari va tashkilotlarining faoliyati esa davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishga qaratiladi. Davlat xizmati professional faoliyat, ya’ni davlat xizmatchisining davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatidir; u mazkur faoliyatni olib borish jarayonida davlat organlarining vakolatlari amalga oshiriladi; u bu faoliyat davlat organlarining faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan; u bunday faoliyat mansab majburiyatlarining ijro etilishini ta’minlaydi. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, mansab majburiyatlari davlat xizmatiga emas, balki davlat xizmatchisiga tegishli bo‘ladi. Bu yerda davlat xizmati tushunchasining o‘ziga xos jihatini ko‘rish mumkin. Rossiya Fedyerasiyasining 1995 yil 5 iyulda qabul qilingan «Rossiya Fedyerasiyasida davlat xizmatining asoslari to‘g‘risida»gi Qonuni Davlat xizmati tizimini davlat fuqarolik xizmati, harbiy xizmat va huquqni muhofaza qilish organlarida amalga oshiriladigan xizmat tashkil etadi. Belarus Respublikasining 2003 yil 14 iyunda qabul qilingan «Belarus Respublikasida davlat xizmati to‘g‘risida»gi Qonunning 2-moddasiga binoan, davlat xizmati deganda davlat mansabini egallab turgan holda davlat-hokimiyat vakolatlarini bevosita amalga oshirishga va (yoki) davlat organlari funksiyalari bajarilishini ta’minlashga qaratilgan professional faoliyat tushuniladi.

Download 78,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish