O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ma’xsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


II BOB BOB O’zbekiston Respublikasida davlatxiz matchilari uchun konstitutsiyaviy va qonunchilik kafolatlari



Download 78,67 Kb.
bet8/11
Sana18.02.2022
Hajmi78,67 Kb.
#452646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shohruh Davlat xizmatlari kurs ishi

II BOB BOB O’zbekiston Respublikasida davlatxiz matchilari uchun konstitutsiyaviy va qonunchilik kafolatlari.
2.1 § Davlat xizmatchilari uchun o'rnatilgan kafolatlar.
Davlat xizmatidagi kafolatlar deganda, xizmatchilar tomonidan xizmat vazifalarini bajarish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan qo'shimcha xarajat va cheklovlarni turli xil pul badallari bilan qoplash tushuniladi. Davlat kafolatlari, eng avvalo, xizmat vazifasini o'tayotgan vaqtida davlat xizmatchisiga tatbiq etilgan huquq-cheklovlar, man etish va talablarni qoplash uchun o'rnatiladi. Davlat xizmatchisining mashaqqatlarini qoplayotib, ular davlat xizmatchisiga alohida imtiyozlar va boshqa darajadagi xodimlarga qaraganda ustunlik taqdim etib, go'yoki uning huquqiy tartibini muvofiqlashtirmoqchi bo'ladilar.
Davlat xizmatchilarining davlat kafolatlarining asosiy maqsadi – ularning huquqiy va ijtimoiy himoyalanishini ta'minlash. Davlat xizmatchilari o'zlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qonunchilikda o'rnatilgan barcha vositalardan foydalanadilar. Davlat xizmatchilari uchun o'rnatilgan kafolatlar ularning bajaradigan xizmat majburiyatlari bilan bog'liq bo'ladi.
Davlat xizmatchilari tomonidan mansab majburiyatlarining sifatli bajarilishini, qonunchilik bilan o'rnatilgan huquqlarni amalga oshirilishini ta'minlash uchun qonun chiqaruvchi xizmat faoliyatining asosiy kafolatlarini o'rnatadi. Davlat xizmatchilari uchun kafolat bu qonunchilikda o'rnatilgan davlat xizmatchilari maqomining ijtimoiy-huquqiy tomonini xarakterlovchi asosiy holatlardir. Qonun hujjatlarida davlat xizmatchilariga nisbatan turli kafolatlar o'rnatilgan bo'lishi mumkin: u birinchidan, mansab majburiyatlarining bajarilishini ta'minlovchi ish sharoitlarining joriy etilishi; u ikkinchidan, qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan nazarda tutilgan pul ta'minoti va boshqa xildagi to'lovlar (masalan, ijtimoiy, kompensatsiya to'lovlari va h.k.lar); u uchinchidan, pul bilan ta'minlanadigan har yilgi mehnat ta'tili; u to'rtinchidan, davlat xizmatchisi va uning oila a'zolarining tibbiy xizmatdan foydalanishi; u beshinchidan, qayta tayyorlanish va malakasini oshirish (pul ta'minoti saqlangan holda); u oltinchidan, xizmatchilarning majburiy ijtimoiy davlat sug'urtasi va h.k.lar. Qonunchilik hujjatlarida davlat xizmatchilari uchun boshqa kafolatlar ham o'rnatilgan bo'lishi mumkin. So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlat boshqaruvi va xo‘jalik funksiyalarini birga qo‘shib olib borish amaliyotidan voz kechish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hamda ijtimoiy ta’minlashning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarining malakali mutaxassislar bilan yetarli darajada ta’minlanmayotganligiga, kadrlar malakasining yuklatilgan vazifalar va zamonaviy ehtiyojlarga nomuvofiqligiga, qabul qilinayotgan qarorlar sifatining pastligiga olib kelayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan, davlat fuqarolik xizmatini, shu jumladan nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olish jarayonini kompleks huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlarni, ularning malakasini oshirishga bo‘lgan talablarni belgilovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega qonun mavjud emas. Davlat fuqarolik xizmati masalalari bo‘yicha vakolatli organning mavjud emasligi davlat organlari va tashkilotlarida yagona kadrlar siyosatini olib borishga, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga, malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirishga hamda ular tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlari o‘z vaqtida egallanishiga yo‘l qo‘ymayapti. Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha fuqarolarning teng imkoniyatlardan foydalanishini hamda davlat fuqarolik xizmatida professional sifatlar va alohida xizmatlar asosida ko‘tarilib borishni ta’minlaydigan nomzodlarni saralab olishning shaffof mexanizmlari shakllantirilmagan.



Download 78,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish