O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ma’xsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Download 78,67 Kb.
bet10/11
Sana18.02.2022
Hajmi78,67 Kb.
#452646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shohruh Davlat xizmatlari kurs ishi

Singapur davlat fuqarolik xizmati oʻz ichiga: prezident adminstratsiyasi, bosh vazir idorasi, 14 vazirlik va 26 doimiy qoʻmitalar xizmatlarini oladi. Vazirliklarda (agar bosh vazir idorasi qoʻshib hisoblansa) ishlovchi xizmatchilarning soni oltmish besh mingdan ortiq, qoʻmitalardagilar soni esa qirq toʻqqiz mingdan ortiq xodimni oʻz ichiga olgan. Mazkur qoʻmitalar muayyan funksiyalarni ado etish uchun parlament hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan mustaqil davlat agentliklari tarzida tavsiflanadi. Singapurda kadrlar zaxirasini shakllantirishda meriokratiya tamoyiliga asoslaniladi. Meriokratiya tamoyiliga koʻra davlat istiqbolli yoshlarni maktab davridan aniqlab kuzatib boradi hamda ularning butun oʻqishi davomida ragʻbatlantirib boradi. Ular universitetlarga kirish uchun nafaqalar oladi, ayrimlari xorijga ketadi. Oʻz navbatida iqtidorli oʻquvchilar toʻrt yildan olti yilgacha davlat xizmatida ishlab berish majburiyatini oladi.
Davlat xizmatidagi mansabdorlarning ish faoliyati quyidagi tamoyillarga asoslanadi - davlat xizmatiga munosib kadrlarni jalb qilish hamda ularni qayta tayyorlash, poraxoʻrlikni yuzaga keltiruvchi omillar sonini kamaytirish, pinhona imtiyozlar mavjud boʻlmagan oshkoralik siyosatini yuritish. Martaba darajasi yuqori boʻlgan xizmatchilarni davlat nazoratidagi kompaniyalar boshqaruvida ishlash uchun tayinlash amaliyoti joriy qilingan. Bu amaliyot ularga xususiy sektor muammolari bilan shugʻullanish imkonini beradi. Shu tarzda davlat xizmatchilari foydali tajribani qoʻlga kiritadi.

AQSHdagi davlat xizmatchilari turkumi ham davlat-hukumat vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq mansabdor shaxslarni va yordamchi-texnik xodimlarni, ham yollanma xodimlarni (shu jumladan, davlat oʻquv muassasalarining oʻqituvchilari, davlat korxonalarining va kommunal xizmat sohalari ishchilari) oʻz ichiga oladi. AQSHda keng maʼnoda mehnati uchun federatsiya, shtat yoki hukumat mahalliy organi byudjetidan maosh oladigan har bir shaxs “davlat xizmatchisi” (“government employee”) yoki “ijtimoiy sektor xizmatchisi” (“public employee”) hisoblanadi. AQSHda 1883-yilda davlat fuqarolik xizmatiga oid “Fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” gi Qonun qabul qilingan. Qonun fuqarolik xizmatiga tanlash va lavozimlarning aksariyatiga tayinlash uchun yan gicha tizimni (taqdirlashga loyiq ishlar tizimini) va tanlov imtihonlarini joriy qildi. Qonunga muvofiq quyidagi organlar tuzildi:
1) xodimlarga rahbarlik boshqarma;
2) alohida maslahatchi boshqarma;
3) xizmatlar tizimini muhofaza qilish"
AQSHda xodimlar ish faoliyati samaradorligi (KPI) asosida baholanadi. KPI xodimlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirib, ish samaradorligini oshirish, yuqori koʻrsatkich koʻrsatganlarni mukofotlashni kengroq qoʻllash yoʻli bilan xizmatchilarni ragʻbatlantirishni kengaytirdi. Fuqarolik xizmati boʻyicha koʻp sonli va oʻta batafsil huquqiy meʼyorlar, asosan, AQSH qonunlari Toʻplamining kodifikatsiyalashtirilgan beshinchi qismida joylashgan. “Oliy rahbarlar xizmati toʻgʻrisida” gi Qonunda lavozimlarning ikki turi: martabali va umumiy lavozimlar belgilangan. Martabali lavozimlarga faqat xizmatga aloqador amaldorlar tayinlanishi mumkin, bu davlat apparati ishining barqarorligini taʼminlashi va “uning begʻarazligini hamda hukumatga xalqning ishonchini kafolatlashi” lozim. Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun rahbarlik lavozimidagi salohiyatlari, bilimlari, intilish sabablarini, kuchli va zaif jihatlarini har tomonlama baholash uchun bir yillik sinov muddati belgilangan. Ularning ishi qoniqarsiz baholanganda ular ishdan boʻshatiladi yoki oldingi lavozimiga qaytariladi.
XULOSA:
Davlat xizmatini o'tash davlat xizmati institutining asosiy element bo'lib, unda davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi amalga oshiriladi. Davlat xizmatini o'tash — siyosiy va ma'muriy davlat lavozimlarini to'ldirish faoliyati bo'lib, davlat ma'muriyatida mansablarning davlat xizmatchilari o'rtasida ketma-ketlikda almashinuvini, davlat-xizmat huquqiy munosabatlari o'zgarishini o'z ichiga oladi. Har bir davlat xizmatchisi yakka tartibdagi lavozim (xizmat) yo'nalishiga egadir. Shuning uchun ham amalda davlat xizmatini o'tash ham individualdir.
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan davlat xizmatiga qabul qilishning, sinov muddatini o'tashning tartibi, davlat xiz­mati sharoitlarining o'ziga xos xususiyatlari, xizmatchilarni attestatsiyadan o'tkazish tartibi, davlat lavozimlarini egallash va boshqalar belgilab berilgandir.
Amaldagi qonunchilikka binoan davlat xizmatiga kirish huquqiga, qoida bo'yicha, davlat tilini biladigan, professional ta'lirriga ega bo'lgan, davlat xizmatiga qo'yilgan talablarga javob bera oladigan O'zbekiston Respublikasining 18 yoshga to'lgan fuqarolari egadir. Davlat xizmatiga ishga kirishda, shuningdek, uni o'tash jarayonida ma'lum bir, masalan, millati, tili, jinsi, kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, e'tiqodi va boshqa belgilarga qarab cheklovlarning qo'yilishi mumkin emas. Davlat xizmatini takomillashtirish va tartibga solishni xizmatchilarni doimiy attestatsiyadan o'tkazishsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Attestatsiya qoidalarini ishlab chiqish va o'tkazish tartibi hamda xizmat bo'yicha harakatlanish bevosita bog'liq bo'lgan jarayonlardir.
Davlat xizmatini o'tashda davlat xizmatchilarining attestatsiyasidan o'tkazish huquqiy instituti katta ahamiyatga egadir. Mazkur huquqiy institut O'zbekiston Respublikasining turli qonun hujjat­lari bilan tartibga solingan. Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o'tkazish to'g'risida gapirishdan oldin shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, yuridik adabiyotlarda bu masala unchalik yoritib berilmagandir. Attestatsiya, tor ma'noda, xizmatchilarning professional, ish-chanlik va shaxsiy xislatlariga baho berish, uning xizmat-lavozim talablariga mos kelishini tekshirish maqsadida o'tkaziladi.
Attestatsiya keng ma 'noda, quyidagi asosiy vaiifalarni amalga oshiradi:
1) amaliyotda davlat xizmati tamoyillariga rioya etish;
2) davlat xizmati tizimida qonuniylikni ta'minlash;
3) davlat organlarining professional kadrlar majmuasini tashkil etish;
4) davlat xizmatchisining xizmat bo'yicha harakatlanishi maq­sadida ularning potensial imkoniyatlarini aniqlash;
5) davlat xizmatchisiga javobgarlik choralarini qo'llash; intizomni va javobgarlikni oshirish;
6) xizmatchilarning xizmat zinapoyasi bo'yicha harakatlanishini ta'minlash;
7) davlat xizmati muvozanatini ta'minlash;
8) davlat xizmatchilarining malakasini oshirishni tartibga solish;
9) davlat xizmati tizimida huquqbuzarliklarga va korrupsiyaga qarshi kurash va ogohlantirish va boshqalar.
Attestatsiya davlat xizmatchilarining professional xislatlariga baho berishdir. Ayrim hollarda attestatsiya aniq maqsadlarga erishish va aniq qo'yilgan vazifalarni hal etish maqsadida ham o'tkazilishi mumkin. Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o'tkazishni tashkil etish organlarning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Attestatsiyani o't­kazish maqsadida attestatsiya komissiyasi tuziladi, attestatsiya o'tkazish jadvali tasdiqlanadi, attestatsiyadan o'tkazilishi lozim bo'lgan shaxslar doirasi belgilanadi hamda attestatsiya komissiyasi uchun zarur bo'lgan hujijatlar tayyorlanadi. Attestatsiya natijalariga ko'ra davlat xizmatchilariga quyidagiuch turdagi baho berilishi mumkin:
birinchidan, egallagan davlat lavozimiga loyiqligi;
ikkinchidan, xizmat faoliyati yuzasidan attestatsiya komissiyasi ko'rsatmalarini bajargan taqdirda, egallagan lavozimiga loyiqligi;
uchinchidan, egallagan davlat lavozimiga loyiq emasligi.
Agar davlat xizmatchisi egallab turgan davlat lavozimiga noloyiq deb topilgan bo'lsa, u malakasini oshirishga yoki qayta tayyorlanishga yoxud boshqa davlat lavozimiga o'tkazilishi mumkin.


Download 78,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish