Dinamik shikaslanish kuchi siljishning teskari tomoniga yo’nalgan va
normal bosimning ishqalanish koeffitsientiga bog’liq. Ishqalanish koeffitsienti
ko’p sharoitga bog’liq. CHang’i uchun yo’l va qorning holati, ob-havo, chang’ining
moylaydigan yog’i ob-havoga mos kelishi ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ishqalanish
koeffitsienti eng yaxshi ko’rsatkichi 0,045-0,055 bo’lib hisoblanadi. Normal bosim
tananing og’irligiga va inertsiya kuchiga bog’liq. CHang’ida yurishda chang’iga
bo’lgan normal bosimni kamaytirishga intiladi, ya’ni chang’ini qorga yumshoq
qo’yib, tananing harakatlari ham keskin bo’lmaydi. Kaltaklarni esa kuch bilan
qo’yganda chang’i siljishini yengillashtiradi. Keyinchalik oyoq bilan itarilib
sirg’anish vaqtida chang’iga bo’lgan bosimni kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |