O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Sportni tanlashda odamning fiziologik va genetik xususiyatlarini



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Sportni tanlashda odamning fiziologik va genetik xususiyatlarini 
hisobga olish    
Odamning  morfofunktsional  ko’rsatkichlariga  va  uning  jismoniy  sifatlariga 
irsiyatning  ta’siri  haqidagi  bilimlar  sportni  tanlashda  muhim  ahamiyatga  ega. 
CHiniqish  mashg’ulotlari  ta’sirida  kam  o’zgaradigan,  kuchli    irsiyat  ta’siridagi 
organizm belgilariga sportni tanlab olishda ko’p e’tibor berish kerak. 
Sport  amaliyotida  oilaviy  irsiyatni  ahamiyatini  borligi  aniqlangan.  Buyuk 
sportchilarning  bolalarining  50%  ida  sportga  qobiliyatchanlik  aniq  ko’rinadi. 
Ko’pchilik aka-ukalar, opa-singillar sportda yuqori natijalarga erishganligi ma’lum. 
Ona  va  qiz  Deryuginalar,  aka-uka  Znamenskiylar,  opa-singil  Presslarni  sportdagi 
yuqori natijalarini ko’rsatish mumkin. Agar ikkala ota va onalar buyuk sportchilar 
bo’lsa, ularning bolalarining 70% ida yuqori natijalarni ko’rish mumkin. 
O’tgan asrning 30-chi yilarida tepping–testini bajarishda oilaviy irsiylanish 
mavjudligi aniqlangan. Agar ota va ona shu test bo’yicha “tezlar” guruxida bo’lsa, 
ularning bolalarining 56% ni “tezlar“ va  4%ini “sekinlar” tashkil qiladi. Ota va ona 
“sekin”lar    guruhida  bo’lsa,  ularning  bolalarining  71%  ini  “sekin”  larga,  qolgan 
29%i  “o’rta”larga  to’g’ri  keladi.  Oilaviy  o’xshashlik  mashqni  tavsifiga, 
populyatsiya xususiyatlariga va bolaning tug’ilish tartibiga bog’liq bo’ladi. 
Tezligi yuqori tsiklik va tezlik–kuchli mashqlarni irsiylanishida oilaviy o’zaro 
bog’liqlik yuqori darajada ko’rinadi. Angliyani yopiq kollejlarida (ularda, asosan, 
yuqori tabaqa bolalari o’qigan)  o’tkazilgan kuzatuvlarning arxiv materiallari tahlil 
qilinganda,  12  yoshli  bolalarning  ota  va  onalarida  harakat  imkoniyatlari  bo’yicha 
o’xshashligi  aniqlangan.  Ayrim  morfologik  belgilar  va  tezlik-kuch  mashqlarida 
ishonchli  korrelyatsiya  kuzatilgan:  tana  og’irligi  (r=0,50),  50  yardga  yugurish 
(r=0,48),  o’rnidan  uzunlikka  sakrash  (r=0,78).  Biroq  murakkab  koordinatsiyali 
harakatlarni bajarishda, masalan, tennis to’pini uloqtirish va gimnastika mashqlarini 
bajarishda  imkoniyatlarni  avloddan-avlodga  berilishida  oilaviy  bog’liqlik 
kuzatilmagan. 
O’pka  ventilyatsiyasiga  kislorod  yetishmasligi  (gipoksiya)  va  karbonat 
angidrid gazaning ko’pligini (giperkoniya) ta’sirini katta yoshdagi uzoq masofaga 
yuguruvchi  yaxshi  sport  formasidagi  sportchilarda  kuzatilganda,  organizmning 
bergan  javob  reaktsiyasi  ularni  sport  bilan  shug’ullanmaydigan  qarindoshlariniki 
bilan bir xil ekanligi aniqlangan. Sport bilan shug’illanmaydigan nazorat guruxining 
o’pka ventilyatsiyasi ko’rsatkichlari bilan taqqoslanganda ishonarli farq kuzatilgan.  


Odamni  sport  qobiliyatini  belgilovchi  ko’pchilik  morfofunktsional  belgilar 
irsiyatga  bog’liq  bo’ladi.  Ularda  tana  va  qo’l,  oyoqlarning  uzunligi,  yurakning 
sig’imlari  va  kattaligi,  o’pka  sig’imlari  va  kattaliklari,  aqliy  mehnat 
qobiliyatchanlik,  fazoni  ko’ra  olish  va  boshqa  bir  qator  belgilarning  irsiylanishi 
yuqori bo’ladi. 
Erkak  sportchilarda  onasi  sport  bilan  shug’ullangan,  otasi  shug’ullanmagan 
holat  kuzatilmagan.  Buyuk  sportchilarning  sport  bilan  shug’ullangan  avlodlari 
ichida  erkaklar  ayollarga  nisbatan  ko’p  bo’lgan.  Erkak  qarindoshlarining  sport 
mahorati ham, ayol qarindoshlarinikidan yuqori bo’lganligi aniqlangan.  
SHunday  qilib,  erkak  sportchilarning    harakatlanish  qobiliyati  ota  liniyasi 
orqali, ayol sportchilarda esa ona liniyasi orqali avloddan – avlodga berilar ekan. 
CHidamlilik mashqlariga ixtisoslashgan buyuk sportchilar oilalarida, asosan, 
kichik farzand va ular ikkinchi yoki uchinchi bo’lib tug’ilishgan, boks, taekvon-do 
sport turlarida ko’proq birinchi farzandlar yuqori natija ko’rsatadi. 
Odamning  qiziqishi  va  tabiiy  imkoniyatlariga  mos  sport  turini  tanlab  olish, 
albatta,  sportda  yuqori  natijaga  erishishni  kafolatlamaydi.  Sport  mahoratining 
ortishida  chiniquvchanlik  yoki  sport  mashqlarini  o’rgana  olish  qobiliyati  muhim 
ahamiyatga ega.  
Sportchining chiniquvchanligi ikkita ko’rsatkichiga bog’lik bo’ladi: 
-  ko’p  yillik  sportga  tayyorlash  jarayonida  organizmni  turli  belgilarini  o’sish 
darajasi; 
-  organizm belgilarining o’zgarishining tezligi. 
Sportchi  organizmni  turli  ko’rsatkichlarining  o’sish  darajasi  nimaga 
bog’liqligini  ko’rib  chiqamiz.  Alohida  funktsional  ko’rsatkichlar  va  jismoniy 
sifatlarning  o’zgarish  kattaligi  odamning  tug’ma  reaktsiya  normasiga,  yoki 
boshqacha  qilib  aytganda  shu  belgilarni  boshqaruvchi  genlarning    individual 
rivojlanish  shartlari  va  tashqi  muhit  omillarining  o’zgarishiga  reaktsiya  berish 
qobiliyatiga aytiladi.  
Ayrim  ko’rsatkichlar  uchun  reaktsiya  normasi  kichik  bo’lib,  tashqi  muhit 
sharoitlari  sezilarli  o’zgarganda  va  chiniqish  mashg’ulotlari  uzoq  davom  etganda 
ham  ular  o’rtacha  o’zgaradi.  Ularga  tana  uzunligi,  qonning  gemeostatik 
ko’rsatkichlari,  skelet  muskullardagi  tolalarning  tarkibi, nerv  tizimining  tipologik 
xususiyatlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Boshqa belgilarni reaktsiya normasi 
keng  bo’ladi,  tashqi  ta’sirlarga,  shu  jumladan,  jismoniy  yuklamalarga  katta 
o’zgarishlar  bilan  javob  beradi.  Bunday  belgilarga  tana  og’irligi,  muskullardagi 
mitoxondriyalar soni, tashqi nafas ko’rsatkichlari, qon aylanishning ko’p tavsiflari 
va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
Sportni tanlashda birinchi navbatda kam o’zgaradigan ko’rsatkichlarga e’tibor 
qaratiladi, buning sababi ular orqali avvaldan taxminlash imkoniyati mavjud bo’lib, 
chiniqish mashg’ulotlari davomida kam o’zgaradi.  
Uzoq yillar davomida muntazam sport bilan shug’ullanish ta’sirida bosh miya 
yarim  sharlari  po’stlog’ining  elektr  faolliging  EEGisi  deyarli  o’zgarmaydi  va  u 
odamni irsiy xususiyati hisoblanadi. Individni bu xususiyatini sportga tanlab olishda 
reaktsiya  normasining  kichikligi  uchun,  albatta,  hisobga  olish  lozim.  Masalan, 


vaziyatli sport turlariga tanlab olishda ular uchun tezkorlik reaktsiyasining yuqori 
darajada rivojlangan bo’lishi talab qilinganligi EEG da alfa ritmi yuqori chastotali 
individlarga e’tibor qaratishni ko’rsatadi. Yuqori malakali basketbolistlarning EEG 
isi  o’rganilganda  alfa  ritm  sekundiga  11-12  ta  tebranishda  ekanligi  kuzatildi.  Bu 
ko’rsatkich uzoqqa yuguruvchilarda sekundiga 9-10 ta to’lqinni tashkil etadi.     
Skelet  muskullarining  tarkibi  haqidagi  bilimlar  sportgni  tanlashda  muhim 
ahamiyatga ega. Rasm 8. 
 
 
 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish