O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Odamning morfofunktsional xususiyatlari va jismoniy sifatlariga



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Odamning morfofunktsional xususiyatlari va jismoniy sifatlariga 
irsiyatning ta’siri 
Organizmning  turli  morfofunktsional  ko’rsatkichlarining  irsiylanishi 
o’rganilganda ularga irsiyatning ta’siri har xilligi aniqlandi. Organizm belgilariga 
irsiyat  ta’siri  qancha  kuchli  bo’lsa,  sportga  tanlab  olishda  ularni  hisobga  olish 
shuncha zarur bo’ladi. 
Organizmning  morfologik  belgilari  irsiyatga  eng  ko’p,  fiziologik 
ko’rsatkichlar esa undan ozroq, psixologik belgilar yana ham ozroq bog’liq bo’ladi. 
Morfologik ko’rsatkichlar orasida tana uzunliklariga irsiyatning ta’siri katta, 
hajmiy  kattaliklariga  ozroq  va  tana  tarkibiga  undan  ham  ozroq  ta’sir  ko’rsatadi. 
Suyak to’qimasining irsiylanishi eng yuqori, muskul to’qimasiniki kamroq va yog’ 
to’qimasiniki juda ham oz bo’ladi. 
 Funktsional  ko’rsatkichlar  ichida  organizmning  aerob  va  anaerob 
imkoniyatlari, tez va sekin muskul tolalarining foizi, yurak sig’imlari va kattaligi, 
EKG  tavsifi,  tinch  holatda  yurakning  sistolik  va  minutlik  hajmi,  jismoniy 
yuklamalar ta’sirga yurak urishlar soni, arterial qon bosimi, o’pkaning tiriklik xajmi 
va  tiriklik  indeksi  (O’TX/kg),  nafas  harakatlari  soni  va  chuqurligi,  o’pkaning 
minutlik sig’imi, nafas olgandan va chiqargandan keyin nafasni ushlab turish vaqti, 
kislorod va karbonat angidridining  alveola havosidagi va qondagi portsial bosimi, 
qondagi xolesterinning miqdori, eritrotsitlarning cho’kish tezligi, qon guruhlari va 
boshqalarga irsiyatning sezilarli ta’siri borligi aniqlangan. 
SHu kabi katta yarim sharlar  po’stlog’ining elektr faolligining katta qismi, 
axborotni qayta ishlash tezligi, miyaning o’tkazuvchanlik qobiliyati, intelektuallik 
koeffitsenti,  sensor  tizimlarning  sezgirlik  pog’onasi,  ranglarni  farqlash  va  uning 
defekti  (daltonizm),  normal  va  uzoqdan  ko’rish  refraktsiyasi,  nerv  tizimining 
tipologik  xususiyatlari,  temperament  belgilari,  yarim  sharlarning  dominantligi  va 
boshqalarni ham irsiyatga bog’liqligi aniqlangan.  
Xulq-atvor  harakatlarining  katta  qismi  kompleks  genlar  tomonidan 
boshqariladi.  Odamning  xulq-atvor  faoliyati  qanchalik  murakkab  bo’lsa,  unga 
irsiyatning  ta’siri  kamayib,  muhit  omillarining  ta’siri  ortadi.  Oddiy  harakat 
malakalarining irsiylanishi murakkablariga nisbatan yuqori bo’ladi. 
 Odam  hayot  tajribasi  ortgani  sayin  uning  hayot  faoliyatida  genotipning 
ahamiyati pasayib boradi. 
Belgilarning  avloddan  –  avlodga  o’tishida  jinsiy  farq  ham  aniqlangan. 
Erkaklarda ko’proq chapaqayliq, dalьtonizm, yurak sig’imi va kattaligi, arterial qon 
bosimi va EKG, qonda lipidlar va xolesterinning miqdori, barmoq izlarining tavsifi, 
jinsiy  rivojlanish  xususiyatlari,  tsifrli  va  fazoviy  masalalarni  yechish  qobiliyati, 
yangi holatni mo’ljallash ko’rsatkichlari ko’proq irsiylanadi. Ayollarda esa bo’y va 
tana  og’irligi,  nutq  harakatlarining  rivojlanishi  va  boshlanish  muddati  bosh  miya 
funktsiyalarida  simmetriyaning  ko’rinishiga  irsiyatning  ta’siri  yuqoriligi 
aniqlangan. 
Turli jismoniy sifatlarga irsiyatni ta’siri bir xil emas. Ularning ko’rinishining 
irsiyatga  bog’liqligi  har  xil  bo’lib,  ontogenetik  rivojlanishning  turli  etaplarida 
aniqlanadi. Tez harakatlarning irsiylanishi yuqori darajada bo’lib, u nerv tizimining 
labilligi  va  harakatchanligining  yuqori  bo’lishini  hamda  organizmning  anaerob 


imkoniyatlarini rivojlanganligini va skelet muskullarida tez tolalarning mavjudligini 
talab qiladi. 
 Tezkorlik  sifatini  elementar  ko’rinishlari  –  oddiy  va  murakkab  harakat 
reaktsiyalarining vaqti, harakatlarning maksimal tempi, yakka harakatlarning tezligi 
(zarbalar,  sakrashlar,  uloqtirilar)  irsiylanishini  yuqori  ko’rsatkichlari  aniqlangan. 
Genologik va egizaklar usullari yordamida qisqa masofaga yugurish tezligi, tepning-
test,  veloergometrda  maksimal  tempda  ishlash,  o’rnidan  turib  uzunlikka  sakrash,  
tezlik  va  tezlik-kuchlik  mashqlarini  bajarish  organizmni  tug’ma  imkoniyatlariga 
bog’liqligi aniqlangan. Egiluvchanlik sifati ham irsiyatga yuqori darajada bog’liq 
ekan. 
Muskulni absolyut kuchiga irsiyatni ta’siri unchalik katta emas. Masalan, qo’l 
dnomometriyasi  ko’rsatkichini  avlodga  berilish  koeffitsenti  o’ng  qo’l  uchun 
N=0,61, chap qo’l uchun N=0,59, gavdani tiklash muskullari uchun N=0,64 ga teng. 
Oddiy  harakat  reaktsiyasi  vaqti  uchun  N=0,84  ga,  murakkab  harakat  reaktsiyasi 
uchun N=0,80 ga teng. 
Uzoq  davom  etadigan  tsiklik  mashqlarga  chidamlilik  ko’rsatkichi  va 
chaqqonlik sifatlarini avloddan-avlodga berilishi juda oz bo’ladi. 
SHunday  qilib,  chaqqonlik  va  umumiy  chidamlilik  sifatlari  chiniqish 
mashg’ulotlari ta’sirida ko’p, tezkorlik va egiluvchanlik sifatlari esa kam o’zgarar 
ekan.  Muskul  kuchi  taxminan  o’rtacha  darajada  o’zgaradi.  Odamning  jismoniy 
sifatlarini avloddan-avlodga berilishi ko’rsatkichlari № 6      jadvalda berilgan.  
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish