Odam genetikasini o’rganishning asosiy usullari:
- genealogik (avlodlarini aniqlash) – o’rganiladigan odamni avlodlari aniqlanib
tahlil qilinadi;
- tsitologik – xromosomalar xususiyatlari va DNK ni o’rganish;
- populyatsion – alohida guruhlardagi aholining irsiyatini tahlil qilish;
- egizakli – egizaklardagi turli belgilarni taqqoslash.
Irsiyatning eng oddiy miqdoriy ko’rsatkichi Xolьtsinger koeffitsenti
hisoblanib, organizmning umumiy rivojlanishida irsiyatning ahamiyatini belgilaydi.
Agar N=1,0 ga teng bo’lsa, o’rganilayotgan ko’rsatkich to’la genotipga bog’liq
bo’ladi, N=0,7 bo’lganda irsiyatning ta’siri juda kuchli, biroq muhitning ta’siri ham
ozroq bo’ladi. Bu koeffitsent qancha kichik bo’lsa belgiga muhit ta’siri shuncha
kuchli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |